Bolalarni o‘yin texnologiyalari asosida kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirishda rivojlantiruvchi o‘yinlar



Yüklə 190,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.10.2022
ölçüsü190,25 Kb.
#65717
  1   2
bolalarni o yin texnologiyalari asosida kasb hunarga qiziqishlarini



Bolalarni o‘yin texnologiyalari asosida kasb-hunarga 
qiziqishlarini shakllantirishda rivojlantiruvchi o‘yinlar 
 
Faxriddin Uralovich Toshpo’latov 
Ra’no Barat qizi Turopova 
Termiz davlat universiteti 
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yoshidagi 
bolalarning o’yin texnologiyalari asosida kasb-hunarga o’rgatishning muhim tomonlari 
ko’rsatib o’tilgan. 
Kalit so’zlar: o’yin, kasb-hunar, oila, texnologiya, faoliyat, ta’lim-tarbiya, 
pedagog-tarbiyachi, kompyuter, tafakkur, ijodiy qobiliyat, multimediya. 
Games that develop children's interest in the profession based 
on game technology 
Faxriddin Uralovich Toshpulatov 
Ra`no Barat qizi Turapova 
Termiz State University 
Abstract: This article highlights important aspects of vocational training for 
preschool and primary school age children based on play technologies. 
Keywords: play, profession, family, technology, activity, education, pedagogue, 
computer, thinking, creative ability, multimedia. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevni ta’lim sohasini tubdan 
isloh qilish, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi masalasiga jiddiy e’tibor bilan qarash 
zarurligini davlat siyosati darajasigacha olib chiqqanliklari va bu borada “Maktab bu - 
hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi, uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal 
qilolmaydi, bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak”, deya ta’kidlaganlari 
yoshlar tarbiyasida pedagoglarning faoliyatini nechog‘liq muhimligi va bunda alohida 
ma’suliyat bilan faoliyatga yondashish zarurligini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy faoliyati o‘yin bilan bog‘liq.
O‘yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim 
vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi 
faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur 
olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat 
arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelgan. O‘ynayotgan bolaning psixikasidagi 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
487


progressiv o‘zgarishlardan biri - real dunyoni uning o‘yinli ekvivalenti bilan o‘rin 
almashtirilishi funksiyasi shakllanishi bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘yinda o‘rin 
almashtirish bilan o‘yinli harakatning ham, tasavvur qilinayotgan vaziyatning ham 
paydo bo‘lishiga bog‘liqdir. Buning ustiga, tadqiqotchilar ta’kidlab o‘tganlaridek, 
faqat o‘rin almashtirish o‘yin syujetining bayon qilishdan real jarayonga aylantirilishi 
sababi bo‘lib hisoblanadi. psixologlar ko‘rsatib o‘tadilarki, o‘yinda o‘rin almashtirish 
predmet va u bilan harakatlar orasidagi munosabatlarning erkinligi bilan 
bog‘langandir. 
O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va 
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga 
aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv 
metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini taminlaydi. 
Davlatimiz rahbari eng avvalo, salohiyatli yangi avlod kadrlarini tayyorlash zarurligi, 
buning uchun yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar tashkil 
etilishini mazkur sohadagi innovatsiyalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik va axborot 
texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga 
kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda bolalarni 
maktabgacha ta’limda o‘yin texnologiyalar asosida kasb-hunarga qiziqishlarini 
oshirish hozirgi kunda yaxshi natija berayotgan texnologiyalardan biri hisoblanadi. 
Tarbiyachi bu jarayonda bolaning shakllanishi, rivojlanishi, bilim olishi va 
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. 
O‘yinli texnologiyalar ta’lim jarayonida sifat-samaradorligini oshiradi
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi. Bolalarda mavzuni 
o‘rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkamlash, o‘zlashtirish, 
ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma, malakalarini shakllantiradi. 
O‘zbekistonda birinchi marta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun multimedia 
dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur “Rang va shakllarni o‘rganamiz” deb nomlanib, 
“O‘zbegim dasturlari” yaratilgan bo‘lib, bolalarning ranglar va shakllarni ajrata olish 
ko‘nikmalarini oshirish hamda qiziqarli o‘yinlar va misollar orqali mantiqiy tafakkurga 
o‘rgatishga qaratilgan. Bolalar dastur yordamida qizil, sariq, oq, jigarrang, ko‘k, yashil 
kabi ranglarni oson ajrata boshlaydilar, doira, uchburchak, to‘rtburchak kabi sodda 
shakllarni, shuningdek, narsa-buyumlarni ma’lum bir belgilariga qarab tasniflashni 
o‘rganadilar. Kiritilgan turli rasmlar va qisqa multfilmlar orqali bolalarning o‘simlik 
va hayvonot dunyosi bilan yanada yaqindan tanishuvlari ta’minlanadi. O‘quv 
jarayonidagi rag‘batlantirish yordamida esa bolalarni bilim olishga qiziqtirib boriladi. 
Dastur maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuterda ishlash normalariga 
asoslangan bo‘lib, bolalar dastur bilan mustaqil ishlay oladilar. “Rang va shakllarni 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
488


o‘rganamiz” nomli ushbu multimedia dasturi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 
mo‘ljallangan dasturlar tizimining dastlabki namunasidir. Hozirgi kunda “O‘zbegim 
dasturlari” elektron nashrlar tahririyati tomonidan shu turkumdagi yana yangi dasturlar 
tayyorlanmoqda. Ular bolalarda mantiqiy tafakkurni shakllantirish, sanoq va 
matematik amallarni tez va oson bajarish ko‘nikmalarini hosil qilish ingliz, rus 
alifbolarini o‘rgatish va boshqa shu kabilar yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan. 
Bugungi kunda kompyuter deyarli har bir oilada bor, shu bois u hatto 
kichkintoylarda ham qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Axir ularga biroz vaqtingizni nima 
uchundir monitorga qaragan holda o‘tkazishingiz juda qiziq-da. Sirli narsalar esa 
odamlarni har doim o‘ziga tortib kelgan. Agar sizga Internet va uning imkoniyatlari, 
filmlar va kliplar tomosha qilish qiziqarli bo‘lsa, yoki ishingiz ba’zi bir dasturlar bilan 
bog‘liq bo‘lsa, unda farzandingizga ushbu mashinaning mavjudlik fakti, undan 
kelayotgan tovushlar va monitordagi rasmlar qiziqarli bo‘ladi. Bolalarni tilga 
qiziqtirish biroz qiyinchilik tug‘diradi, sababi ularga tillar boshida yoqmaydi, chunki 
ular tushunarsiz-da, ammo vaqt o‘tgan sayin, turli qiziqarli o‘yinlar yordamida ularni 
qiziqtirib qo‘yishi mumkin. Mazkur o‘yinlar turli murakkablik darajasida bo‘lib, bu 
bolalarning turli yosh davrlariga mo‘ljallangan, ya’ni alfavit va oddiy so‘zlardan iborat 
o‘yinlar, bu o‘yinlar mashg‘ulotlarni endigina boshlaganlar uchun mo‘ljallangan, 
shuningdek, yuqoriroq darajaga erishgan bolalar uchun animatsiyali rasmlar, qiziqarli 
viktorinalar shaklidagi o‘yinlar ham mavjud. Ertak, topishmoq va hikoyalarning audio 
formatini ham topish mumkin. Har bir o‘yinlar qiziqarli uslublarda, biror bir mavzuni 
qamragan, ular ertak yoki kitob qahramonidan foydalangan holda ishlangan. Til 
talaffuzini esa karaoke yordamida dars jarayonida yeki darsdan so‘ng individul yeki 
gurh tartida tekshirish imkoniyati bo‘ladi. 
Kichkintoyning yoshi sal ulg‘ayishi bilan otasi yoki onasining tizzasida o‘tirib, 
shunchaki kuzatish unga kamlik qilib qoladi. Endi u jarayonda qatnashishni, uni ushlab 
ko‘rishni, o‘ylashni istaydi. Bunday holatda bolani oz-ozdan kompyuterga o‘rgatish 
kerak. Ammo esingizda bo‘lsin, bu kuniga 15-20 daqiqadan oshmasligi lozim. 
Kompyuter o‘sha televizordan ko‘p zarar yetkazmasligi anchadan buyon hamma 
ma’lum. Ammo bolani shunchaki kresloga o‘tqazib qo‘yib, kompyuterni butunlay 
ixtiyoriga topshirish ham unchalik to‘g‘ri emas. Birinchidan, bu nafaqat kompyuter 
uchun salbiy oqibatlarni keltirishi mumkin, ikkinchidan, bolani biror ish bilan
masalan, qiziqarli o‘yin bilan band qilgan ma’qul. 
Birinchi tanishuv. Farzandingiz 2 yoshda. Yoshi kichkinaday ko‘rinadi, ammo 
boshqa tomondan, aynan hozir uni yangi va g‘aroyib narsalar o‘ziga tortadi, shu bois 
kompyuterga ham qiziqishi tabiiy. Tanishuvni sichqonchadan boshlaymiz. Uni qo‘lda 
qanday to‘g‘ri ushlash kerakligini, agar chap-o‘ng tugmachalari bosilsa, nimalar yuz 
berishini, monitordagi kursor qanday harakatlanishini ko‘rsatish lozim. Farzandingiz 
qaysi tugmacha biror faylni ochib- yopishini, qay biri esa funksiyalarni ko‘rsatishini 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
489


eslab qolishi kerak. Internet tarmog‘ida bir qiziqarli o‘yin bor, u kompyuter bilan ilk 
tanishuv uchun maxsus ishlab chiqilgan. Nomi “Kapalaklar va baliqchalar”. O‘yinning 
mohiyati quyidagicha: agar bola istalgan tugmachani bossa, qora ekranda gullar, 
kapalaklar yoki baliqchalar paydo bo‘ladi. Bu juda qiziqarli, ammo tez orada jonga 
tegadi, shu bois turli mavzu va turli murakkablikdagi bir nechta o‘yinlarni tanlab 
olganingiz ma’qul. Bu sichqonchani boshqarish ko‘nikmalarini va ekrandagi 
o‘zgarishlarga qarab qo‘llar harakatini rivojlantiradi. Bunday o‘yinlardan so‘ng 
farzandingiz albatta yangiroq va murakkabroq o‘yinni istab qolishi shubhasiz, shunda 
do‘konlar peshtaxtasidan turli-tuman o‘rgatuvchi o‘yinlarni, chet tillari va tabiiy fanlar 
bo‘yicha qo‘llanmalarni, mantiq va fikrlashni hamda ijodiy qobiliyatni 
rivojlantiradigan o‘yinlarni izlashingiz mumkin. 
O‘rgatuvchi o‘yinlar. Ular shakllar va ranglarni, figuralar, harflar va raqamlarni 
eslab qolishga yordam beradi. Bu o‘qish va sanashni o‘rganishga ham yaxshi zamin 
yaratadi. O‘yinlar nafaqat matematik qobiliyatni, balki gumanitar sohalar bo‘yicha 
ham rivojlantiradi. Bu 3-8 yoshdagi bolalar uchun juda foydali. 
Chet tillarini rivojlantiradigan o'yinlar. Tillar kichkintoylarga asosan boshida 
yoqmaydi, chunki ular tushanarsiz-da, ammo o‘yinlar ularni qiziqtirib qo‘yishi 
mumkin. Ularning turli darajalari mavjud: endigina boshlaganlardan (alfavit va oddiy 
so‘zlar) tortib, to yuqoriroq darajagacha (animatsiyali rasmlar, qiziqarli viktorinalar). 
Ko‘pgina ertak va hikoyalarni hatto audio-formatda ham tinglash mumkin. O‘yinlar 
qiziqarli uslublarda, biror bir ertak yoki kitob qahramonidan foydalangan holda 
ishlangan. Talaffuzni karaoke yordamida tekshirish mumkin.
Ko‘plab mualliflar shu narsani ko‘rsatib o‘tadilarki, o‘yinli texnologiyalarning 
rivojlanishi bolada ijodiy xususiyatdagi qobiliyatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, bu qobiliyatlar o‘yin davomida rivojlanib boradi. Maktabgacha yoshdagi 
bolaning o‘yindagi ijodkor g‘oyasini keltirib chiqarishga, uni amalga oshirishga, o‘z 
bilimlarini va tasavvurlarini kombinatsiyalashtirishga, o‘z fikrlari va hissiyotlarini chin 
dildan qobiliyatlarida ifodalashga, qiyofani yaratishga, uni rol o‘ynash jarayonida 
o‘ylab chiqarishga va uni yuzaga chiqarishga qobilligida va boshqa shu kabilarda 
ifodalanadi. 

Yüklə 190,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin