Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari


Panik buzilishlar, fobiya, tashvish hissi



Yüklə 34,41 Kb.
səhifə8/9
tarix11.01.2022
ölçüsü34,41 Kb.
#51182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • SQUSI
Panik buzilishlar, fobiya, tashvish hissi

Turli xavotirli buzilishlar (panik xujumlar, fobiya, doimiy tashvish) odatda nevroz bilan birga kechadi.



Nevroz kasalligini davolash

Nevrozlarni davolashning ko‘p usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz terapiyaga asoslanadi.

Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning ko‘plab yo‘nalishlari va usullari mavjud. Ular patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi jarayoniga ta‘sir ko‘rsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi

(ular faqat patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bo‘lib, o‘zlari faqat alomatlarni yengillashtiruvchi vaqtinchalik ta‘sir ko‘rsatadi) turlarga bo‘linadi.



  • Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani o‘z ichiga oladi.

  • Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yo‘naltirilgan, ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va boshqalar kiradi. Nevroz insonning tiklanadigan holati bo‘lib, psixoterapevtik davolanishiga yaxshi bo‘ysunadi. Dori-darmonli terapiya faqat psixoterapevtik jarayon uchun katalizator bo‘lib, hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi. Kamdan-kam hollarda, inson shaxsiyatining o‘sishi, nizoli vaziyat ahamiyatining yo‘qolishi, avvalgi turmush tarziga qaytish va hokazolar tufayli nizoning hal bo‘lishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari ham qayd qilinadi.

Obsessiv-kompulsiv buzilishda birinchi o‘rindagi davolash sifatida kognitiv-xulq terapiyasi (KXT) va SQUSI (serotonin qayta ushlanishining selektiv ingibitorlari) yoki klomipramin guruhi antidepressantlarini qo‘llash tavsiya etiladi. Kognitiv-xulq terapiyasidan tashqari, psixodinamik terapiya yoki psixoanaliz ham ishlatiladi, lekin ularning samaradorligi, KXT samaradorligidan farqli o‘laroq, kam isbotlangan. KXT — bu obssesiv-kompulsiv buzilishda samaradorligi nazorat ostida o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan psixoterapiyaning yagona turidir.

Obsessiv-kompulsiv buzilishni kognitiv davolashda adapitvlikka o‘rgatish qo‘llaniladi — bu texnikada terapevt bemorda qayta-qayta o‘rnashib qolgan fikrlarni chaqirishga harakat qiladi, natijada bunday fikrlar bemor uchun xavflilik ahamiyatini yo‘qotadi va xavotirning pasayishiga sabab bo‘ladi deb taxmin qilinadi. Shuningdek javobni oldini olishning yashirin texnikasi ham ishlatiladi: terapevtlar bemorlarni adaptiv o‘qitish davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘rnashib qolgan fikrlardan chalg‘ish yoki saqlanishga o‘rgatadi. Kognitiv nazariya tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, bunday buzilish insonning yoqimsiz, keraksiz o‘ylari mavjudligi xususiyatlaridan kelib chiqadi: ba‘zi odamlar uchun yoqimsiz fikrlar shu darajada jirkanch va zo‘riqtiradigan ta‘sir ko‘rsatadiki, ular bunday fikrlardan qochish yoki ularni bartaraf qilishga urinishadi. Bu sa‘y-harakatlar fikrlarning o‘rnashib qolishiga olib keladi, ular noqulaylikni bir muddat pasaytiradi va qayta-qayta takrorlanaveradi, qutilishga harakat qilish esa ular bilan bog‘liq tashvishlarni yanada kuchayishiga sabab bo‘ladi.

KXT boshqa nevrozlarda ham qo‘llaniladi. Masalan, umumiy xavotirli buzilishda odatda ikkita kognitiv yondashuv qo‘llaniladi. Ellis va Bek nazariyasiga asoslangan yondashuvdan biriga amal qilgan holda, terapevtlar odamlarga ularning buzilishlari asosida yotgan noadekvat ishonchlarini o‘zgartirishga yordam berishadi. Ikkinchisi esa odamlarni stressli vaziyatda o‘zini tutishga o‘rgatadi. Fobiyalarda xulqatvor terapiyasi tarafdorlari ta‘sir terapiyasi uslubidan foydalanishadi, uning davomida qo‘rquvlari mavjud kishilar ularni qo‘rqitadigan narsalar va vaziyatlarga duchor qilinadi: masalan agorafobiyaga chalingan odamlarga asta-sekin uylaridan uzoqlashish va ko‘proq jamoat joylariga tashrif buyirish o‘rgatiladi. Panik hujumlarda kognitiv terapevtlar insonlarning o‘z tana sezgilarini noto‘g‘ri interpretatsiya qilishni to‘g‘irlashga harakat qilishadi.

Nevrozda psixoanaliz ham qo‘llaniladi. Ko‘pgina psixoanalitik maktablar fikriga ko‘ra, bemor o‘z ziddiyatlarini tan olishi, o‘zining shaxsiyati haqida aniqroq tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Psixoterapiyaning asosiy vazifasi bemorga nevroz rivojlanishiga olib kelgan barcha munosabatlar jamlanmasini tan olishga yordam berishdir. Psixoterapiyaning natijasi bemorga uning hayotiy tajribasi, bu tajriba asosida shakllangan atrofdagi odamlar bilan munosabatlar tizimini ziddiyatga kelgan vaziyat va kasallikning namoyon bo‘lishi bilan bo‘lgan nisbatini bemorga tushuntirishdan iborat.

Psixoanaliz tez-tez tanqid qilinadi. 1994-yilda Klaus Grave bir guruh olimlar bilan psixoanaliz va tegishli psixoterapevtik qo‘llanmalarning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan 897 eng muhim empirik tadqiqotlar meta-tahlilini chop etdi. Uning mazmunida Grave xulq-atvor terapiyasi psixoanalizga nisbatan ikki barobar samarali ekanligiga ishora qildi.

«Psixoanaliz zararlimi» degan maqolada amerikalik psixolog Albert Ellis psixonalizdan foydalanishning zarari to‘g‘risida o‘z fikrini bildirdi. Xususan, u psixoanaliz umuman olganda noto‘g‘ri taxminlarga asoslanganligi, u bemorlarni o‘zlari ustida ishlash zarurligidan uzoqlashtirishi, hozirgi harakatsizligiga bahona berishini ta‘kidlagan.

Emotsional barqarorsizlikdan aziyat chekayotgan bemorlar, ko‘pincha psixotrop dorilarning nojo‘ya ta‘siriga, ayniqsa sezgir bo‘ladi. Ba‘zi psixofarmakologik dorilar o‘xshash nevrotik namoyon bo‘lishli nojo‘ya ta‘sirlarga ega, va natijada — davolash davomida ularning kuchayishi ehtimoli mavjud. Nevrozni davolashda gipnoz va autogen mashg‘ulotlar juda muhim o‘rin tutadi.

Agar nevroz mavsumiy ruhiy tushkunlik sababli yuzaga kelgan bo‘lsa, uni davolash va oldini olish uchun, quyoshli kunlar sayr qilish yoki nur bilan davolash ko‘rsatiladi.




Yüklə 34,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin