Bolalarda pnevmoniya etiologiyasi ularning yoshi va bolaning zararlanish sharoitiga qarab farqlanadi.
Yangi aqaltugʻilgan choqlarda pnevmoniya kelib chiqishi asosan homila ichi yoki shifoxona ichi infeksiyalari bilan bogʻliq. Tugʻma pnevmoniya koʻpincha oddiy gerpes virusining 1 va 2 tip, sitomegalovirus, xlamidiyalar sababli rivojlanadi. Kasalxona ichi pnevmoniyasini keltirib chiqaruvchi patogenlar ichida asosiy oʻrinni B guruh streptokokklari, tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, klebsiyellalar egallaydi. Chaqaloqlar orasida pnevmoniya kelib chiqishiga – gripp, paragripp, qizamiq va boshqa viruslarning ham oʻrni katta.
Bir yoshgacha boʻlgan bolalar kasalxona tashqarisi pnevmoniyasi kelib chiqishida pnevmokokklar (70-80 % hollarda), gemofil tayoqchalar, maroksella va boshqalarning oʻrni katta. Maktabgacha boʻlgan yoshda pnevmoniya kelib chiqishiga gemofil tayoqcha, ichak tayoqchasi, proteyalar, klebsiyella, enterobakteriya, koʻk yiring tayoqchasi va tillarang stafilokok an’anaviy patogen hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalarda oʻpkaning tipik yalligʻlanishi bilan bir qatorda atipik pnevmoniyalar ham uchrab turadi.