2. YOZ FASLIGA TAVSIFNOMA
Birinchi iyun kalendar hisobi bo'yicha yozning birinchi kuni hisobianadi. 22 iyun yoz
faslida quyoshning eng uzoq nuqtadan o'tgan kuni bo'lib, bunda eng uzun kun va eng qisqa tun
bo'ladi.
O'zbekistonda haqiqiy yoz may oyidan boshlanadi. Yoz fasli O'zbekistonda birmuncha
cho'ziladi.
Bahorda boshlangan bu jarayon o'simliklardagi meva va urug'larning pishib yetilishi
bilan tugallanadi.
1.1.Obhavodagi o'zgarishlar. Iyun oyida obhavo yaxshi bo'ladi. Kurilik o'rtacha harorat
+20+30 daraja atrofida bo'ladi. Ko'pincha yoz oylarida havo ochiq bo'lib turadi
1
.
Iyun oyida kamdankam yomg'ir yog'adi. Shunda ham oyning birinchi o'n kunligida,
ko'pincha momaqaldiroq aralash yomg'ir yog'adi. Ba'zan esa hatto do'l yog'adi.
lyul oyida harorat ko'tarilib, +30°+40° o'rtasida bo'ladi. Ahyonahyon yomg'ir yog'adi.
Yaxshi obhavo sharoiti bo'lganini ko'rsatuvchi ko'pgina belgilar bor. Jumladan, ertalabki
tongning zarrin nurlari quyoshning bulutlar orasidan chiqmasligi. Tuman tushadi va tezda
tarqaladi, pashshalar barvaqt uyg'onishadi, tong endi yorishishi bilanoq asalarilar, qaldirg'ochlar
uyalaridan uchib chiqadilar va havoda baland parvoz qiladilar, chivinlar qo'ng'izlar g'o'ng'illab
uchib yuradilar. Quyosh bulutlar orasiga yashirinmaydi, balki, botish oldidan to'q qizil yoki oltin
rangga kiradi, charaqlab oy chiqadi, vulduzlar moviy rangda charaqlaydilar. Ayniqsa, oyning
ikkinchi yarmida o'rtacha harorat pasayadi va +20°+25° darajaga tushadi. Havoda bulut
bo'lmaydi. Ba'zan avgust oxirlarida ozgina yomg'ir yog'adi.
2.2.O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar. Bog'larda o'rik, olcha, erta pishar olma va noklar
pishib yetiladi. 3—4 yil ilgari o'tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli, olcha hosil bera boshlaydi, olma
daraxti esa 4—7 yildan keyin hosil bera boshlaydi.
Ko'pgina mevali daraxtlar yil sayin emas, balki yil ora hosil beradi. Bu hosil berishning
davriyligi deb ataladi.
Iyun oyida gladiolus, ajdarog'iz, chinnigul, kartoshkagul, karma, xushbo'y tamaki,
delfiniullar, siniya (qizil gulli dekorativ o'simlik), moychechak, floks, petuniy, tizimgul,
semizo'tlar va boshqa bog' gullari gullay boshlaydi, chirmashuvchi gullar, chirmovuqlar to'q qizil
rangda gullaydi.
Iyunning uchinchi o'n kunligida g'o'za gullay boshlaydi.
Iyul oyida, bog'larda olma, shaftoli, olcha, nok pishib yetiladi. Bolizlarda pomidor, baqlajon,
bulg'or qalampiri singari sabzavotlar pishadi.
Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ham yetiladi. Gulzorlarda qo'qongul, tizimgul, nastursiya,
za'fargul, kartoshkagul va boshqa gullar ochiladi.
G'o'zalar yoppasiga gullaydi va ko'sak tuga boshlaydi. Makkajo'xorilar dumbul bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |