Bolalarda deviant xulqning namoyon bo’lish shakllari-fayllar.org
Xulosa
Individ sifatida namoyon bo‘lgan mavjudot ijtimoiy muhit ta’sirida shaxs sifatida shakllanadi. Individning jamiyat bilan o‘zaro munosabati uni ma’lum bir sotsial jamoa vakiliga aylantiruvchi turli guruhlardir. Bu munosabatni amalga oshirishda muloqat asosiy rol o‘ynaydi, sotsial guruhlar orqali amalga oshadi. Chunki muloqat shaxsning asosiy ijitmoiy munosabatlar sistemasida nazariy va Amaliy bilimlarni egallashida uning shu sistemadagi o‘zining maqomiga ega bo‘lishida, faoliyat jarayonida va kundalik turmush tarzida asos sifatida xizmat qiladi, Shu bilan birga shaxs muloqot orqali o‘zining shaxs sifatida shakllanganligini va boshqa shaxslarning ijtimoiy muhitining haqiqiy sub’ekti yoki uning ijrochisi sifatida shakllangani to‘g‘risida tushunchaga ega bulishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli shaxs jamiyatdagi barcha munosabatlarning shakllanishi va sotsial dinamik harakterini belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi.