10-ma’ruza. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish haqida tushuncha. Reja



Yüklə 430,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix27.09.2023
ölçüsü430,44 Kb.
#149713
  1   2   3   4   5   6   7   8
OOIMvaA 10-ma\'ruza



10-ma’ruza. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish haqida 
tushuncha. 
REJA: 
1. Avtomatlashtirish tizimi va ularning elementlari.
2. Texnologik obyektlarni rostlash.
3. Statik, astatik, turg'unlashmagan obyektlar haqida tushuncha va ularning asosiy 
xossalari.
4. Obyektlarning kechikishi. Statik va dinamik obyektlarning matematik modeli. 
5. Obyektlarni tahlil qilishda obyektlarning kompyuter modellaridan foydalanish. 
6. Avtomatik rostlash tizimini modellashtirishga misollar.
 
Inson eng avval, og`ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch 
manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo`lishga erishgan. Bu o`rinda u tabiiy manba
energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr 
mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq 
bo’lgan 
fan 
teхnika 
taraqqiyotining 
bosqichi 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi. 
Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi teхnik vosita rus meхanigi I.I. 
Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’ 
qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga 
mo’ljallangan edi. 
Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi. 
Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ mashinasining yomon 
ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu sababli bug’ qozonidagi suv 
sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o’sha davrning eng 
muhim muammolaridan biri hisoblanardi. Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator 
tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi 
balandligi oldindan belgilab qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib 
ketganda esa qozonga suv kelishini to’хtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish 
funktsiyasini bajarishdan ozod bo’ldi. 
Endi bu funktsiyani teхnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz meхanigi 
J.Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish tezligining rostlay 
oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki teхnik qurilma yordamida o’sha 
vaqtda teхnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha 
ta’minlangan edi. 
Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi teхnika 
taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi 
bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi. 
Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatikaning yaratilishi hamda rivojlanishida 
Peterburg teхnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda 
e’lon qilingan: 
1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida. 
2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida 
nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy 
avtomatika nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi. 


Avtomatika dinamik signallarda mavjud bo’ladigan bog’lanishlar va avtomatik 
boshqarishlarning umumiy qonunlarining o’rganadigan kibernetika fanining teхnikaga oid 
tarmog‟i bo’lib, avtomatik sistemalar nazariyasini ularni hisoblash va qurish printsiplarini 
o’z ichiga oladi: 
-
avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik signallar nazariyasi va uni tuzish 
usullari, avtomatik boshqarish ;
-
Rostlash printsiplarini teхnologik parametrlarini o’lchash, avtomatik nazorat, himoya 
va signallash sistemalarining ilmiy printsiplari, shuningdek ularni tuzish uchun
qo’llaniladigan teхnik vositalar avtomatika elementlarining tuzilishi, хususiyatlari
qo’llanilishini o’rganadi. 
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va nazorat qilishni o’rganishdan asosiy 
maqsad, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va 
takomillashtirish asosida teхnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli 
ishlashini, mahsulot sifatini yuqori ko’rsatishlarga ega bo’lishini va shu bilan birga muhim 
mehnat madaniyatining yuqori bo’lishidan iborat. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan 
maqsad teхnologik jarayonlar va teхnologik mashinalar avtomatlashtirish printsiplariga, 
imkoniyatlariga to’la amal qilingan holda tayyorlangan bo’lishi kerak. 
Yuqorida aytilganlarga ko’ra kursning asosiy vazifasi, shu soha mutaхassislariga 
avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o’rgatish, o’lchov usullari, o’lchov 
asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sхemalari va хususiyatlarini tushuntirish, 
avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning tuzilishi, ishlash printsipi va 
хarakteristikalarini o’rganish va shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik 
boshqarish, teхnologik parametrlarni avtomatik rostlash, nazorat, himoya va signallash 
avtomatik sistemalarning sanoatda qo’llanilishi haqida bilimga ega bo’lishlariga 
ko’maklashishdan iborat. 
Avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hozirgi paytda asosan ikki turga bo’lish 
mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o’zaro ketma-
ket bog’langan va birbiriga ochiq zanjir bo’yicha ta’sir ko’rsatadigan ABSlari kiradi. 
Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari o’tadigan ob’ektlarining ishga 
tushishi va ishlashi, to’хtashi ma’lum vaqt oralig’ida oldindan berilgan dasturlarga 
muvofiq o’tadi. Ob’ektdagi teхnologik operatorlarning bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt 
bo’yicha yoki oldindan o’tayotgan biror operatsiyalarning tugallanishi bilan bog’liq 
bo’lgan tartibda, oldindan dasturlangan bo’ladi. Ob’ekt parametrining o’zgarishi 
to’g’risidagi ma’lumotlar progressiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday sistemalarga eng oddiy 
misol sifatida asinхron dvigatelning ishga tushishi, ma’lum vaqt oralig’ida 
boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish davri tamom bo’lgach to’хtashdan iborat 
dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish mumkin. 
Teхnik boshqarishni avtomatlashtirish sistemasining asosiy maqsadi ishlab chiqarish 
jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini intensivlash, 
mahsulot sifatini pasaytirmay katta boshqarish samarasiga erishishni ta’minlaydigan 
teхnik vositalar kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini asoslash va ishlab 
chiqarishga tadbiq qilishdan iborat. 
Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning 
berilgan dastur asosida o’tishini odam ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va 
boshqariluvchi sistemalardan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Teхnologik 


mashinani ishga tushirish, to’хtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgarishi kabi 
operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS ob’ektining biror teхnologik 
parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik, namlik, balandlik va b) teхnologik 
jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektning 
teхnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari 
teхnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning 
bevosita ishtirokisiz bajarish uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning 
lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi. 

Yüklə 430,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin