Болалар тарбия жамоаси ва ягона педагогик жараённинг асосий шакли


Bolalar jamoasining shakllanish boskichlari



Yüklə 493,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix18.04.2023
ölçüsü493,79 Kb.
#99938
1   2   3   4   5
2-maruza

 
Bolalar jamoasining shakllanish boskichlari. Jamoaning vujudga kelish 
uchun turt boskich zarur. Jamoaning shakllanish boskichlarida dastlab ukituvchi 
butun guruxga talab kuyadi xamda mazkur jarayonda jamoa faollarining 
shakllanishiga aloxida e’tibor karatadi. Navbatdagi boskichda muayyan darajada 
shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni kuyadi. 
Uchinchi boskichda esa jamoa umumiy xolda jamoaning xar a’zosidan muayyan 
tarzdagi faoliyatni olib borishni talab kiladi. Sunggi (turtinchi) boskichda esa 
jamoaning xar bir a’zosi uz oldiga mustakil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda 
etuvchi talabni kuyish layokatiga ega buladi. Ushbu jarayon moxiyatini 
kuyidagicha bayon etish mumkin 
Jamoaga kuyilayotgan talablar mazmunidagi fark jamoa rivojlanishi 
boskichini aniklovchi yorkin tashkiliy kursatkich sanaladi. Jamoaning amaliy 
faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular urtasidagi 
ijodiy xamkorlik, shuningdek, ularning xulk-atvori axlokiy kamolot darajalarini 


kursatuvchi muxim belgilar sifatida namoyon buladi. Jamoani shakllantirishda 
uning xayotini belgilovchi ichki jarayonining moxiyatini inobatga olish zarur. 
Jamoaning shakllanish boskichlarini belgilash shartli xisoblanadi, zero, 
jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oralikka ega emas. Shunga karamay 
ukituvchiik nuktai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan boskichlarga 
ajratish juda muximdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish boskichlarga ajratish 
aloxida axamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining xar bir boskichi 
jamoa a’zolariga nisbatan samarali ukituvchiik ta’sir kursatishning makbul shakl 
va metodlarini tanlash imkonini beradi. 
Jamoa rivojlanishining birinchi boskichi. Mazkur boskichda talab fakat 
ukituvchilar tomonidan kuyiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlangich 
nuktasidir. Ushbu davrdagi jammoa xali tarbiyalovchi jamoa bulmay, balki 
«tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki gurux) xisoblanadi. Ushbu boskichda ukuvchilar 
ukituvchi tomonidan talablarning kuyilishiga e’tiborsiz karaydilar. Jamoa 
a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil kilish va ularni muayyan (yagona) 
maksad atrofida birlashtirishga erishish orkaligina jamoa karor topadi. 
Ukuvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan 
tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muxokama kilish, kilinajak ishlarni 
rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, 
shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bulishi, shuningdek, ukuvchilarda 
jamoa faoliyatiga nisbatan kizikishni paydo bulishiga olib keladi. Bolalarning 
jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois suz 
yuritilayotgan boskichda ukituvchining asosiy maksadi jamoa a’zolarini oddiy 
tarzda uyushtirishdan iborat buladi. 
Ushbu boskichda ukituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga 
birday talabni kuya olishi, u tomonidan kuyilayotgan talabning kat’iyligi, izchilligi 
xamda murosasizligi muxim omil xisoblanadi. Bu vaziyatda ukituvchining 
«xukmdorlik» davri uzok davom etishi mumkin emasligi, bir karashda intizomning 
vujudga kelganligi ma’lum bulsada, ayni vaktda gurux a’zolarining faolliklarini 


rivojlantirish uchun zarur buluvchi sharoitning xali mavjud bula olmaganligini 
xisobga olish zarur.
Jamoa xayotining birinchi boskichida jamoa faolining paydo bulishi ushbu 
davr uchun xarakterli xodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruxning shunday 
a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofik tarzda xarakat kiladilar, ukituvchi 
faoliyati va talabiga nisbatan xayrixoxlik bilan munosabatda buladilar. Faollar 
ukituvchining yakin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. 
Jamoa rivojlanishining ikkinchi boskichi. Ushbu boskich jamoa faolining 
ukituvchi talabini kullab-kuvvatlash xamda uz navbatida uning uzi bu talablarni 
jamoa a’zolari zimmasiga kuyishi bilan tafsiflanadi. Endilikda ukituvchi jamoada 
paydo bulgan va u bilan boglik muammo, masalalarni yolgiz uzi xal kilmaydi. 
Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orkali bu ishga uni jalb etadi. 
Ushbu boskichda jamoa xayotini tashkil kilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, 
jamoa uz-uzini boshkarishga utadi. 
Ukuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi 
mazkur davrining muxim xususiyati sanaladi. Ikkinchi boskichda jamoaning 
muxim ishlarini ukuvchilar tomonidan mustakil rejalashtirilishi, tadbirlarni 
utkazishga tiyyorgarlik, uni utkazish xamda faoliyat natijalarini muxokama kilish 
jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini kursatuvchi omillar sanaladi. 
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (ragbat)larning paydo 
bulishi, ijodiy xamkorlik va uzaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan 
rivojlanishiga olib keladi. 
Jamoada mustakil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli 
bekiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida xurmat kozona olishi, 
ularga namuna bulishi, uz burchlarini anik va puxta bajarishi xamda uz 
mavkelaridan 
nourin 
foydalanmasliklari 
juda 
muximdir. 
Bu 
urinda 
A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini 
eslab utish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (xukuklar)ga ega bulsada, 
ayni paytda uning uziga xam oshirilgan talablarning kuyilishi maksadga 
muvofikdir. 


Jamoaning rivojlanishi bu boskichda tuxtab kolishi mumkin emas, chunki 
faoliyat kursatayotgan kuch jamoaning bir kismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning 
rivojlanishi ushbu boskichda tuxtatib kolinsa, jamoa faolining guruxning boshka 
a’zolari bilan karama-karshi kuyish xavfli tugilishi mumkin. Bu boskichda 
jamoaning barcha a’zolarining aloxida faollik kursatishga erishishlari zarur 
sanaladi. 
Jamoa rivojlanishining uchinchi boskichi. Jamoa faliyatida bu boskich 
anchagina sermaxsul xisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniklashiga kura, bu davrda 
butun jamoa «ayrim uzini chetga olib koluvchi, injik shaxs»larga talab kuya 
boshlaydi. 
Jamoa ishiga ushbu boskichda fakat faolgina emas, balki uning butun 
a’zolari kizikadi. Jamoa xayotidagi uchinchi boskich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan 
ifodalanadi. Ukituvchi mazkur yunalishda maksadga muvofik va izchil ish olib 
borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu 
maksadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning 
a’zolari xatti-xarakati jamoa bulib muxokama kilinadi, turli mavzularda suxbatlar 
va ma’ruzalar uyushtiriladi, ukuvchilar urtasida samarali axborot vositalari 
yordamida ijtimoiy-goyaviy, axlokiy, estetik, ekologik, xukukiy, iktisodiy va 
xokazo bilimlarning targiboti tashkil etiladi. Ukituvchi jamoa a’zolarining 
birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga xissa 
kushish imkonini beradigan uzaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir 
kursatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. 
Jamoaning xar bir a’zosida ijtimoiy axamiyatli faoliyatni maksadga 
muvofik ravishda tashkil etish kunikmasini xosil kila olishi jamoa a’zolari orasida 
barkaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. 
Jamoada barkaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi - 
uning a’zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bulgan ishlarni tashkil 
etishda faol ishtirok etishlaridir. 
Jamoa rivojlanishining uchinchi boskichda kursatib utilgan xususiyatlar 
shundan dalolat beradiki, ushbu boskichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning 


xar bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axlokiy mazmundagi talablarni kuya 
boshlaydilar. 
Jamoa rivojlanishining turtinchi boskichi. Bu boskich uning barcha a’zolari 
jamoa oldida turgan vazifalar asosida uz-uzlariga talablar kuya olishlari bilan 
tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, xar bir boskich jamoa a’zolarining uziga nisbatan 
muayyan talab kuyishi bilan tavsiflanadi, ammo kuyilgan xar bir talab uziga xos 
yunalishi (masalan uyindan umuminsoniyat baxti yulida kurashishiga intilish 
urtasidagi fark) bilan ajralib turadi. 
Turtinchi boskich jamoa a’zolarining uziga nisbatan yuksak axlokiy 
talablar kuya olishlari bilan axamiyatlidir. Jamoaning xayoti va faoliyati mazmuni 
jamoa a’zolarining xar biri uchun shaxsiy extiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya 
jarayoni uz-uzini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Birok bu xolat jamoaning 
muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va urnini pasaytirmaydi. Turtinchi 
boskichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. 
Mazkur boskichda jamoa oldiga istikbolli, yuksak va murakkab talablarni kuyish 
uchun mutlako kulay sharoit yaratiladi. 
Bugungi kunda ukituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshkalar) bolalar 
jamoasining rivojlanish jarayonining moxiyatini taxlil kilar ekanlar, uni kuyidagi 
uch boskichga buladilar: 
a) jamoani dastlabki jipslashtirish; 
b) jamoani shakllantirish asosida uning xar bir a’zosini individual 
rivojlantirish; 
v) jamoaning umumiy faoliyatini yulga kuyish. 
Jamoa xayotida muxim urin tutuvchi xar bir boskichni ajratib kursatish 
yukorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida 
jamoaning yetakchi axamiyatini ta’kidlaydi. 
A.S.Makarenko jamoa a’zolari urtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining 
ichki xususiyatlariga katta axamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng 
muxim kuyidagi belgilarni ajratib kursatgan edi: 
1) major - doimiy tetiklik, ukuvchilarning faoliyat (xarakat)ga tayyorliklari; 


2) uz jamoasining kadriyatlari moxiyatini tushunish, uning uchun 
gururlanish asosida uz kadr-kimmatini anglash; 
3) jamoa a’zolari urtasidagi dustona birlik; 
4) jamoaning xar bir a’zosida karor topgan dustona birlik; 
5) tarbiyali, ishchan xarakatga yullovchi faollik; 
6) xissiyotni boshkara olish xamda mulokot odobiga amal kilish kunikmasi. 
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga 
kuyiladigan yagona talablar muxim axamiyat kasb etadi. 
Yagona talab ukuvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashkari 
ishlar vaktidagi, shuningdek, jamoat joylari xamda oiladagi xulk-atvor koidalarni 
uz ichiga oladi. 
Puxta uylab kuyilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi 
maktabda muayyan tartibning urnatilishini ta’minlaydi. 
Ukituvchilar tomonidan kuyilgan talablar kuyidagi sharoitlarda ijobiy natija 
beradi: 
1. kuyilayotgan talablar ukuvchi shaxsini xurmat kilish tuygusi bilan 
uygunlashgan bulishi kerak. 
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni xisobga olgan 
xolda kuyilishi lozim. 
3. Jamoaga nisbatan kuyilayotgan talablar anik bulishi lozim. 
4. Ukuvchilarning tashki kiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi xamda 
muomalasiga nisbatan kuyilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni 
shakllantirishga xizmat kilishi shart. 
Ukuvchi kuyilayotgan talablar xajmi va tizimini bilibgina kolmasdan, talab 
kuyish metodikasini xam uzlashtira olgan bulishi kerak. 
Ukuvchilar jamoasiga nisbatan talablarni kuyish metodikasi bolalarni 
talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning axamiyatini tushuntirish, tajriba 
orttirish xamda ukuvchilar faoliyat, shuningdek, kuyilayotgan talablarning 
bajarilish xolatini muntazam suratda nazorat kilib turishdan iborat. 


Ukuvchilarni talablar bilan tanishtirish kupincha umumiy majlislarda 
amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasining direktori yoki ukuv ishlari buyicha 
direktr urinbosari istikbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar 
mazmuni bilan ukuvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim xollarda 
amalda kursatish, keyinrok sinflar buyicha sinf majlislari yoki maxsus suxbatlarni 
uyushtirish asosida amalga oshiriladi. 
Xulk-atvorni tarkib toptirishga yunaltirilgan talablar bilan tanishtirish 
mazkur talablar ustida mashk kildirish bilan kushib olib borilishi kerak. Xulk-
atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga karaganda ancha murakkab ish. Ukuvchilar 
talablar moxiyatini yaxshi anglashlari mumkin, birok aksariyat xollarda ularga 
rioya kilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashk kildirish madaniy xulk-
atvorni odatga aylantiradi. 
Talablarning kuyilishi jarayonida ularga ukuvchilarning amal kilishi 
ustidan nazorat urnatish lozim. Nazorat kilib borish turli shakllar yordamida 
amalga oshiriladi, chunonchi, xulk-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik 
uchun stendda baxolarni kayd etib borish va boshkalar. kuyilayotgan talablarning 
bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib 
borilishi va xakkoniy bulishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan ukuvchilarni 
ogox etib borish maksadga muvofik xisoblanadi. 
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan 
chambarchas boglik. Xar bir ukituvchining jamoani shakllantirish borasidagi 
xarakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. 
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan 
extiyoji mazmunidan kelib chikadi. 
Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun ukituvchi ukuvchilar 
faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulk-atvorini kuzatib borishi xar bir 
ukuvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layokatini aniklash zarur. 
Jamoa faolini shakllantirishda ukuvchilarning jamoadagi obrusini xam 
inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning uzlari, albatta, ukituvchi 


ishtirokida va raxbarligida tanlasa maksadga muvofik buladi. Ukituvchi jamoa 
faoli bilan maslaxatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi. 
Jamoa faolining xar bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, 
ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan xisobot berib borishlariga 
erishish maksadga muvofik. Ukituvchi aynan faolga oshirilgan talab kuyadi. 
Ukuvchilar jamoasida faol raxbarligida uz-uzini boshkarish jamoa a’zolaridan 
ayrimlarining boshkasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. 
Shu bois ukituvchi faolni maksadga muvofik faoliyat yuritishini nazorat 
kilib borishi lozim. 
Ukuvchilarning uz-uzini boshkarishi bu ukituvchilar tomonidan tashkil 
kilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshkarishda ukuvchilarning faol ishtirok 
etishidir. Uz-uzini boshkarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yigilishi, 
konferensiyasi xamda turli komissiyalar (masalan, ukuv komissiyasi yoki tozalik 
komissiyasi) faoliyati muxim urin tutadi. 
Ukuvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muxim urin tutadi. Jamoa 
an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek kullab-kuvvatlanuvchi barkarorlashgan 
odatlar bulib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati xamda jamoaning 
ijtimoiy fikri yorkin ifodalanadi. 
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bulinadi: 
a) kundalik faoliyat an’analari; 
b) bayram an’analari. 
Kundalik faoliyat an’analari ukuvchilarning ukuv faoliyati (uzaro yordam 
turlari), va mexnat faoliyati (kuchatlar utkazish, xasharlar uyushtirish va 
boshkalar)ni uz ichiga oladi. 
Bayram an’analariga ijtimoiy axamiyatga ega turli vokea xamda xodisalar 
bilan boglik sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustakillik bayrami», «Navruz 
bayrami», «Xotira va kadrlash kuni» va boshkalar)ni nishonlash maksadida tashkil 
etilgan faoliyat kiradi. 


