10-ma’ruza. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish haqida tushuncha. Reja


Avtomatlashtirish tizimining elementlari quyidagilar



Yüklə 430,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix27.09.2023
ölçüsü430,44 Kb.
#149713
1   2   3   4   5   6   7   8
OOIMvaA 10-ma\'ruza

Avtomatlashtirish tizimining elementlari quyidagilar:
1. Sezuvchi elementlar 
2. Signal kuchaytiruvchi elementlar.
3. Ijrochi elementlar.
4. Rostlovchi elementlar 
Sezuvchi elementlar 
Sezuvchi element (datchik) harorati o’lchash, bosimni o’lchash, namlikni o’lchash 
kabi elementlar kiradi. 
Haroratni o’lchash. harorat molekulalar xaotik harakati o’rtacha kinetik 
energiyasining o’lchovi bo’lib, jism yoki ob’ektning issiqlik holatini ko’rsatuvchi parametr 
hisoblanadi. Jismlar molekulalarning kinetik energiyasi va shuningdek, haroratini 
o’zgarishi ularda hajm o’zgarishiga va ularning bir holatdan ikkinchi (qattiq, suyuq va 
gaz) holatga o’tishiga sabab bo’ladi. Shu boisdan jismlarning xaroratini o’lchash uchun 
kerak bo’ladigan o’lchov birligi va o’lchash shkalasini yasashda ularning issiqlik 
holatlarini o’zgarish nuqtalarida mavjud bo’ladigan haroratlar miqdoridan foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda ikki xil o’lchov shkalalari mavjud: 
1. Selsiy shkalasi 
2. Kelvin termodinamik shkalasi. 
Selsiy shkalasida haroratning o’lchov birligini topish uchun suvning uch holati 
muzlash, qaynash, bug’lanish nuqtalari orasidagi harorat miqdori 100 bo’lakka bo’linadi. 
Agar suvning muzlash nuqtasi t
1
=0, qaynash nuqtasi t
2
=100º va p=100 deb qabul qilinsa 
haroratning Selsiy shkalasidagi o’lchov birligi (100-0)/100=1ºS bo’ladi. 
Ikkinchi shkala absolyut haroratlar shkalasini joriy etgan ingliz olimi Kelvin nomi 
bilan yuritiladi. Absolyut harorat Gey Lyussak qonuni V=V
0
(1+alfa 0
0
)ga muvofiq 
temperaturaning boshlang’ich nuqtasi absolyut nol haroratning bo’lishiga asoslangan. 
Haroratni o’lchash uchun termometrik jismlarning temperatura o’zgarishi bilan bog’liq 
bo’lgan fizik xususiyatlarining o’zgarishidan foydalaniladi. Buning uchun termometrik 
jismlar, ya’ni termometr yasash uchun ishlatiladigan jismlarning xususiyatlari xar 
taraflama o’rganiladi. Biror jismning temperaturasini o’lchash lozim bo’lsa, termometrik 
modda (simobli termometr) haroratini o’lchashi kerak bo’lgan jismga tekkiziladi yoki 
haroratni o’lchashi lozim bo’lgan muhitga kiritiladi. Natijada bu ikki jism o’rtasida 
harorat muvozanati vujudga keladi. Jismning haroratini harorat o’lchash asbobining 
ko’rsatishiga muvofiq aniqlanadi. Haroratning o’lchaydigan asboblarning turi va ularning 
o’lchash chegaralari quyidagi jadvalda keltirilgan. 
Kengayish termometrlari. Kengayish termometrlarining o’lchash prinsiplari 
termometrik moddalar suyuq, bimetall va metall sterjenlarning hajmiy chiziqli kengayishi 
ular kiritilgan muhit temperaturasining o’zgarishiga mutanosib bulishiga asoslanadi. 


Simobli texnik termometrlar. Suyuq termometrik moddalar sifatida simob, kerosin, 
etil spirt, toluol va boshqalar ishlatiladi. Simobli termometrlar, simobli to’ldirilgan shisha 
ballon va u bilan tutashtirilgan shisha naychadan iborat: simobli shisha ballon 
temperaturasi o’lchanadigan muhitga kiritilsa, undagi simob hajmi muhit temperaturasiga 
muvofiq o’zgaradi, ya’ni simob sathi shisha trubka bo’yicha yuqoriga yoki pastga siljiydi. 
Bu siljish Selsiy shkalasi bo’yicha muhit haroratining o’zgarishini ko’rsatadi. 

Yüklə 430,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin