I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Dasturda ijodiy faoliyatga o’rgatish metodikasi kursining maqsad va vazifalari,
ijodiy tarbiya haqida tushuncha, ijodiy tarbiyaning nazariy asoslari, MTMsida
bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari, bolalarga
o’rgatiladigan ijodiy ishning mazmuni, ijodiy tarbiyani amalga oshirish vosita va
shakllari, ijodiy faoliyatni o’yin jarayonida tashkil etish, ijodiy malakalarini
shakllantiruvchi omillar, ish jarayonini loyihalash, innovatsion texnologiya
usullaridan foydalanish, ijodiy natijalarini namoyish etish va baholash, bolalarni
ijodiy faoliyatga o’rgatuvchi ish turlari, o’z-o’ziga xizmat, maishiy xo’jalik ishlari,
tabiatda ishlash, qo’l ijodiyoti, o’quv ijodiyoti kabi masalalarni qamrab olgan.
Dasturda ijodiy faoliyatga o’rgatuvchi shart-sharoitlar, bolalarni ijodiy faoliyatga
o’rgatish usullari: jamoa bo’lib bajaradigan ijodiy, mustaqil ijodiy, yakka tartibdagi
ijodiy, qiz va o’g’il bolalar ijodiyotidagi umumiylik va xususiylik, ijodiy faoliyat
uchun zarur bo’lgan predmetlar turlariga oid masalalar yoritilib berilgan.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda maktabgacha ta`lim muassasalarida
bolalarning ijodiy faoliyatlariga rahbarlik qilishning metod va usullarini
o’rganishga doir bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarda qo’l mehnati malaka va ko’nikmalarni tarbiyalash
hamda MTMda pedagogik talabni hisobga olish, buyumlarni yasash jarayonida
oddiy asboblardan foydalanishga o’rgatish iborat.«Ijodiy faoliyatga o’rgatish metodikasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- talaba bu fanni egallashda qog’oz uning turlarini ajrata olish, qog’ozdan turli
o’yinchoqlar yasay olish, qog’ozdan turli qirqish usuli asosida tasvir qirqa olish,
mato turlarini ajrata olish, undan o’yinchoqlar tikish, to’qish (gilam, shapkacha,
sharf, paypoqcha) guldasta yasash malakasini bilishi kerak;
- qog’oz va uning paydo bo’lish tarixi, qog’ozni qayta ishlash, bo’yash, ta`mirlash
va undan har-xil buyumlar yasash texnologiyalari, qog’ozdan estaliklar yasash,
bayramlar uchun ijodiy ishlar tayyorlash, xbilish kabi arakatli o’yinchoqlar
tayyorlash yo’l yo’riqlari ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- oilada va maktabgacha ta`lim muassasasida bolalardagi ijodiy qobiliyatlarni
shakllanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.