Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari


Asab tizimining homila ichida rivojlanishi



Yüklə 34,41 Kb.
səhifə2/9
tarix11.01.2022
ölçüsü34,41 Kb.
#51182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari

Asab tizimining homila ichida rivojlanishi

Asab tizimining taraqqiy etishi homila ichi rivojlanishining juda erta - birinchi haftasida yuz beradi. 3-4 haftalarida bosh va orqa miyaning shakllanishi boshlanadi. Ayniqsa nerv hujayralarining bir muncha tez bo' linishi homilaning 10-haftaligidan to 18-haftaligigacha markaziy nerv tizimining shakllanishining qaltis davriga to' g‗ri keladi. Homiladorlik va normal tug' ruq vaqtida zararli omillarning yo' qligi bolaning sog‗lom nerv tizimi bilan tug' ilishiga imkon beradi.

Agar homila rivojlanishiga patologik omillar ta'sir etgan bo' lsa, bu holatda bola normal kechgan tug‗ruq jarayonini ham qiyin o' tkazadi (antenatal shikastlanish). Bundan tashqari tug‗ruqning qiyin o' tishi miya to' qimalarining shikastlanishiga ham olib keladi (intranatal shikastlanish).

Asosiy xavfli antenatal omillar:



  • onaning turli xil surunkali kasalliklari (anemiya, gipertoniya, surunkali glomerulonefrit, yurak nuqsonlari, qandli diabet, toksoplazmoz, revmatik isitma va boshqalar); homiladorlik davrida onaning o' tkir infeksion kasalliklari, shu bilan birga tibbiy dori vositalarini iste'mol qilishi.

  • homila ichidagi infeksiya;

-genetik nuqsonlar (aqli zaif ota-onalardan nosog‗lom bolalarning tug' ilish ehtimoli sog‗lom otaonalarga nisbatan 2 marta yuqori);

  • ota-onaning zararli odatlari (alkogol, chekish)

  • kasbiy zararliklar (og‗ir jismoniy mehnat, tebranish, silkinish);

  • tashqi teratogen omillar (yuqori radiatsiya, kimyoviy moddalar va boshqalar);

  • xavfli akusherlik anamnezi (16-18 yoshdan ilgari yoki 30 yoshdan keyin birinchi bolaning tug‗ilishi, tug‗ruq orasidagi interval 2 yildan kam bo' lishi, homila tushish xavfi, stress holatlar); -muddatidan o' tgan homiladorlik, ko' p homilalik, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning gipotrofiyasi; - Rh-omil va AVO tizim bo' yicha kelishmovchilik.

Bolalarda asab tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.

Tug‗ilish davriga kelib bosh miya o' zining o' lchami bo' yicha eng rivojlangan a'zolardan hisoblanadi. Ammo uning barcha tuzilishlari va egriliklarining funksional imkoniyatlari past. Bu davrda tana og‗irligiga nisbatan bosh miya og‗irligi kattaroq. Yangi tug‗ilgan chaqaloq miyasi tana vaznini 1/81/9 qismini, 1 yillikni oxirlarida 2 marta kattalashib, tana massasining 1/11-1/12 qismini, 5 yoshda 1/131/14, 18-20 yoshda 1/40 qismini tashkil etadi.

Chaqaloqlarda miya to' qimasi qon bilan yaxshi ta'minlanadi, ayniqsa kulrang modda, lekin qonning qaytishi kuchsiz. Shuning uchun unga toksik moddalar tez to' planadi. Nerv hujayralari boshqa somatik hujayralarga qaraganda 22 marta ko' p kislorod talab qiladi. Shuning uchun ko' p kasalliklarda nerv hujayralari kislorod yetishmovchiligidan nobud bo' lishi, gipoksik ensefalopatiya sifatida namoyon bo' ladi.

Miya to' qimalari oqsil moddalariga boy. 1 gr oqsil 17 gr suvni ushlab qoladi, bu esa bosh miyada shishlarni tez rivojlanishiga zamin tayyorlaydi. Oqsillar miqdori bola o' sib borgan sari 46%dan 27%gacha kamayadi. Bir yarim yilda miya to' qimalarida suvning miqdori ortadi va kattalarniki bilan tenglashadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlar bosh miyasining barcha beshta qismi anatomik tuzilishi jihatdan kattalarniki bilan bir xil. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda bosh miya po' stlog‗i hali yetilmagan bo' ladi. U oliy nerv faoliyati shakllanishini ta'minlaydi va barcha miya qismlaridan kechroq, 5-6 yoshga kelib shakllanadi. Nerv tolalarining miyelinizasiyasi nerv hujayralarining tanasidan boshlab, periferik qismi tomon asta sekin rivojlanadi va 3-5 yoshga kelib tugallanadi.

Nerv tizimining asosiy hujayrasi - neyrotsit. Kattalarda bunday hujayralar 16 mlrd. Biroq, tarqoq holatdagi diffuz joylashgan yyetuk neyrotsitlar hujayralarning umumiy miqdorini faqat 25%ini tug‗ilish davrida tashkil qiladi. Agar katta kishilardagi bosh miyasining hujayralar soni 100% deb olinsa, 6 oylikda 66%, 1 yoshda - 90-95% shakllangan bo' ladi. Shu sabab, bolalarning asab tizimidagi kasalliklari 1,5 yoshgacha aniqlanishi zarur, chunki kech qolib davolash yaxshi natija bermaydi.

Yetilgan hujayralarning miqdoriy tarkibidan tashqari, yangi tug‗ilgan bolada gistologik yetilmaganligi ham ahamiyatga ega. Ular shakli jihatidan ovalsimon, bitta aksonli, yadrosi donador, dentritlari yo' q bo' ladi.

Orqa miya suyuqligi. Chaqaloqlarda orqa miya suyuqligi kam miqdorda va bosimi past bo' ladi

(normada bosim 100 - 120 ml. suv ustuni). Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda miqdori 20 - 30 ml, ko' krak yoshidagi bolalarda 40 - 60 ml, katta bolalarda 150 - 200 ml. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda orqa miya suyuqligi sarg‗ish yoki sarg‗ish yashil rangga bo' yalgan, bu rangli bilirubin borligi xisobiga va fiziologik ksantoxromiya deyiladi. Chaqaloqlarda gemato-entsefalitik barer sustligi natijasida yuzaga keladi. Orqa miya suyuqligi tarkibida oqsilning yuqoriligi (Pandi reaktsiyasi musbat) ham gemato-entsefalitik barer sustligi bilan tushuntiriladi, hujayralar soni ham yuqori va qand bir oz kam bo' ladi.

Asab - ruhiy rivojlanishni baholash

Asab - ruhiy rivojlanishni (ARR) baholash me'zonlariga kiradi:



  • motorika;

  • statika;

  • shartli - reflektor faoliyat (1 signal sistema); - nutq (2 signal sistema); - oliy nerv faoliyati.

Motorika (harakat) — bu bolaning maqsadga yunaltirilgan, manipulativ faoliyati.

Yangi tug‗ilgan sog‗lom chaqaloq uchun tinch holatda mushaklarning fiziologiik gipertonusi xarakterli va shu sabab qo' l oyoqlar bukilgan ko' rinishda. Mushaklarning gipertonusi barcha holatlarda simmetrik tasvirlangan: qorinda, yyelka yotganda, yon va tik ushlab turilganda. qo' llari barcha bo' g‗imlarda bukilgan, ko' krak qafasiga keltirilgan. Kaftlari yarim musht holatida, bosh barmoq kaftga qarab bukilgan. Oyoklar xam barcha bo' g‗imlarda bukilgan va son soxasida engil ochilgan, oyoq kafti orqa tomondan bukilgan (1 rasm). Xattoki uyku vaqtida ham mushaklari bo' shashmaydi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning harakati chegaralangan, xaotik (angl. chaos), tartibsiz (angl. disorderly), atetososimon titroq (angl. trempling). Bola hayotining birinchi oyidan keyin mushaklarning fiziologik gipertonusi va tremori yo' qolib boradi.




Yüklə 34,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin