Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan O‘quv – uslubiy majmua


Yapaloq (tekis) qo‘g‘irchoqlar yasash.  Kerakli jihozlar



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə18/90
tarix01.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#82261
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida

1. Yapaloq (tekis) qo‘g‘irchoqlar yasash. 
Kerakli jihozlar:
yupqa va qalin karton qog‘ozlar, qalam, qaychi, yelim, rangli qog‘ozlar (rangli qalam yoki rangli bo‘yoqlar bo‘lishi ham mumkin). 

1-bosqich. Tasvir chizish.
Turli xil ko‘rinishdagi tasvirlar (hayvonlar, odamlar va hokazo)yupqa karton qog‘oziga chiziladi.


2- bosqich. Nusha ko‘chirish. 
Chizilgan tasvir qaychida qiyib olinib, qalin karton qog‘oz ustiga qo‘yib, atroflari qalam bilan chizib olinadi. Xuddi shu harakat ikkinchi nusha uchun ham takrorlanadi. So‘ngra har ikkala nusha qaychi bilan qirqib olinadi.

3-bosqich. Yelimlash. 
Tayyor qirqib olingan tasvirlar bir-biriga yelim orqali yopishtiriladi. Ushbu jarayonda ikkala nushaning bir-biriga tis va atroflari teng ustma-ust tushishiga e’tibor qaratish zarur.

4-bosqich. Pardozlash.
Tayyorlangan qo‘g‘irchoqqa pardoz berish jarayonida rangli qalamlardan yoki rangli qog‘oz va turli bo‘yoqlardan foydalanish mumkin. Ushbu jarayonda estetik did muhim o‘rin tutadi. Bezakni tanlash qo‘g‘irchoqning xarakter xususiyatlaridan kelib chiqadi.
5-bosqich. O‘rnatish. 
Yapaloq (tekis) qo‘g‘irchoq yasash jarayonida ushbu bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, bunday qo‘g‘irchoqlarga tik turgan holatda baho beriladi. O‘rnatishda qo‘g‘irchoqning pastki qismidagi qoq yopishgan yeridan qisman ochib, ostiga muvozanat saqlashi uchun muayyan o‘lchovda yanada qalinroq karton qog‘ozi yopishtirish mumkin. Yoki bo‘lmasa, plastilindan ham foydalanish mumkin. 

2. Magnitli teatr. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari sharoitida ushbu teatrni keng qo‘llash mumkin. Buning uchun xoh tayyor kichik qo‘g‘irchoqlar bo‘lsin, xoh bolalar tomonidan yasalgan qo‘lqopli, qog‘ozli, tekis (yapaloq), porolonli qo‘g‘irchoqlar bo‘lsin ularning ostiga magnit kesimi o‘rnatiladi. So‘ngra moslashtirilgan stol ustida metall (magnit tortadigan) o‘rnatiladi. Ko‘rinmaslik uchun ustiga mato tortiladi. Ushbu teatrda asosan qarama-qarshi 2-3 ta bolaga mo‘ljallangan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Qo‘g‘irchoqlar bir-biriga qarab harakatlanishi, bir-biridan qochishi (quvlashi) mumkin. Magnit teatri uchun qo‘g‘irchoqlar yasalganda, albatta, ularning pishiqroq, chidamliroq bo‘lishiga ahamiyat berish maqsadga muvofiq. 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin