Xos jihatlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#183772
1   2   3
texnologik-jarayonlar-boshqaruvining-oziga-xos-jihatlari

Yuldashev Sardorbek Baxtiyorjon o'g'li
– Andijon mashinasozlik instituti 
iqtisodiyotda axborot-texnologiyalari yo'nalishi 2 - bosqichi magistranti.


Ученый XXI века • 2022 • № 6 (87) 
68 
jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy jihatlari 
sanoat taraqqiyotini, mehnatkashlarning madaniyatini va turmush darajasini 
ko‘tarishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo'lishi kelib chiqadi. Biroq, sanoatni 
avtomatlashtirishda muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti — oliy ta'lim 
muassasalarida, loyiha institutlarida va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 
masalalarini yuqori ilmiy-texnik darajada hal qilishga qodir korxonalarda avtomatika 
bo‘yicha ko‘p sonli malakali kadrlar, mutaxassislar yetishtirishdan iborat. 
Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning 
asosiy maqsadi – mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashdir. Bu ishlarni 
jadallashtirishda taiim, fan va ishlab chiqarishning uzviy aloqada boiishi asosiy omildir. 
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali kadrlar kerak. Bunday kadrlar tubdan 
yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik yechimlarni hal etish, o'z ona tili — davlat 
texnologik jarayonlar haqida texnika tilida tushunarli gaplasha olish va yuksak 
saviyada yozishmalar olib bora olish qobiliyatiga ega boiishlari zarur. Xalq xo‘jaligini 
fan-texnika taraqqiyoti asosida jadallashtirish — bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muhim 
vazifalardan hisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bog'liqdir. 
Avtomatlashtirish borasida eng mas’uliyatli ishlar esa, shubhasiz, kadrlar zimmasiga 
tushadi. Bugungi kun kadrlari yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga, 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish 
zaxiralarini aniqlash va uni jadallashtirishga, o‘z ona tili — Davlat tilini yuksak texnika 
va texnologiya saviyasi darajasida bilishga qodir bo'lishlari kerak. Xususan, yosh 
kadrlar oldida fan-texnika taraqqiyotining y o i boshlovchisi boiishdek mas’uliyatli 
vazifa turadi. 
Yana bir jihat shundan iboratki, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan 
boshqarish tizimlarini sanoatga tatbiq etish ishlab chiqarish unumdorligini, texnologik 
uskunalar quvvati o‘zgarmagan holda mahsulot qiymatining ko‘payishini ko‘rsatadi: 
xomashyo, yarimfabrikatlar va energiya keragicha sarflangan holda tayyorlangan 
mahsulotning sifati yaxshilangan. Shunisi diqqatga sazovorki, bu tizimlarni yaratishga 
ketgan mablag‘lar, odatda bir, bir yarim yilda o‘zini qoplagan; mahsulotlarning sifati, 
iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanibgina qolmay, balki mehnatning xarakteri va 
sharoitiga ham ijobiy ta ’sir etgan. 
Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt masshtabida, 
ya’ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda boshqaruvchi 
hisoblash mashinasiga (BHM) axborotlar hajmi cheklangan massivlar shaklida emas, 
balki amalda cheksiz tasodifiy ketma-ketliklar shaklida beriladi. Axborotlarni qayta 
ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi. Ularning qiymati boshqarish vazifasi va 
obyektlarning dinamik xususiyatlariga bog‘liq. Bundan TJABTlarni algoritmik 
ta’minlashda qo‘shimcha talablar vujudga keladi: ular o‘zlarini iqtisodiy jihatdan 
oqlashlari lozim, ya’ni birinchidan, axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt bo‘yicha, 
ikkinchidan esa BHM ning xotirasidan foydalanish hajmi bo‘yicha, boshqacha qilib 
aytganda kelayotgan axborotni o‘z vaqtida,,ko‘rib chiqish“ kerak. Bu talablarga interativ 
siklik hisoblash (staxostik approksimatsiya yo‘li bilan hisoblash, rekursiv regressiya 
yo‘li va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi masalalarni hal qilishda 
foydalanish mumkin:
1) texnologik nazorat va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash vazifalarini 
o‘rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish; 
2) ko‘p o‘lchashli, raqamli boshqirishda;
3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda;
4) optimallash va koordinatlashda. 
Texnologik jarayonning borishi ustidan markazlashtirilgan nazorat qilish — 
boshqarish maqsadida yoki operatorga tayyorlash uchun axborotni BHM da maxsus 
hisoblash usullari orqali amalga oshiriladi. Axborotni markazlashtirilgan nazorat qilish 
mashinalari ham signallarni qayta ishlashi mumkin. Bu holda quyidagi amallar 
bajariladi: uzluksiz o'lchanayotgan signallarni diskret o‘zgartirish, kodlash, qayta 
kodlash, masshtablash, ekstrapolatsiyalash (interpolatsiyalash), to‘g‘ri chiziqqa 
keltirish, filtrlash.Uzluksiz signallarni darajasi bo‘yicha kvantlash V.A. Kotelnikov 
teoremasiga asoslangan bo‘lib, u o'lchanayotgan qiymatni o‘zgartkich kodining kichik 
xonasi birligiga teng boigan kvantlash qadamiga karrali bo'lgan qiymat bilan 


Ученый XXI века • 2022 • № 6 (87)
69 
almashtirishdan iborat. Datchiklarning sezgir elementlari, odatda, chiziqli boim agan 
statik tavsiflariga ega. Bu teskari funksional o‘zgartirish to‘g‘ri chiziqqa keltirish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Uzluksiz signallarni diskret o'lchashda analog signalli 
so‘roqlash chastotasini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. So‘roqlash chastotasi 
kamayib ketsa, axborotning yo'qolishiga, o'chov chastotasi haddan tashqari oshib ketsa, 
sxemaning murakkablashishi va mashina vaqtining isrof bo'lishiga olib keladi. Agar 
o'lchanayotgan qiymatning kattaligi kerak bo'lsa va u analog signalining so‘rash paytiga 
mos tushmasa, ekstrapolatsiya (yoki interpolatsiya) usullari ishlatiladi. Bizni 
qiziqtirayotgan o'lchanayotgan sonning qiymatini so‘roqlashlar natijalari asosida olish 
kerak boisa, unda ekstrapolatsiya usuli qo'llaniladi. Agar oxirgi analog signalining 
so‘roqdan oldingi oichanayotgan qiymati zarur boisa, interpolatsiya usulidan 
foydalaniladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin