10-ma’ruza. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish haqida tushuncha. Reja



Yüklə 430,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix27.09.2023
ölçüsü430,44 Kb.
#149713
1   2   3   4   5   6   7   8
OOIMvaA 10-ma\'ruza

Signal kuchaytiruvchi elementlar.
Kirish signalini bir necha 10 va 100 marta kuchaytirish uchun xizmat qiluvchi 
element signal kuchaytirgich deb ataladi. Qurilmaga kiruvchi va undan chiquvchi 
signallarni fizik tabiati o’zgarmaydi. Bunday element vositasida kirish signali quvvatini 
kuchaytirish tashqi energiya manbaini talab etadi. Bunday signal kuchaytirgichlar 
elementlarini avtomatik sistemalarda qo’llashning asosiy sababi datchiklardan olinadigan 
chiqish signallarini juda zaifligidir (10
-4
- 10
-5
Vt).
Signal kuchaytirgichlar tashqi energiya manbainingturiga qarab elektrik, pnevmatik, 
gidravlik va boshqa tiplarga bo’linadi. Bunday kuchaytirgichlar statik xarakteristikasi va 
kuchaytirish koeffisientlari bilan bir-biridan farq qiladi. Kuchaytirish koeffisienti va tashqi 
energiya manbaining quvvati kuchaytirgichlarni xarakterlovchi asosiy parametrlar 
hisoblanadi.
Kuchaytirish koeffisienti quyidagicha ifodalanadi: 
Bunda X
ch
– kuchaytirgichning chiqishdagi signal, X
k
– kirishdagi signal. 
Elektrik signal kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffisienti signalning quvvati R, toki 1 
yoki kuchlanish orqali ifodalanishi mumkin, ular mos ravishda quvvat bo’yicha 
kuchaytirish koeffisienti, tok bo’yicha kuchaytirish koeffisienti va kuchlanish bo’yicha 
kuchaytirish koeffisienti deb ataladi. Barqaror rejimdagi chiqish signali X
ch 
bilan kirish 
signali X
k
orasidagi bog’lanish X
ch 
=f(X
k
) signal kuchaytirgichlarning statistik 
xarakteristikasi deb ataladi.
Statik xarakteristikalarga ko’ra kuchaytirgichlar uzluksiz va uzlukli xarakteristikali 
signal kuchaytirgich turlariga bo’linadi. Uzluksiz xarakteristikali signal kuchaytirgichlar 
sifatida elektron, magnit, gidravlik, pnevmatik signal kuchaytirgichlarni ko’rsatish 
mumkin. Uzlukli xarakteristikali kuchaytirgichlarga rele tipdagi hamma kuchaytirgichlar 
kiradi. 
Signal kuchaytirgich elementlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1)kuchaytirgichning chiquvchi signali (quvvati) ijrochi elementni ishga tushirish uchun 
yetarli.
2) sezgirligi yuqori.
3) inersionligi kam
4)
xarakteristikasi to’g’ri chiziqqa yaqin bo’lishi kerak.
Kuchaytirgichlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Elektron lampali signal kuchaytirgich
2. Yarim o’tkazgichli signal kuchaytirgich.
3. Magnitli signal kuchaytirgich.
4. Pnevmatik va gidravlik signal kuchaytirgich. 



Yüklə 430,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin