Shark mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi
urni va
roliga aloxida e’tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muxitning
shaxsni shakllantirishdagi rolini yukori baxolaydi. Tashki muxit va odamlar
insonning borlik,
unda kechayotgan uzgarishlar, jarayonlar moxiyatini
anglashgagina emas, balki uning xulkida yaxshi va yomon sifatlarning
shakllanishiga xam sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub
bulgan mikromuxit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi.
Bolani yomon
ta’sirlardan saklash zarurligini uktiradi.
Shuningdek, alloma ukitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa
asosida bilimlarni berishni maksadga muvofikligini ta’kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning uktirishicha, inson
blshkalar bilan munosabatda
bulish, ularning yordami va kullab-kuvvatlashlarini xis etish extiyojiga ega. Ana
shu extiyojni kondirish yulidagi amaliy xarakatlar insonni kamolotga yetaklaydi,
deb xisoblaydi. Abu Rayxon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida uzaro yordam,
xamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixoxlik uning ijtimoiy muxitdagi roli va urnini
belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: