- rang nomi, yashil yaltiroq tosh rangiga yaqin rang.
Illyustratsiya
lotincha ko’rgazmali tasvirlash, yoritish ma’nosini anglatadi. Ular oq
Iliq ranglar
kishilarda iliqlik (issiqlik) xislarini uyg’otuvchi ranglar. Ular qizil, sariq, zarg’aldoq, malla, novvoti, qirmizi, pushti, shingab, sabza, sadaf, lolaro’y, gulgun, noranvash, somoniy, barikaram kabi ranglardir.
Interьer
tasviriy san’at va me’morchilik, amaliy san’atda binoning ichki qismi ko’rinishini bildiradi.
Karikatura
italiyancha so’z bo’lib, bo’rtirib tasvirlash ma’nosini anglatadi. Bunday xajviy rasmlarda ijtimoiy, siyosiy, maishiy mavzudagi mazmunlar aks etadi. Karikatura mavzusidagi rasmlarda ayrim voqea va shaxslar tanqid qilinadi, kishilar ustidan kulinadi. Ayrim xollarda unda ba’zi kishilar do’stona
Kontrast
frantsuzcha keskin ziddiyat ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda och va to’q, oq va qora, iliq va sovuq ranglarni yonma
Kompozitsiya
badiiy asarlarda (adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, amaliy san’at v.b.) qo’llaniladigan atama bo’lib, u tuzish, qurish ma’nosini anglatadi. Badiiy obrazlar va vositalarning asarda o’z o’rnida shakl, rang, mazmun jihatdan qurilishi uning kompozitsiyasini anglatadi va u badiiy obrazlarni ifodaliligini oshirishga xizmat qiladi.
Kolorit (gamma)
lotin tilidan olingan bo’lib, rang (buyoq) ma’nosini anglatadi. Kolorit asosan rangtasvirda qisman grafikada real borliq va voqelikni ifodali tasvirlashda ranglarni o’zaro uyg’un va mutanosibligida nixoyatda ahamiyatlidir. Kolorit ranglar mutanosibligiga ko’ra iliq yoki sovuq, yorqin yoki to’q, muloyim yoki jiddiy bo’lishi mumkin. Koloritda u yoki bu ranglar guruxi yoki yagona bir rang yetakchilik qiladi.
Konstruktivizm
lotin tilidan olingan bo’lib, qurish (yasash) ma’nosini anglatadi va u XX asrning birinchi choragida san’at va adabiyotda vujudga kelgan. Bu oqim XX asr oxirlarida paydo bo’lgan mum (vosk) xaykallarni paydo bo’lishligiga ham olib keldi. Konstruktivizm oxir oqibat dizayn san’atini keltirib chiqardi.
Kulrang
rang nomi, yoqilgan o’tindan qolgan kulning rangiga yaqin bo’lgan rang nomi.