An’anaviy bayramlar ukuv muassasalarida turlicha utkaziladi. Ukuvchilar 
an’analar moxiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bulsalargina 
uning ta’sir kuchi yukori buladi. 
An’analarning yuzaga kelishida ukuvchilarning unga nisbatan munosabati 
katta axamiyatga ega. Maktab raxbariyati va ukituvchilar ukuvchilar jamoasiga 
muayyan sanalarga bagishlab xaddan ziyod ortikcha tadbirni uyushtirish talabini 
kuymasligi zarur.
Tadbirlarni tashkil etish va utkazishda ukituvchilar jamoasi yoki ukituvchi 
tomonidan ushbu jarayonda ukuvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, 
ularni an’analarni davom ettirishga urgatish masalasiga aloxida e’tibor karatishlari 
pedagogik jixatdan ijobiy natijalarni beradi. 
Jamoa va uning shaxsni shakllanishidagi urni va roli muammosi yuzasidan 
olib borilgan ilmiy tadkikotlar shaxs va jamoa urtasidagi munosabatlarning 
rivojlanishi borasida kuyidagi andozaning yaratilishini ta’minlaydi 
Ukuvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali axamiyat kasb etuvchi umumiy 
maksad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan ukuvchilar birlashmasi, 
guruxidir. Ukuvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-xunar 
kollejlari ukuvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) ukuvchi xamda 
ukituvchilar yulboshchilik kiladi. Ular sirasiga gurux raxbari, gurux faollari 
(xususan, gurux yetakchisi (starosta), «Kamolot» tashkilotining gurux bulimi raisi, 
tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muxarriri va boshkalar).
Bolalar 
jamoalarida 
rasmiy 
yetakchilar 
bilan 
birga 
norasmiy 
yulboshchilarning mavjudligi kuzga tashlanadi. Odatda rasmiy yulboshchilar 
tarkibini a’lo baxolarga ukiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi ukuvchilar 
tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, 
ayrim sifatlariga kura tengdoshlarini uz ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday 
ukuvchilar boshkalardan jismonan kuchliligi, kat’iyatliligi, xech narsadan 
chuchimasligi, uziga bulgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning 
ma’naviy-axlokiy kiyofasi boshka ukuvchilarga jiddiy ta’sir kursatadi. Shu bois 


sinf raxbari xamda maktab pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini 
bevosita va bilvosita nazorat kilib borishlari zarur. 
Ukuvchilar uyushmasiga pedagogik raxbarlik, yukorida kayd etilganidek, 
aksariyat xolatlarda sinf raxbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf 
raxbari guruxning umumiy xamda xar bir a’zosining individual xususiyatlarini 
bilishi, ularni inobatga olgan xolda jamoaga yondashishi zarur. Sinf raxbarining 
norasmiy liderlar va ularning shaxsi xakida tulakonli ma’lumotlarga ega bulishi 
pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi. 
Yukorida bildirilgan fikrlardan kuyidagi xulosalarga kelish mumkin. 
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan gurux bulib, 
u ijtimoiy axamiyatga ega bulgan umumiy maksad asosida birlashadi xamda 
mazkur maksadni amalga oshirish uchun yunaltirilgan faoliyatni tashkil etadi. 
2. Jamoa uzida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi. 
3. Jamoani shakllantirish muayyan konuniyatlarga buysunadigan uzok 
muddatli, murakkab jarayon bulib, u kupchilik tadkikotchilarning e’tirof etishlariga 
kura turt boskichdan iborat buladi. 
4. Jamoani shakllantirish uziga xos metodika asosida amalga oshriladi. 
Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning kuyilishi, jamoa faoli 
(aktivi)ni tarbiyalash masalasi aloxida axamiyatga egadir. 
5. Jamoaning mustaxkam bulishi, uning a’zolari urtasida uzaro yordam 
xamda xamkorlikning karor topishida jamoa an’analari muxim axamiyat kasb 
etadi.


Adabiyotlar: 

Yüklə 493,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin