Kumushrang
|
rang nomi, kumish rangiga yaqin bo’lgan rang.
|
Lolaro’y
|
rang nomi, lola gulining rangiga o’xshash rang.
|
Lojuvard
|
rang nomi, eng to’q zangori rang.
|
Manzara
|
- tasviriy san’atning janrlaridan biri. Unda tabiat, shuningdek shahar ko’rinshlari tasvirlanadi.
|
Maishiy (turmush) janr –
|
deb kishilarning kundalik hayoti, turmushi, mehnatini aks etdiruvchi tasviriy san’at janriga aytiladi
|
Manera
|
– tasviriy san’atda rassom yoki xaykaltaroshning ish uslubi.
|
Mahobatli rangtasvir
|
– tasvirlanuvchilarning xaqiqiy o’lchovidan katta qilib ishlangan suvrat. Ular ko’proq devoriy rangtasvirda ko’p qo’llanadi.
|
Mallarang
|
- rang nomi, limon mevasining rangiga o’xshash rang.
|
Mahobatli haykal
|
– tasvirlanuvchi odam yoki xayvonlarni o’z o’lchovlaridan katta qilib ishlangan xaykali.
|
Moybo’yoq
|
- rangtasvirda ishlatiladigan asosiy material (buyoq) bo’lib, u maxsus qorishma moy yordamida eritib ishlatiladi.
|
Modernizm
|
– “Modern” so’zi eng zo’r zamonaviy degan ma’nosini anglatadi va u XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmi oralig’ida Yevropa hamda AКSH san’ati va adabiyotida hakllangan. U akademizm, klassitsizm, realizmni inkor etuvchi oqim. Bu oqim vakillari mumtoz san’atning badiiy an’analaridan voz kechish, asarlarda rassomlar o’zlarining shaxsiy kechinma va taasurotlarini ustun qo’yish lozimligini asoslashga harakat qildilar. Ularning ijodida real obrazlar shaklini o’zgartirish, xattoki yo’qotish, ularni o’rnini turli shakl va ranglar bilan almashtirishdek ko’rinishlar o’z aksini topgan.
|
|