Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/78
tarix21.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65724
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
qo\'\'lllanmaaa

2.2.O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar.
Qishda daraxtlar «yalang'och» holda bo'ladilar va nisbiy osoyishtalik holatida yashaydilar. 
O'simlikning yer ustidagi qismlari o'sishdan to'xtab, qishki osoyishtalikka o'tadi, ildizlarning yer 
ostidagi hayot faoliyatlari esa davom etadi. Daraxt nisbiy osoyishtalik vaqtlarida ozuqa 
zahiralarini to'playdi, (kraxmal, shakar va yog') to'qimalarining nafas olishi pasayadi. Qish 
davrida daraxtlarning barcha shoxlari J va po'stlog'i, shuningdek, kurtak, tanasidagi yoriqlar va 


barglaf o'z namini yo'qotib boradi. Daraxtlar namligining katta miqdorda yo'qolishiga qishki 
shamollar ham sabab bo'ladi. Qishki shamollar ta'sirida o'simliklarning novdalari va hatto butun 
o'simlik ham halok bo’lishi mumkin. Shuning uchun hosil olingach, kech kuzda bogiarni 
astasekin qoplatib sug'oriladi. Qishda daraxtlarning halok bo'lmasliklari va ko'proq nam 
saqlashlari uchun ular atrofiga qorlarni to'dalab qo'yadilar. 
Ikki yilik va ko'p yillik o't o'simliklarning yer yuzasidagi qismi qurib, ildizpoya, 
piyozbosh va tuganaklari qoladi, bular o'simlikning yangidan o'sib chiqishi uchun ozuqa 
moddalar zahirasini to'playdi. Ildizlar yer tagida, qor tagida sovuqdan saqlanib turadi. Qishda 
sovuq qattiqroq boiib yer qatlami qattiq muzlasa, o'simliklarning ildizlari ham nobud bo'ladi. 
Ba'zi yillarda dekabr oyida ham o'simliklar kurtak chiqaradi: bo'tako'z, margaritkalar 
ochiladi. 
Fevral oyida sovuq bo'lsa, o'simliklar hayotida hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Bunda 
agar havo iliq bo'lsa, ko'k o'tlar ko'rina boshlaydi. 
Iliq qish vaqtida, fevral oyining o'rtalarida gunafshalarning kurtagi bo'rtadi, kumushdek 
teraklar kuchalalay boshlaydi, zarang daraxtining bo'rtib chiqqan kurtaklarida nozikkina gul 
barglari ko'rina boshlaydi, Maysa o'tlar chiqa boshlaydi, gunafsha, qoqio't bodom, oq 
qaldirmoqlar gullaydi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin