Xos jihatlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#183772
  1   2   3
texnologik-jarayonlar-boshqaruvining-oziga-xos-jihatlari



Ученый XXI века • 2022 • № 6 (87)
67 
TEXNOLOGIK JARAYONLAR BOSHQARUVINING O'ZIGA 
XOS JIHATLARI 
 
S.B. Yuldashev
1
 
Ushbu maqolada texnologik jarayonlar boshqaruvining o'ziga xos jihatlarini 
o'rganish va tahlil etishga doir fikr-mulohazalar keltirib o'tilgan. Mavzuga doir 
ma'lumotlar va tadqiqotlar o'rganilib, bir qator xulosalar natijalari keltirib o'tilgan.
 
 
Kalit so'zlar:
 
Texnologik jarayon, texnologiya, korxonalar, tizim, mexanizatsiyalash, 
avtomatlashtirish, xomashyo, mehnat xarajatlari, energetik resurslar, yarimtayyor 
mahsulotlar, iqtisodiy baholash, ekstrapolatsiyalash, masshtablash. 
Iqtisodiy korxonalar ichidagi innovatsion faoliyat tashkilotning asosiy 
rag'batlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Texnologik jarayonlarni boshqarish, nazorat 
qilish va avtomatlashtirish – uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning 
o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik boshqa sohalari bilan 
chambarchas bog‘langandir. Ishlab chiqarishni boshqarishning eng asosiy yo'li - 
avtomatlashtirishdir. Avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning 
bevosita sharti – asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash 
hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy 
va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda 
avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va energetik 
resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar 
faoliyatini tashkil etish va hokazo. 
Aytib o'tish joizki, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish 
faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini 
yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik 
mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq. Qolaversa, iqtisodiy omillar 
avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda 
avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari juda ko‘p. Hozirgi 
sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkon bo‘lmaydi. 
Chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga nisbatan kam miqdordagi 
odamlar bilan xizmat ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish 
omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va turli 
xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini 
oshirish, mehnat unumdorligini va chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirish, xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va 
sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash. 
Binobarin, loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida 
avtomatlashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik 
taraqqiyot tufayli,,yosh“ ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng eskiradi va yangilashni 
talab qiladi, shu jumladan, amaldagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va 
avtomatlashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan 
almashtirishni talab qiladi.
Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi avtomatlashtirish tizimlarini 
takomillashtirishda, shuningdek, texnologiya va jihozlarni yangilashda mustaqil 
iqtisodiy baholashlar bo‘lishi mumkin.Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va 
jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni 
mikroprotsessor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng 
avtomatlashtirish asosidagina samarali bo‘lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari 
texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda – 
avtomatlashtirish katta samara beradi.Yuqorida aytilganlardan, texnologik 
1

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin