doimiy takrorlanuvchi o'zgarishlar, ularning o'sish va rivojlanishining
asosiy davrlari bilan
tanishadilar.
O'simliklar dunyosi haqidagi bilimlar mazmuniga ularni ko'paytirishning ba'zi usullari
haqidagi bilimlar kiritiladi. Bolalar narsalarning muhim,
umumiy belgilarini ularning
o'zgaruvchanligiga ko'ra bilishlari kerak. Shunga ko'ra o'simlik va hayvonlarni tanlashda faqatgina
tuzilishlarining xilmaxilligiga emas, balki muhitning ma'lum sharoitlarga moslashganligiga ham
e'tibor beriladi. Bolalar o'simliklarni sug'orish (suvning miqdori va sug'orishning takrorlanishi)
o'simlikning tabiatdagi yashash muhitiga (tropik botqoqliklar va soy, changalzorlar, quruq cho'l
va dashtlar), shuningdek, yil fasllariga bog'liqligini anglab olishlari uchun jonli tabiat burchagiga,
yilning 10 oyi davomida juda nam tuproqda o'sadigan
papirusni, suvni kam talab qiladigan va
ondasonda sug'oriladigan
kaktusni (1
—
2 turini), namga ehtiyoji katta bo'lgan
pirimula,
tradiskantsiyani hamda o'rtacha sug'orishni talab qiladigan
uzambarg gunafshasini qo'yish zarur.
Qishda ko'pgina subtropik o'simliklar sug'orishni uncha ko'p talab qilmaydi.
Tabiat burchagidagi o'simliklarning o'sishi va rivojlanishini tabiiy sharoitdagi o'sish
sharoitlari bilan aloqasi haqida boshqa o'simliklar ham, ayniqsa liliya va amarillis oilasiga taalluqli
bo'lgan —
amarillis, kliviya, krinum, dratsena, gemantus va shu kabilar dalolat beradi.
Mazkur
o'simliklar uchun qishning birinchi davri — tinchlik davri bo'lib, bu vaqtda sug'orish deyarli
to'xtatiladi.
Xona o'simliklarini ko'paytirish usullari xilmaxildir:
yorongul, begoniyareks, sansevyera
va boshqalar novdalaridan,
aspidistra, asparagus va shu kabilar butoqchalaridan ko'paytiriladi.
«Tirik tug'iluvchi» o'simliklardan —
toshyorar, xlorofitum, briofillyum bolalarda
katta
qiziqish uyg'otadi.
Akvariumdagi baliqlar ham (ularning 23 turi bo'lishi kerak) mahalliy suv havzalaridagi
issiqsevar baliqlardir. Bu guruhlarning har biri, garchi unchalik murakkab bo'lmasada,
boqishda
alohida sharoit talab qiladi.
Maktabgacha tayyorlov guruhining tabiat burchagida tutqunlikda bola ochadigan
qushlarni, yozda esa maydonchada tovuq, o'rdaklarni (mahalliy sharoitga ko'ra) boqish maqsadga
muvofiqdir. Sutemizuvchilardan tabiat burchagida istalgan jonivor, ayniqsa hayot tarzi mavsumga
muvofiq o'zgaradiganlarini (tipratikan, olmaxon), bog'cha hovlilarida esa katta bolalar
quyonlarni parvarishlab boqishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: