Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz. Harflarni ko‘ramiz va yozamiz.
• Barmoq bilan “A” harfi chetidan (konturidan) yurgizib chiqiladi, “A” harfi parta ustiga barmoq bilan yoziladi, bolalar uni alifbodan topishadi, tayoqchalar yordamida “A” harfi hosil qilinadi.
• Rasmlarni nomlash jarayonida talaffuz qilinayotgan so‘z oxiridagi “A” unlisini ajratish: piyola, maysa, kosa, somsa, deraza, ko‘za. Bunda “A” tovushi cho‘zib talaffuz qilinadi.
• “Tovush qayerda”. So‘zdagi tovush o‘rnini yaqqol tasavvur qilishga, shuningdek o‘rganilayotgan harfni eslab qolishga imkon beruvchi chizmalar bilan ishlash (chizmalar – kartonli tasmalar).
• “Do‘st bo‘lgan so‘zlarni top”. Bolalarga jaranglashi bo‘yicha so‘zlarni o‘zaro taqqoslashni o‘rgatish (so‘zlar turlicha va o‘xshash jaranglaydi).