Bolalarga xos xarakter xislatlarini shakllanishida oila tarbiyasi muhim omil sifatida


Birinchidan,  ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar insonning ongiga bevosita ta’sir  qilib, unda chuqur iz qoldiradi.  Ikkknchidan



Yüklə 66,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü66,49 Kb.
#194513
1   2   3   4   5   6   7
bolalarga-xos-xarakter-xislatlarini-shakllanishida-oila-tarbiyasi-muhim-omil-sifatida

Birinchidan
ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar insonning ongiga bevosita ta’sir 
qilib, unda chuqur iz qoldiradi. 
Ikkknchidan
tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq 
bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra,


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
976 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
yoshlik chog‘laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta 
odamlarning barcha hatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu hatti-
harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada
ko‘cha-ko‘yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini 
zimdan kuzatib turadilar. 
To’g’ri, hozirgi globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayishi 
munosabati bilan oilaning etnopsixologik xususiyatlaridagi milliy barqarorlik susayib, 
zamonaviylashish tendentsiyasi yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bu fikrga V.V.Boyko 
ham qo’shilib, bolalarda xarakter shakllanishiga ta’sir etuvchi zamonaviy oilalarning 
o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ajratib ko’rsatadi: 
-Birinchidan, oilaning nuklearlashib borishi oqibatida yani oilada er-xotin va 
farzandlardan iboratlliligi zamonaviy kam farzandli nuklear oilalarning ko’p avlodli 
oilalardan farqli ravishda bola xarakterining shaklllanishida o’ziga xos ijtimoiy-
psixologik muhitni tashkil etadi. Bunday oilalarda ko’pincha shaxslararo 
munosabatlarning qisqa zanjiri ustunlik qiladi, oila a’zolarining o’zaro bir-biriga 
ta’sir etish vositalari chegaralangan, shuningdek, taqlid qilish uchun namuna va 
vaziyatlar ham kam shakllanganligi bilan farqlanadi. 
-Ikkinchidan, oiladagi o’ta bog’liq va bir xildagi munosabatlar oqibatida 
bolalarning ota-ona xulqi namunalarini mustahkam egallashlari ehtimolligini oshiradi. 
Ota-onalar xulq-atvoridan tanlab olish chegaralangan bo’lganligi sabab, bolalar
ijtimoiy-tipik xususiyatlarni egallashi, qaysiki, o’zida ham mikromuhit, ham 
individual xususiyatlarining aks etishi ehtimolidan holi emasdir. 
Keltirilgan turli ilmiy ma’lumotlardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, 
zamonaviy oilaning o’ziga xos xususiyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun 
insonparvarlik tajribasining cheklanganligi bilan ifodalanadi.
Bazi yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga 
nisbatan kommunikativ tolerantlik (bag’rikenglik) sifatlari yetarlicha o’z aksini 
topmaganligi,oila a’zolari o’rtasida yetarlicha ma’lumot almashinish chegaralangan, 
to’g’ri yo’lga qo’yilmagan, bori ham xozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan 
aloqa o’rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga 
munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina holatlar oqibati 
sifatida yuqori darajada bolalarning «personifikatsiyasi», ya’ni oila davrasida 
bolalarning o’z «men» ini ko’rsatishi hisoblanib, bu o’zining haqligini ta’kidlash, 
o’zini ota-onalarga qarama-qarshi qo’yish, ularga qarshi harakatlar qilish, ularning 
qadrini, obro’sini ni inkor etish, ular berayotgan maslahatlardan to’liq foydalanmaslik 
orqali namoyon bo’lmoqda.



Yüklə 66,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin