Bolalarni estetik rivojlanishidagi



Yüklə 257,99 Kb.
səhifə1/11
tarix05.12.2023
ölçüsü257,99 Kb.
#174062
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11



KURS ISHI
MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI
BOLALARNI ESTETIK RIVOJLANISHIDAGI O’ZIGA XOSLIKLARI

Tayyorladi: Qabul qildi:


1

MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI ESTETIK RIVOJLANISHIDAGI O’ZIGA XOSLIKLARI




Mundarija

Kirish


  1. BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA TARBIYALASHDA ESTETIK TARBIYANING AHAMIYATI
    1. Maktabgacha yoshda estetik tarbiya berish mazmuni


    2. Estetik madaniyatni shakllantirish

  1. BOB MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI ESTETIK RIVOJLANISHIDAGI O’ZIGA XOSLIKLARI


    1. Estetik rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar
    2. Maktabgacha yoshdagi katta yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash


Xulosa

Foydalangan adabiyotlar


K I R I SH


Kurs ishining maqsadi: Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish yo’llarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish yo’llari
Kurs ishining borishi: Talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan malumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan bugungi kunda talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi talim muassasalarida tashkil etiladigan talim (malumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ymoqda.
“O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida oladi. MTMda ta’lim-tarbiyani tarbiyachi-pedagoglar amalga oshiradi. Tarbiyachi- pedagoglar o‘z faoliyatlarida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish bilan birga ularning estetik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 372-son
«O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha Davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi: bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash; bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish; shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning boy madaniy- tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish; bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish; bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish; bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish; bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. Ta’lim muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi, shubhasiz, ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi va salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy xususiyatlarga ega. Shu asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida kechadigan pedagogik jarayonlardan jiddiy farq qiladi.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta’lim sifatini boshqarishning umumiy nazariy yo‘llarini maktabgacha ta’lim amaliyotiga mexanik ravishda ko‘chirish mumkin emas. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining o‘ziga
xosliklariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirilishi kerak.
E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan.
Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero,
Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «…bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa qolmoqda».1 Aytish joizki, ta’lim muassasalari oldida barkamol avlodni voyaga yetkazish
masala dolzarb masala hisoblanadi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad − yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhlaridagi bolalarning

Yüklə 257,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin