Onako’krakdan boqishda uchraydigan qiyinchiliklar Ko’krakning to’lishishi



Yüklə 497,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix22.06.2022
ölçüsü497,19 Kb.
#62061
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
№8 taqdimot 1832d117a5d9f7da6a303c7cff38a343



Mavzu№8: Ko‘krak suti bilan boqishga antenatal tayyorgarlik. Ko‘krak bezi 
anatomiyasi. Laktasiya jarayoni xususiyatlari. Gipogalaktiya va uni oldini 
olish choralari. 
 
Onako’krakdan boqishda uchraydigan qiyinchiliklar
1

Ko’krakning to’lishishi 
Simptomlar: ko’krak tu/ruqdan keyin 3-5 kun mobaynida sut «kelishi» bilan 
to’lishadi. Ona o’zini biroz noqulay sezadi, ko’krak o/ir, issiq va qattiq bo’lib qoladi. 
Ba’zan qumoqsimon bo’ladi. Sut yaxshi oqadi, ba’zan esa tomadi. 
Sabab: Bu normal holat. 
YOrdam: Bola ko’krakka to’/ri tutilishi kerak, ko’krakni bo’shatish uchun tez-tez 
emizish kerak. Emizgandan so’ng to’lishgan ko’krak bo’shashadi, bir necha kundan 
so’ng noqulaylik yo’qoladi, chunki sut ishlab chiqarilishi bola ehtiyojlariga 
moslashadi. 
Ko’krak bezlarining qotishi 
Simptomlar: ko’kraklar shishib qoladi, teri yaltirab, diffuz qizil rangga kiradi. Bu 
odatda ko’krakning ikkala tarafida ham bir xil kechadi; o/riqli bo’ladi. Ayolda isitma 
bo’lishi mumkin, odatda bu 24 soatdan keyin o’tib ketadi. Ko’krak uchlari 
taranglashishi va yassi bo’lib qolishi mumkin, bu bolani ko’krakka to’/ri tutish va 
sut kelishiga xalaqit beradi. 
Sabab: Sut kelib, ko’krakni to’ldirgan vaqtda sut ayniqsa dastlabki kunlarda so/ib 
tashlanmaydi va ayni vaqtda ko’krakda qon ko’p aylanib, tomirda tiqilish hosil 
qiladi. Sutning yetarlicha chiqarib tashlanmasligining keng tarqalgan sabablariga 
emizishni boshlashning kechikib ketishi, tez-tez emizmaslik, ko’krakka noto’/ri 
tutish va bolaning noto’/ri emishi kiradi. 
YOrdam: 
■ Ona ko’krakni bo’shatishi kerak. Agar bola ko’krakka to’/ri tutilib, yaxshi 
emayotgan bo’lsa, ona bolani tez-tez emizishi kerak. Agar bolaning ko’krakni 
emishi qiyin bo’lsa, u holda ona qo’l bilan yoki nasos yordamida sutni bir necha 
marta ko’krak yumshoq bo’lgunga qadar so/ib olishi kerak. Bu bolaning yaxshi 
emishini osonlashtiradi. Shundan keyin bolani tez-tez emizish kerak. Ona sutni so/ib 
olishdan avval ko’krakka iliq kompress qo’yishi yoki iliq dush qabul qilishi 
mumkin; bu sutning oqishiga yordam beradi. So/ib olgandan keyin esa ko’krakka 
sovuq kompress qo’yish mumkin; bu shishni qaytarishga yordam beradi. 
■ Ko’krak bezlarining qotishi «O’n qadamni qo’llaydigan va tu/ruqdan keyin ko’p 
o’tmay onalarga emizishni boshlashga yordam beradigan» bolaga do’stona 
munosabatdagi shifoxonalarda kamroq uchraydi. 
1
Ахмедова Д.И., Шамансурова Э.А.Эмизикли ва эрта ёшдаги болаларни овқатлантириш ўқув қўлланмаси 
Тошкент 2014й.,169бет 



Yüklə 497,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin