Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan


Dikir-dikir o‘yinchoqlarni yasash



Yüklə 182,54 Kb.
səhifə5/96
tarix27.07.2023
ölçüsü182,54 Kb.
#137673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
saxnalastrıw ozbekshe

Dikir-dikir o‘yinchoqlarni yasash.
Dikir-dikir o‘yinchoqlarni yasash uchun kichik kartonga odam va hayvonlar tasvirini chizish kerak, ularning oyoqlari esa chizilmaydi. Chizilgan tasvirni qirqib olamiz. Shakllarni kaftimizning orqa tomoniga rezina bilan mustahkamlab, ko‘rsatgich yoki o‘rta barmoqqa atir shisha qopqog‘ini kiyib, rezina bilan mustahkamlab, stolda shakllarni harakatlantiramiz. Ularni choptirish, o‘yinga tushirish mumkin. Katta, tayyorlov guruh bolalari bunday o‘yinchoqlarni mustaqil yasay olishadi.

Qo‘lqop qo‘g‘irchoqlar (barmoqsiz qo‘lqop).
Eski qo‘lqopcha, qo‘lqop qo‘g‘irchoqlarni yasash uchun ashyo bo‘la oladi. Bunday o‘yinchoqlarni ham bolalarning o‘zlari yasashlari mumkin. Qo‘lqop qo‘g‘irchoqning bosh qismi, katta barmoq esa, burun bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lqopni to‘liq hayvonga aylantirib olish ham mumkin, bunda katta barmoq dum vazifasini o‘taydi. Qo‘lqop qo‘g‘irchoq tanasi bo‘lishi, unga bosh va boshqa detallarni biriktirish ham mumkin. Qo‘lqop topilmasa‚ unda to‘qilgan buyum yoki matodan foydalaniladi. Bolalar bunday qahramonlarni o‘zlari yasay oladilar‚ ayniqsa ikki qo‘lqopdan yasalgan o‘yinchoq: kuchukcha, mushukcha, quyoncha, bo‘ri, tulkichalarni tayyorlash qiyin emas. Qo‘lqopning ko‘rsatgich va katta barmog‘i dum bo‘ladi, uning ortiqcha qismlari tikib tashlanadi. Qahramonlarning ayrim detallarini jihozlashda tugmachalar, dur donachalarini ishlatish mumkin. Bunday o‘yinchoqlardan bolalar sahnalashtirish faoliyatida foydalanadilar.


Pahmoq qo‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish.
Pahmoq qo‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirishning o‘ziga xos tomoni shundaki‚ kichkintoylar‚ ertak qahramonlarining aynan o‘zini ko‘radilar. Personajlar pahmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun balandligi 40 uzunligi 60 sm li qalin karton yoki faner ustiga pahmoq gazlamasi yopishtiriladi. Personajlar ekranda mana shu pahmoq orqali yopishtiriladi. Bolalar uchun mo‘ljallangan pahmoq qo‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish ertak ishtirokchilari, personajlar, dekoratsiyalar, ertak matni, boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolardan iborat bo‘ladi.
Pahmoq qo‘g‘irchoqlari yordamida ertaklarni sahnalashtirish uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi: personajlar karton qog‘ozdan qirqib olinadi va rangli bo‘yoqda, guashda bo‘yaladi. Tayyor bo‘lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib qo‘yiladi.

Yüklə 182,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin