Bolalarda suyak-mushak tizimini anatomo-fiziologik xususiyatlari. Suyak – mushak tizimining asosiy kasalliklari semiotikasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/8
tarix10.03.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#53569
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarda suyak-mushak tizimini anatomo-fiziologik xususiyatlari

MUSHAK TIZIMINI TЕKSHIRISH. So‘rash orqali ona yoki bola (katta yoshda bo‘lsa) tomonidan qilingan shikoyatlarni, ya’ni ko‘l-oyoq, tana muskullar gruppasining atrofiyaga uchrashi, qo‘l yoki oyoqning qimirlamay qolishi yoki uning chegaralanishi, qo‘l-oyoqlarda bo‘shashishliklarning paydo bo‘lishi, muskullar kuchining kamayishi, yuz mimikasining o‘zgarishlariga e’tibor berib, ularni qachon va nimalardan keyin paydo bo‘lishini aniqlash kerak. So‘rab surishtirilganda bolada tug‘ma jarohatlanish bo‘lmaganligini tasdiqlash uchun akusherlik tarixini yaxshilab o‘rganish kerak. Shundan so‘ng bola mushaklarining taraqqiyot darajasini, hajmini, kuchini va harakatlanish kobiliyatlarini aniqlanadi. Ko‘zdan kechirganda qanchalik mushaklar taraqqiy etganligi aniqlanadi. Ko‘zdan kechirganda qanchalik mushaklar taraqqiy etganligi tekshiriladi. Mushaklar hajmi ko‘zdan kechirish va paypaslash bilan bilan birgalikda uning tashqi tuzilishi, simmetrik taraqkiy etganligi ham aniqlanadi. Yosh bolalarda teri osti yog‘ qavatining yaxshi rivojlanganligi sababli mushaklarning taraqkiy etganligi darajasini aniqlash qiyinroq bo‘ladi. Normada 5-6 yoshli bolalarda barcha guruh muskullar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Mushaklarning tinch holatda tana va ko‘l-oyoqda ko‘zga gashlanib turishi, taranglashganda tortilgan muskul releflari yaqqol paydo bo‘lishi, mushak tizimining yaxshi rivojlanganligini ko‘rsatadi. Kuchsiz rivojlapishda esa tana va oyoq-qo‘l muskullari vazni kamayib, tonuslari pasaygan bo‘ladi.

Mushaqlar tonusining bir necha usulda baholash mumkin. Bola gavdasini tutishi va ko‘p oyoqlari holatlarini ko‘rishni o‘zi mushak tonusi xaqida tax.minan tushuncha 6epajin. Mushak tonuspni tekshirish xatto xomilaning yoshn to‘grisida ham tushupcha berishi mumkin. 27-30 haftalik chala tug‘ilgan bola orqasi bilan stqizmlganda qo‘l-oyog‘ini cho‘zib yotadi, 30 haftada oyog‘ini son va tizza bo‘ginlarmda buksa ham 34 haftagacha qo‘li cho‘zilgan holatda bo‘ladi. 36-38 haftada qo‘l-oyoq bo‘ginlarida buqilgan bo‘ladi, ammo qo‘li yozib ko‘rilganda omsongina cho‘zilish holatda qoladi. 40 haftalik bolani qo‘li yozib ko‘rilganda, shu on yana o‘z holatiga qaytadi.









Sog‘lom .bola tug‘ilganda qo‘li tirsakdan buqilgan, tizza, soni qoringa tortilgan holatda bo‘ladi. Agar chaqaloq qo‘l-oyog‘ini cho‘zgan holatda yotsa, mushak tonusi pasaygan (gipotoniya) hisoblanadi.

Mushak tonusi oshganda, (gipertoniya) qo‘l-oyoqlari tarang o‘zatilgan, barmoqdar musht holida yig‘ilgan, boshi orqaga tortilgan bo‘ladi.

Mushaklar tonusi haqida qo‘l va oyoqni passiv harakati vaqtida qarshilik ko‘rsatish darajasiga, mushak qonsistensiyasiga qarab hulosa chiqariladi. Normada simmetrik uchastkalardagi mushak tonusi bir xil bo‘lishi kerak. Chaqaloq bolalarda eguvchi muskullar gipertonusi mavjudligida "qaytish simptomi" tekshiriladi. Bunda orqasi bilan yotgan bola oyog‘i asta yozilib, to‘g‘rilangan holatda (5 sekund) ushlab turiladi va qo‘yib yuboriladi. Bunda bola oyog‘i darhol eski holatga qaytadi. Agar mushak tonusi biroz pasaygan bo‘lsa, eski xddatga qaytish to‘liq bo‘lmaydi. Erta yoshdaga bolalarda fiziologik gipertoniya yo‘qolgach, mushak tonusi haqidagi ma’lumotni bolaning ko‘krak sohasidan kuchoqlab uning oyog‘idan boshini pastga yo‘naltirilgan holda asta ko‘tarib bir necha sekund ushlab turib bilish mumkin. Bola mo‘shagining tonusi normada bo‘lsa, uning boshi, tanasi bilan bir xil tik tekislikda, ammo osilib qolmagan holda bo‘lib, qo‘li bir oz buqilgan, oyog‘i esa o‘zatilgan ko‘rinishda bo‘ladi.

Agar mushak tonusi pasaygan bo‘lsa bolani boshi va oyog‘i osilib turgandek, gipotoniyani juda og‘ir xilida esa qo‘li ham osilib turgandek bo‘lib qoladi. Mushak gipertoniyasida esa qo‘l oyoqlar buqilgan boshi orqaga kdrab tashlangan holatda bo‘ladi.

Ko‘krak yoshidagi bolalarda qo‘l muskullari tonusini aniqlashda, tekshiruvchi chalqancha yotgan bola bilagidan ushlab o‘ziga qarab tortib o‘tkazmoqchi bo‘linadi. Bunda bola oldin ko‘lini yozib (birinchi faza) keyin butun tanasi bilan huddi vrachga yordam bergandek, o‘zini ko‘tarmoqchi (ikkinchi faza) bo‘ladi. Mushak tonusi oshsa, birinchi faza kamaysa, ikkinchi faza yo‘qoladi. Bu yoshda muskul tonusini tekshirishda shuni yodda tutish lozimki, chala tug‘ilgan bolalarda umumiy mushak gipotoniyasi 1,5-2 oygacha saqlanib, ularda keyin paydo bo‘lgan bukuvchi muskullar gipertoniyasi 5-6 oygacha saqlanadi.

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mushak kuchi tahminan bolaning u yoki bu xoxlagan harakatida ko‘rsatgan qarshiligini sub’ektiv sezishga


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin