Bolalarni diologik nutqqa o’rgatish reja: Leksiko-grammatik o‘yin



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə2/3
tarix30.06.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#62556
1   2   3
BOLALARNI DIOLOGIK NUTQQA O’RGATISH

Kuz 
(birinchi hafta)
Suhbat

Kuz oylari, kuz faslida tabiatda va atrof-muhitda yuz beruvchi o‘zgarishlar (kunlarning sal­qinlashuvi, o‘simliklar va daraxt barglari rangining o‘zgarishi, osmonda bulut paydo bo‘lishi, yomg‘ir yog‘ishi, qushlarning uchib ketishi, dala va bog‘larda insonlar mehnati).




Leksiko-grammatik o‘yin va mashqlar.
• Eslab ko‘r va javob ber. Logoped bolalarga rasm ko‘rsatadi va so‘raydi: – “Bugun biz sizlar bilan nima haqida gaplashdik?”
Bolalar: – “Biz kuz fasli (yomg‘ir, shamol, barglar, qushlar, o‘tlar, xazonrezgilik, kuzgi kiyimlar, sovuq kunlar, hosildorlik, bulut va sabzavotlar) haqida gaplashdik”.


• “Savollarga javob” o‘yini. Ush­bu o‘yindan maqsad nutqda turli zamonni ifodalovchi fe’llarni qo‘llash.

O‘yin yomg‘ir, o‘t, barglar va boshqa so‘zlar bilan ham takrorlanadi.
Gap tuz. So‘zlar ketma-ketligi (shakli) o‘z­gargan gap ustida ishlash.
Esyapti, kuzda, shamol, salqin.
Sarg‘aymoqda, barglar, daraxtlarda.
Yerda, o‘tlar, so‘limoqda.
Uchib ketadilar, janubga, qushlar.
Yomg‘ir, yog‘moqda, kuzda.



So‘zni top. Nutqda birlik va ko‘plikdagi fe’l­larni qo‘llash. Fe’llardagi ko‘plik qo‘shim­chasi ovoz bilan ajratiladi.
Gul so‘liydi, gullar esa …
Qush uchadi, qushlar esa …
Odam kiyinadi, odamlar esa …
Barg sarg‘ayadi, barglar esa …
Meva pishadi, mevalar esa …
Bog‘langan nutqni rivojlantirish.
• Yuqorida berilgan gaplardagi so‘zlardan foydalanib “Kuz” mavzusida bog‘langan hikoya tuzish.
Yoz tugadi va … boshlandi. Kunlar …, odamlar … kiyina boshladilar. Daraxtlar, o‘tlar …, … maydalab yog‘moqda. Qushlar … … uchib ketmoqdalar. Odamlar … yig‘ib olmoqdalar. Tez kunda … ham boshlanadi.
Bolalar hikoyani kattalar yordamisiz takrorlaydilar.



Jismoniy daqiqa – logoritmika.
• “Kuz” she’ri vazni (takti)ga mos bo‘lgan harakatlarni bajarish. O‘yin mashg‘ulot o‘rtasida takrorlanadi.
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
(qo‘llar belda, shahdam qadamlar bilan yurish)
Barg to‘kadi daraxtlar.
(qo‘llarni tepadan pastga tushirish)
Hosil yig‘ib olinar,
(terib, etakka solish harakati)
Bu kuz faslida bo‘lar.
(ikki qo‘lni oldinga cho‘­zish)

A” tovushining artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish.
• Logoped bolalarga atrof-olamdagi turli-tuman tovushlar haqida gapirib beradi, ularning ayrimlari (qo‘ng‘iroqcha, childirma, bolg‘acha, kalitlar, suv, shamol, qo‘ng‘iz, yo‘lbars va h.k.) qanday ovoz chiqarishini ko‘rsatadi.

• Logoped har bir so‘zda bir nechta tovushlar bo‘lishini bolalarga tushuntira borib, doskaga qo‘yilgan rasmlarni nomlaydi. Nomlash chog‘ida har bir tovushni cho‘zib talaffuz qiladi. Masalan: A-a-yiq.


Sahifalar 1 2 3
• “A” tovushi bilan tanishish (unli, cho‘zib aytish mumkin, og‘iz ochiq holatda bo‘ladi, ovoz bilan talaffuz qilamiz).
Bolalar logoped bilan birga rasmlarni nomlaydilar: a – a – avtobus, a – a – ananas, a – a – apelsin, A – A – Anora, A – A – Alisher, a – a – asalari va h.k. Ushbu so‘zlar “A” tovushi bilan boshlani­shini ta’kidlab o‘tadilar.
Keyin doskada so‘zlar chizmasi tuziladi. A _____ ________.

• “A bilan do‘stlashamiz” nomli sanoq koptok bilan aytiladi.
“A” bilan do‘stlashamiz.
A – A – A deb uni aytamiz.
Anora, Alisherni,
Akbar hamda Anvarni,
Safimizga olamiz.
• “A” harfi bilan tanishuv. Logoped bolalarga harflar biz talaffuz qilayotgan tovushlarning yozuvdagi ifodasi ekanligini gapirib beradi.
• “Tovush va harflar” qoidasini o‘rganish (qoidani aytish jarayonida bolalar ko‘rsatkich barmoqlari bilan og‘iz, quloq, ko‘z va havoni ko‘rsatadilar).




Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin