Jamoa xakida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» suzining
tarjimasi bulib, yigilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, gurux) bir necha
a’zo (kishi)lardan iborat bulib, ijtimoiy axamiyatga ega umumiy maksad asosida
tashkil topgan gurux demakdir. Zamonaviy talkinda «jamoa» tushunchasi ikki xil
ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan
maksad yulida birlashuvidan iborat tashkiliy guruxi tushuniladi (masalan ishlab
chikarish jamoasi, zavod jamoasi, ukuv yurti jamoasi, xujalik jamosi va xokazo).
Ikkinchidan, jamoa deganda yukori darajada uyushtirilgan gurux tushuniladi.
Chunonchi, ukuvchilar jamoasi yukori darajada uyushtirilgan birlashma
xisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muxim
axamiyatga ega bulgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning
yetakchi rol uynashi tugrisidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish
davrlaridayok bildirilgan. Jamoada uning a’zolari urtasidagi munosabatning
aloxida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini
ta’minlaydi. Lekin xar kanday guruxni xam jamoa deb xisoblab bulmaydi. Jamoa
bir kator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada
uyushgan xar kanday guruxdan ajratib turadi.
Ukuvchilar jamoasi uziga xoslik kasb etuvchi muxim belgilarga egadir.
kuyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida suz yuritamiz.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir kismi xisoblanadi, unda ijtimoiy xayot va
kishilik munosabatlarining barcha meyorlari uz ifodasini topadi. Zero, jamoa
jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bular ekan, jamoa va ijtimoiy
jamiyat maksadi, intilishida uzaro birlik, uzviylik, alokadorlik yuzaga keladi.
Shu bois jamoa xayotining anik (yagona) maksadga karatilganligi va
ijtimoiy-goyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Xar bir jamoa boshka jamoalar bilan uzviy alokadorlikda mavjud buladi.
Muayyan jamoaning xar bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish
jarayonida uz jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini
tushunish, jamoa oldiga kuyilgan maksad moxiyatini chukur xis etish xamda uning
shaxsni shakllantirishdagi urni va rolini tugri baxolay olish jamoa a’zolarining
umumiy va xususiy (shaxsiy) maksad, kizikishi, extiyoj va faoliyatlari urtasidagi
birlikni namoyon etadi xamda jamoaning bulinishga yul kuymaydi.
Xar bir jamoa uz-uzini boshkarish organiga ega va umumiy jamoaning
uzviy kismi sanaladi. Shuningdek, u maksadning birligi va tashkil kilish
xususiyatlari orkali umummilliy jamoa bilan boglanadi. Ijtimoiy jamiyat extiyojini
kondirishga yunaltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muxim
xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-goyaviy yunalishi xam jamoaning
faoliyati mazmunida uz aksini topishi muxim axamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniklashda kishilar guruxining yagona ijtimoiy tizimini
urnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil kilish usuli xam muxim xisoblandi.
Pedagogik jixatdan maksadga muvofik tashkil etilgan jamoa, xususan,
uning a’zolari urtasida uzaro ruxiy yakinlik, ishchanlik, bir-biri uchun gamxurlik,
uzaro yordam, jamoa manfaati uchun kaygurish, mazkur yulda amaliy xarakatlarni
tashkil etish xamda javobgarlik xissi karor topadi.
Demak, jamoa uzida kuyidagi xususiyatlarni namoyon etadi
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat xissini uygota
borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yakinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik
xissini paydo bulishiga kumaklashadi, jamoa bilan munosabatda bulish extiyojini
oshiradi. Jamoa a’zolari orasida uzaro xissiy birlik (bir-birini yoktirish xissi)
yuzaga keladi. Ushbu munosabat kupincha uz-uzidan paydo buladi xamda ular
ukituvchiik ta’sir kursatish uchun kul keladi. Jamoa a’zolari urtasidagi ruxiy birlik
mazmuni ular orasida xosil bulgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita
boglikdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (xissiy) tuzilishini bir-biridan
farklash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli
kurinishlarini amalga oshirish uchun zarur buladigan tashkiliy jixatlari kuzda
tutiladi. Mazkur jixat bir tomondan jamoa a’zolari urtasida yuzaga kelgan
ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, raxbarlik
vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-xarakatlari va
intilishlarini muvofiklashtirish yulida tashkil etilayotgan boshkaruv faoliyati
moxiyatini yoritishga xizmat kiladi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari urtasidagi shaxslararo
ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruxni tashkil
kiluvchi ayrim a’zolar urtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi.
Jamoaning xar bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu urinni egallaydi.
Ukuvchining jamoadagi urni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga
erishishiga muxim ta’sir kursatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy
tuzilmalar bir-biriga muvofik bulganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy
munosabatlar tizimida kuzga kuringan urinni egallagan xoldagina u chinakam
jamoa bula oladi. Shuningdek, norasmiy guruxlar (mikroguruxlar) umumjamoa
ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruxlar bulgandagina jamoa uzini
chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Yashash joylarida uzaro birikkan bolalar guruxlari kanchalik axil va inok
munosabat asosida tashkil topgan bulmasin xakikiy jamoa bula olmaydi. Chinakam
jamoa ijtimoiy axamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari
urtasida uzaro xamkorlik va ishchanlik xarakteridagi aloka va munosabalarni karor
toptirishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga ukituvchiik raxbarlikning
yulga kuyilishidir.
Shunday kilib, jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat gurux bulib, u
ijtimoiy axamiyatga ega bulgan umumiy maksad asosida tashkil topadi. Jamoa
tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga kuyilgan maksad
mazmunini ifoda etadi. Jamoa a’zolari urtasida karor topgan uzaro birlik,
shuningdek, ular urtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga
raxbarlik kilish, jamoa a’zolarining gurux yetakchilariga buysunishlari,
shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik xissini anglashlari uchun
zamin yaratadi.
Jamoa va uni shakllantirish ukituvchiik faoliyatining maksadi xisoblanidi.
Muxim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bulgan subyektlarning aloxida namuna
kursatishlari jamoani shakllantirishning muxim vositasi bulib, ushbu vosita
yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash ijobiy samaralar
beradi.
Jamoa tomonidan xal etilishi kuzda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa
shaxsni xar tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash xamda
mustaxkam xayotiy pozitsiyani karor toptirishdan iboratdir.
Umumiy urta ta’lim xamda urta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalarida
jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barkaror bugin - bu muayyan sinflar negizida
shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida ukuvchilar tomonidan
amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat ukish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida
shaxslararo aloka va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari
negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muxim bugin –
ukituvchilar jamoasi xamda ukuvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. Ukuv
yurtlari jamoasi tarkibida ukuvchilar jamoasi asosiy kismni tashkil etadi.
Ukuvchilar jamoasi - bu ijtimoiy axvoli shuningdek, umumiy saylov organlari
oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning xukuk va burchlari tengligi
asosidagi uzaro birlikka ega ukuvchilar guruxidir.
Ukuvchilar jamoasi unga raxbarlikni olib boruvchi ukituvchilar xamda
bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bulib, uz-uzini nazorat kilish
xamda uz-uzini boshkarish xukuki, shuningdek, uziga xos psixologik muxit va
an’analariga ega buladi.
Jamoani shakllantirish muayyan konuniyatlarga buysunadigan uzok
muddatli murakkab jarayondir.
Dostları ilə paylaş: |