Inklyuziv ta’lim - ta’lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. Bu ho1 pedagog tomonidan ta’lim jarayonini tashkil etishda har bir bolaning fiziologik va ruhiy rivojlanishi, ayniqsa, o‘ziga xos bolalarninig individual xususiyatlarini e’tiborga olishni anglatadi.. Shu munosabat bilan aynan pedagog har bir bolaning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish huquqini ta’minlashi lozim degan g‘oya ilgari surilib, bu quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishilgan yutuqlari bilan belgilanmaydi;
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning o‘kishini, ularning rivojlanishi va maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida faol ishtirokni qo‘llab-quvvatlash borasida qimmatli uslubiy tajriba to‘plash;
Maktabgacha ta’lim muassasasi va qisqa guruhlarda bolaning talab-ehtiyojlarga uzluksiz moslashuvini ta’minlash.
Pedagogik diagnostikani tashkil etish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilimini baholash va tahlil qilish maqsadida Maktabgacha ta'1iın vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan pedagogik diagnostika amalga oshiriladi.

“Diagnostika” yunoncha so‘z bo‘lib, “bilish”, “aniqlash” ma’nosini anglatadi.
Pedagogik diagnostika - bu bolaning individual xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradigan mexanizm. Diagnostika pedagogga o‘z faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirayotganini tushunish imkonini beradi.
Tanlab olingan mezonlar asosida bolalar bilimini baholashda kamchliklarning oldini olishga xizmat qiladi,
Diagnostika maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, o‘quv yilining o‘rtasida va oxirida amalga oshiriladi. Tarbiyachi-pedagoglar dasturning barcha bo‘lim va yo‘nalishlarida olib borilgan ishlarni muvaffaqiyatli bajarilishini baholaydi.