Proektiv metodlar.
Proektiv metod - shaxsni o’rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchilar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin bo’ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini tahlil etish orqali uning shaxsi haqida muayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proektsiya mexanizmi tufayli sinaluvchi óz ichki kechinmalari, uy xayollari, orzulari, qurquv va xavotirlarini tashqarira chiqaradi. Maktabgacha yoshdari bolalar bilan ishlaganda qo’llaniladigan odatdari proektiv metodikalar quyidarilardan iborat: «Bola appertseptsiya testi», «Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi», ”Oila rasmi”, ”Portret” va xokazolar. Ushbu metodikalarni qo’llash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha ko’p vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan ótkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta maxorat talab qilinadi.
Faoliyat maxsulini óranish metodi.
Faoliyat maxsulini órganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni órganish haqida gap ketganda, birinchi navbatda, bolalarning tasviriy faoliyati maxsullarini taxlil qilish nazarda tutiladi. Shu tufayli tasviriy faoliyat maxsullarini o’rganishga asoslangan metodlar óz nomi bilan grafik metodlar deb ataladi. Grafik metodlar óz ichiga rasm chizish metodikalari - «Odamni chizrin, «Avtoportret», «Erkin mavzudagi rasm», «Dunyo rasmi», «Oila rasmi», «Oilaniing kinetik rasmi», "Uy, daraxt, odam» - «Geometrik shakllardan odam rasmini yigish» , «Daraxt» grafik testi, «Grafik diktant» va boshqalarni oladi. Yuqorida tilga olingan metodik vositalar adabiyotlarda batafsil taxlil etilgan.
Test.
Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish darajasini ulchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yigindisi. Test metodida muayya standart topshirik va vaziyatlar (testlar) qo’llaniladi.
Ushbu metod bir qator ustun tomonlarga ega: Tadqiqotni sinaluvchilarning katta guruhi bilan o’tkazish mumkin natijalarni xulosalash va qayta ishlash ancha engil va sodda. Metodning asosiy kamchiliri shyndaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi haqida ma'lumot berolmaydi.
Psixologiya fanida xozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy soxasiga xos sifatlar, motivatsion soxasiga tegishli xususiyatlar, individual tipologik xususiyatlari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus testlarning tunlamlari mavjud.