Bolalarda raxit, spazmofiliya, gipotrofiya, ekssudativ diatez, allergiya kasalliklari



Yüklə 23,2 Kb.
səhifə1/8
tarix03.05.2023
ölçüsü23,2 Kb.
#106690
  1   2   3   4   5   6   7   8
BOLALARDA RAXIT, SPAZMOFILIYA, GIPOTROFIYA,


BOLALARDA RAXIT, SPAZMOFILIYA, GIPOTROFIYA,
EKSSUDATIV DIATEZ, ALLERGIYA KASALLIKLARI.


Reja:

1. Sog`liq.


2. Kasallik.
3. Raxit. Spazmofiliya.
4.Tirishish holati.
5.Gipotrofiya.
6.Ekssudativ-kataral diatez.
7.Allergiya.

Tayanch so’z va iboralar:

Sog`liq. Kasallik. Raxit. Spazmofiliya. Gipotrofiya. Diatez. Allergiya. Lordoz. «Qurbaqa qorin». «Raxit tasbehlari»




Sog`liq - odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari, mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. U odam mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning muhim shartidir. Xalq sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning ahloq normasi, yuksak burchi bo`lmog`i lozim.
Kasallik-qandaydir noqulay ta`sirotlar natijasida organizmning biologik,jismoniy,ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining buzilishidir.
Kasallikda maxsus va maxsus bo`lmagan belgilar vujudga keladi.Maxsus belgilar o`zgarishlar kasallikni yuzaga keltirgan faktorning ta`sir qilish xususiyatiga bog`liq.Masalan, tashqi muhitdagi mingdan ortiq mikroblar, 250 dan ortiq viruslar, ko`plab zamburug`lar, gijjalarning har qaysi turi odamga yuqqanida, kasallikni vujudga keltirishi bilan birga, mazkur kasallikni o`ziga xos maxsus belgilarini paydo qiladi, chunonchi, bug`ma (difteriya) kasalligi qo`zg`atuvchisi (Lyoffler mikrobi) yuqqanida, mikrob kirgan joyda (tomoq, hiqildoq, burun, ko`z) da oqimtir-sarg`ich qazg`oq hosil qiladi.Shu qazg`oqda mikrob ko`payib, zaharli modda (toksin) ishlab chiqaradi, u qonga surilib, birinchi navbatda yurak muskulini zararlaydi.Boshqa kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikrob, virus va boshqa mikroorganizmlar ham, bo`g`ma mikrobi singari, o`ziga xos maxsus kasallik belgilarini paydo qiladilar. Yoki yuqori harorat ta`sirida terida kuyish vujudga keladi.Kuygan joyda qizarish va ichida tiniq suyuqlik bo`lgan pufakcha hosil bo`ladi.
Terining sovuq urgan joyida hosil bo`lgan pufakchada esa loyqa suyuqlik bo`ladi. Bundan ko`rinib turibdiki issiq va sovuq haroratlar o`zining ta`sir xususiyatiga ko`ra terining kuygan va sovuq urgan joylarida, o`ziga xos maxsus belgilarni vujudga keltiradi.
Kasallikda yuzaga keladigan maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) ta`sir qiluvchi faktor (mikrob, virus, issiq yoki sovuq harorat va hokazo) larning xususiyatiga bo`gliq bo`lmaydi. Balki, bu o`zgarish (belgilar) noqulay ta`sirotga nisbatan odam organizmining javob reaksiyasiga bog`liq bo`ladi. Masalan, gripp kasalligi jarayonida bir kishida tana harorati 37-37,5 daraja atrofida bo`lib, bemor kasallikni oyoqda yurib o`tkazadi, ikkinchi kishida esa tana harorati 39-40 darajagacha ko`tarilib, bemorning ahvoli og`ir bo`ladi.

Yüklə 23,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin