lotin tilidan olingan bo’lib, rang (buyoq) ma’nosini anglatadi. Kolorit asosan rangtasvirda qisman grafikada real borliq va voqelikni ifodali tasvirlashda ranglarni o’zaro uyg’un va mutanosibligida nixoyatda ahamiyatlidir. Kolorit ranglar mutanosibligiga ko’ra iliq yoki sovuq, yorqin yoki to’q, muloyim yoki jiddiy bo’lishi mumkin. Koloritda u yoki bu ranglar guruxi yoki yagona bir rang yetakchilik qiladi.
Konstruktivizm
lotin tilidan olingan bo’lib, qurish (yasash) ma’nosini anglatadi va u XX asrning birinchi choragida san’at va adabiyotda vujudga kelgan. Bu oqim XX asr oxirlarida paydo bo’lgan mum (vosk) xaykallarni paydo bo’lishligiga ham olib keldi. Konstruktivizm oxir oqibat dizayn san’atini keltirib chiqardi.
Kulrang
rang nomi, yoqilgan o’tindan qolgan kulning rangiga yaqin bo’lgan rang nomi.
Kumushrang
rang nomi, kumish rangiga yaqin bo’lgan rang.
Lolaro’y
rang nomi, lola gulining rangiga o’xshash rang.
Lojuvard
rang nomi, eng to’q zangori rang.
Manzara
- tasviriy san’atning janrlaridan biri. Unda tabiat, shuningdek shahar ko’rinshlari tasvirlanadi.