Qushlar gavjum bo'lishib, oziqovqat qidirishni davom ettiradilar.
Kunduz kunlari
to'dato'da qarg'alar, ko'kqarg'alar va go'ngqarg'alarning uchib yurishlarini ko'rish mumkin,
shuningdek ko'pgina sa'avalar va g'urraklar ham uchib yurishadi. Bog'larda qorayaloqning qattiq
qichqirishi ahyonahyonda eshitilib tursada, lekin uning sayrashi endi eshitilmaydi. Ko'pincha
qorayaloqlar ariqlarning bo'ylarini kavlayotganliklarini, shuningdek, bog'lardagi na'mataklarning
donini topib cho'qiyotganligini ko'rish mumkin.
Ba'zan Toshkentning Salar va Qorasuv bo'ylarida jiblajibonlarni uchratish mumkin. Ular
bahorda uchib kelib, bu yerda qishlash uchun qolishadi.
Yanvar oyining boshlarida g'urraklarning g'urullashi eshitila boshlaydi. Yanvar oyining
o'rtalarida esa g'urraklarning akatsiya daraxtlarining chiviqlaridan
mayda tayoqchalar va quruq
qobiqlardan uyalar qurishga kirishganliklarini bolalar bilan birgalikda kuzatish mumkin.
Fevral oyida qushlar oziqlantirishga muhtoj bo'ladilar. Fevralning oxirida qushlar galasi
qo'shaloqqo'shaloq bo'lib ajraladi. Keyinchalik ular uya qurish uchun shahardan chetdagi
joyiarga uchib ketadilar. Chittaklar bahor oldi qo'shiqlarini «kuylaydilar».
Fevral oyida g'urraklar tuxum ochib, 15 kun tuxum bosadilar. Tuxumdan chiqqan yosh
g'urraklar o'z uyasida o'n kun qoladi. G'urrak bir yilda besh marta tuxum qo'yadi. G'urraklar
kaptarlar singari biologik tomondan juda qi z iq bo'ladilar.
Ular sut
e
mizuvchilarsingari
qushchalarni boqish uchun o'zlaridan ozuqa moddasi ishlab chiqaradilar: bu ichki bezlardan
ajralib chiqadi. P&a qush og'zini ochadi, qushchalar esa ozuqani cho'qib oladilar.
Fevral oyining oxirlarida shaharlardan jiblajibonlar uchib kelishadi.
Kechki payt shaharga yana ko'pgina zag'chalar va ko'kqarg'alar uchib kelishadi. Tunash
uchun baland daraxtlaming shoxlanga qo'nayotganlarida ularning shovqinlari va qichqiriqlari
eshitiladi. Biroq ular astasekin sovuq o'lkalarga uchib keta boshlaydilar.
Bulutli kunlarda qorong'i tusha boshlashi bilan mayda ko'rshapalaklarni ko'rish
mumkin. Bular barcha ko'rshapalaklar ichida eng kichigi hisoblanadi. Ularning qish faslida
g'orlarda qishlovchi ko'pgina boshqa ko'rshapalaklardan
farqi shundaki, ular yil bo'yi
binolarning yoriqlarida yashaydi va haroratning ko'tarilishi bilan birinchi bo'lib uyg'onadi.
Qorong'i tushishi bilanoq ovoz chiqarmasdan ucha boshlaydi hamda chivin, pashsha va boshqa
jonivorlarni tutib yeydi. Yerda qishlagan tut kapalaklari fevral oyida kapalak qurtlari chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: