DIQQAT KONSENTRATSIYASINING FALSAFIY, PSIXOLOGIK TAVSIFI F.U.Olloqulova
Surxondaryo viloyat Boysun tuman
39-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Inson jamiyatda mavjud ekan har daqiqada tevarak atrofdagi turli narsa va hodisalar ta’sirida, qurshovida yashaydi. Bu narsalarning hammasi ham ongda muqim iz qoldirmaydi, qaysi biri aniq yaqqol aks etsa, bosha biri mavhum yoki umuman aks etmaydi. Bularning hammasi inson diqqatining narsa, predmet, hodisa, jarayon va axborotlarga qay darajada qaratilganligiga bog‘liq. Diqqat falsafiy tushunchasi sifatida bir qancha olimlar tomonidan ta’riflangan. Jumladan, P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb-ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. (257). Inson o‘y xayollari, kundalik faoliyati, bajarayotgan har bir ishi diqqat qaratilgandagina amalga oshadi yani diqqat obyekti bo‘la oladi.
Diqqat juda muhim hayotiy jarayon bo‘lib, inson faoliyatining har daqiqasida ishtirok etadi. Oddiy kundalik jismoniy faoliyatdan tortib toki murakkab aqliy faoliyat jarayonlarigacha. Jumladan, E.B.Pirogovaning diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir deb ta’riflaydi. Diqqatning inson hayotidagi ahamiyatini baholar ekanmiz, Butun olam tortishish qonunini yaratgan Nyuton kashfiyoti xususida izoh berar ekan, butun fikru xayoli ushbu jarayonga qaratilganligini e’tirof etadi. Shuningdek K.D.Ushenskiy "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi.
Dars davomida o‘quvchilar diqqatining barqarorligi 15-20 minutni tashkil etadi. Undan so‘ng ayni dars jarayoniga bo‘lishiga qaramasdan diqqati boshqa jarayonlarga, o‘y xayollarga bo‘linadi. Shu bois darsning yarmida maktablarda dam olish
Diqqat psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt ustida to‘planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo‘naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, obyektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O‘quvchi maktabda o‘qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o‘tirganda mana shu eshitib o‘tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo‘zg‘algan shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. O‘quvchining biror boshqa narsaga chalg‘imasdan o‘quv materialining mazmuniga zehn qo‘yib o‘tirishida uning psixik faoliyatining yo‘nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo‘naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo‘llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o‘zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o‘zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir.
Biror narsani yaxshi idrok etish uchun eng avvalo unga diqqat bilan qarash, tikilish kuzatiladi, so‘ng butun harakat to‘xtaydi, hatto diqqat vaqtida insonning nafas olish jarayoni sekinlashadi. Shu boisdan biror obyektni o‘rganishdan oldin quloy holatda o‘tirib, organizmni moslashtirib olish lozim. So‘ng esa ruhiy faoliyatni obyektga yo‘naltirish va to‘plash, ya’ni nisbatan e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
Diqqatning eng muhim xossalari-uning ko‘lami, tanlovchanligi, barqarorligi, to‘planishi, taqsimlanishi va ko‘chishidir. Diqqatning ko‘lami deganda, qisqa vaqt ichida aniq idrok qilingan ob`ektlar soni tushuniladi.
Diqqatning barqarorligi psixik faoliyatdan chalg`imaslik va obyekt ustida diqqatni uzoq vaqt to‘plab turishni ta’minlab turuvchi shaxs qobiliyatidir. Diqqat barqarorligining xarakteristikasi uzoq vaqt psixik faoliyatining dastlabki holatda to‘plab va yo‘naltirib turilishidir.
Diqqatning kontsentratsiyasi ham diqqatni uzoq vaqt obyekt ustida turli ta’sirlarga qaramay saqlab turishdir. Diqqatning taqsimlanishi bir paytning o‘zida sub’ektning bir nechta ob`ektlarga psixik faoliyatning yo‘naltirib va to‘plab turishidan iborat.
Diqqatning ko‘chishi, uning yo‘nalishi va to‘planishini bir ob`ektdan boshqasiga o‘tishi tushuniladi.
Diqqatni boshqarishqara olish aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun asosiy faoliyat deb K.D.Ushinskiy diqqatning psixologik tahlilini tarbiya muammosi bilan bog‘laydi. Diqqatni maqsadga muvofik samarali yo‘lga qo‘yishda asosiy faoliyatdan chalg‘imagan holda idrokni yo‘naltirish lozim. Tarbiyachining asosiy vazifasi o‘quvchilardan diqqatni to‘g‘ri yo‘naltira olishni ko‘ra bilish va bu jarayonni mustaqil boshqara olishga o‘rgatish.
Diqqat muammosi tadqiq etilar ekan B.G.Ananev diqqatni doimo tekshirib borish va tadqiq qilish kerakligini uqtiradi. Bunga ko‘ra pedagog darsni to‘g‘ri tashkil etishi, o‘zining ustido doimo ishlab pedagogik mahoratni oshirib borishi, o‘quvchilarning darsdagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishi kerakligi nazarda tutiladi.
I.V.Straxov asarlarida kishi diqqati kelib chiqishiga va ishlash uslubiga qarab ijtimoiy tabiatga ega ekanligini aytib o‘tadi. U kishilarning mehnat faoliyatiga sabab bo‘ladi va mehnat jarayonining asosiy psixologik komponentlaridan biri bo‘lib sanaladi. Diqqatning muhim belgisi faoliyat jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi psixikasining to‘planishidir.
O‘qituvchilarning dars davomida berilayotgan bilimini qanchalik o‘zlashtirishi unda asosiy va yetakchi rolni diqqat o‘ynaydi. Shuning uchun ham ta'lim - tarbiya jarayonida hammadan avval tarbiyachi o‘quvchining diqqatini torta bilish uning asosiy maqsadi bo‘lishi kerak. Bu esa o‘tilgan materialni o‘quvchi puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki, diqqatning tarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga keladi. F.N.Gonobolin, M.R.Rahmonova D.B.Elkonin, V.V.Repkin va boshqa qator tadqiqotchilar tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda diqqatning namoyon bo‘lishi, kechishi, rivojlanishining o‘ziga xos xossalari, individualligi kabi jihatlari o‘rganilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar Umumiy psixologiya. Darslik. A.K.Shamshetova, R.N.Melibayeva, X.E.Usmanova, I.O.Xaydarov. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. - Т.: «Barkamol fayz media», 2018. - 272 b.
Maxsus psixologiya. Darslik. L.R. Mo'minova, Sh.M.Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U.Xamidova, D.B.Yakubjanova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova. 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent — 2013