odam, xayvon, manzara va boshqa narsalarning ufq chizig’idan ancha yuqori yoki pastdan turib ishlangan tasviri. Bunda tasvirlanadigan narsalar keskin qisqarib ko’rinadilar.
Rassom–
rangtasvir va grafika turida ijod qiluvchi mutaxassis.
Rang to’yimliligi
bo’yoqlarni yorqinligini bildiradi. +orishmada kul rang qanchaliku kam bo’lsa, u shunchalik to’yimli va yorqin, aksincha ko’p bo’lsa shunchalik to’yinmagan bo’ladi.
Ranglar spektri
spektr so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, tasavvur ma’nosini anglatadi. Spektrni boshqa turlari kabi optik turi ham bor. Optik spektrda oddiy quyosh nurini linzadan o’tkazilganda oyna uni turli qizil, sariq, zangori, yashil v.b. ranglarga ajratib beradi. Bu xodisani ranglar spektri deb ataladi. Ranglar spektrini tabiatda yomg’idan so’nggi osmonda paydo bo’ladigan ranglar kamalagida ham ko’rish mumkin.