Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan O‘quv – uslubiy majmua


Kirish I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə75/90
tarix01.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#82261
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida

Kirish

I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni


Dasturda ijodiy faoliyatga o’rgatish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, ijodiy tarbiya haqida tushuncha, ijodiy tarbiyaning nazariy asoslari, MTMsida bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari, bolalarga o’rgatiladigan ijodiy ishning mazmuni, ijodiy tarbiyani amalga oshirish vosita va shakllari, ijodiy faoliyatni o’yin jarayonida tashkil etish, ijodiy malakalarini shakllantiruvchi omillar, ish jarayonini loyihalash, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, ijodiy natijalarini namoyish etish va baholash, bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatuvchi ish turlari, o’z-o’ziga xizmat, maishiy xo’jalik ishlari, tabiatda ishlash, qo’l ijodiyoti, o’quv ijodiyoti kabi masalalarni qamrab olgan.


Dasturda ijodiy faoliyatga o’rgatuvchi shart-sharoitlar, bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatish usullari: jamoa bo’lib bajaradigan ijodiy, mustaqil ijodiy, yakka tartibdagi ijodiy, qiz va o’g’il bolalar ijodiyotidagi umumiylik va xususiylik, ijodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan predmetlar turlariga oid masalalar yoritilib berilgan.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning ijodiy faoliyatlariga rahbarlik qilishning metod va usullarini o’rganishga doir bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarda qo’l mehnati malaka va ko’nikmalarni tarbiyalash hamda MTMda pedagogik talabni hisobga olish, buyumlarni yasash jarayonida oddiy asboblardan foydalanishga o’rgatish iborat.
«Ijodiy faoliyatga o’rgatish metodikasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- talaba bu fanni egallashda qog’oz uning turlarini ajrata olish, qog’ozdan turli o’yinchoqlar yasay olish, qog’ozdan turli qirqish usuli asosida tasvir qirqa olish, mato turlarini ajrata olish, undan o’yinchoqlar tikish, to’qish (gilam, shapkacha, sharf, paypoqcha) guldasta yasash malakasini bilishi kerak;
- qog’oz va uning paydo bo’lish tarixi, qog’ozni qayta ishlash, bo’yash, ta`mirlash va undan har-xil buyumlar yasash texnologiyalari, qog’ozdan estaliklar yasash, bayramlar uchun ijodiy ishlar tayyorlash, xbilish kabi arakatli o’yinchoqlar tayyorlash yo’l yo’riqlari ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- oilada va maktabgacha ta`lim muassasasida bolalardagi ijodiy qobiliyatlarni shakllanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin