Ko'lmak suvlarda gulxayrilar, dafniyalarning yoki boshqacha aytganda «suv
burgalari»ning to'dasi paydo bo'ladi. Suvda qizil va sariq «huqta»lar ko'rinadi — bu ana shu suv
burgalaridir. Dafniyalar suv yuzasida suzib yuradilar, qorong'i tushishi
bilan suv tagiga tushib
ketadilar.
Dafniyalar bilan birgalikda baliqlarning sevimli ozig'i sikloplar paydo bo'ladi. Bular
akvariumlarda saqlanuvchi kichik baliqlar uchun ham sevimli ozuqadir. Ko'lmak suvlar ostidan
shilliq qurt, suzg'ich qo'ng'izlar, suvsevar qo'ng'izlar ko'tarilib suv yuziga chiqadi.
Mart oyida baliqlar ikra yig'ishga va urchishga kirishadilar.
Toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar singari sudralib yuruvchilar ham uyg'onadilar.
O'zbekistonda cho'l baqasi (toshbaqa) ko'p uchraydi.
Toshbaqaning rangi kosasining rangi bilan bir xilda: sarg'ish yoxud qo'ng'ir tusda bo'ladi,
barmoqlari orasida parda bor. Dumi qisqagina bo'lib, uchi o'tkir, ota toshbaqa ona toshbaqaga
nisbatan kichikroq bo'lib, dumi uzunroq bo'ladi.
Toshbaqalar suvga muhtoj bo'lmaydilar, chunki ular uchun yeydigan o'simliklaridagi
suvlarning o'zi ham yetarlidir. Tunlari o'z uyalariga kirib ketadilar, ular o'z uyalarini
novdalarning tagiga,
shuningdek, o'nqircho'nqir yerlardan kavlaydilar. Tosh baqalar erta saharda
yoki kech kirishi oldidan o'tlaydilar. Toshbaqalar yalpiz, ko'k o't va boshqa o'simliklar bilan
oziqlanadilar.
Toshbaqalar terrariumlarga joylashtiriladi va bolalar ularni parvarish qiladilar — o't olib
kelib boqadilar. Toshbaqaning harakat qilishi bolalarni juda qiziqtiradi.
Toshbaqalar martaprel oylarida ko'payadi. Ular
tuxumlarini qum orasini yorib, u yerga
ko'madilar. Yosh ona toshbaqalar odatda ikkitadan, qarilari esa uchbeshtadan tuxum qo'yadilar.
Toshbaqaning tuxumi tovuq tuxumiga o'xshash bo'lib, hajmi kichikroq bo'ladi.
Toshbaqalar mavsum davomida ikkiuch marta tuxum qo'yadilar. Tuxum qo'yish iyun
oyidagina tugaydi. Yosh toshbaqalar tuxumdan yuz kunda ochib chiqadilar.
Bu paytlarda ilonga o'xshagan, oyoqsiz sariq qorinli kaltakesaklar ham uyg'onadilar. Bu
kaltakesak ko'zini yumishi mumkin, ilonning ko'zi esa, doimo ochiq turadi. Sariq qorinli
kaltakesak qo'ng'ir yoki qizg'ish tusda bo'ladi. Yosh kaltakesaklar esa och kul rang bo'ladilar.
Kaltakesaklar ko'pincha daryo vodiylarida, qirlarda, qalin o'tlar o'sadigan joylarda, shuningdek,
bog'larda, sug'oriladigan joylarda ham uchraydi. U suvga ishtiyoq bilan borib, u yerda uzoq vaqt
qolishi ham mumkin. Sariq qorinli kaltakesak kemiruvchilarning uyasida, shuningdek, toshlar
tagida va butazorlar orasida yashirinadilar.
Toshkentning qurg'oq yerlarida, ariqlarning bo'ylarida, bog'larda och qo'ng'ir sahroyi
kaltakesak (sariq ilonlar) ko'zga tashlanadi.
Bolalar bilan sayrga chiqqanda asfalt yo'ldan tez chopib ketayotgan ilonquyruqlarni
uchratish mumkin. Ular pashsha, qo'ng'iz, kapalakqurt, kana va o'rgimchaklarni yeydilar.
Bolalar sariq qorinli kaltakesaklar singari ilonquyruqlarni ham tabiat burchagidagi
terrariumlarda kuzatishlari mumkin. Ular zararsiz (tishlamaydilar), kishiga beixtiyor o'rganadilar.
Qo'ng'izchalar shilliq qurtlar, yomg'ir chuvalchanglari, suvaraklar bilan oziqlanadilar.
Bolalar kaltakesaklarning
harakatlarini, ovqatlanishlarini kuzatadilar. Suvaraklarni
tashlash bilan kaltakesaklar ularni shu ondayoq tutib oladilar va yutib yuboradilar, shuningdek,
xom, qotirilgan go'shtlarni yeydilar.
Kaltakesaklar qishloq xo'jaligi uchun ham foydalidir, ular qishloq xo'jaligi
zararkunandalarining katta qismini qirib tashlaydilar. Mart oyining oxirida devor yoriqlaridan
kichkina, kul rang kaltakesaklar chiqadi. Ular kun bo'yi kavaklarida yotib, quyoshli kunlarda
chiqib isinadilar.
Bahor quyoshi ko'lmak suvlarni ilitishi bilanoq cho'lbaqalari va qurbaqalar suvda urug'
(ikra) ajratishga kirishadilar. Toshkent atroflarida ikra ajratish davri 50 kungacha cho'ziladi.
Qurbaqa urug'lari ko'lmak suvlarning tubida tevarakatrofi yaltiroq holda,
qora yumaloq
toshga o'xshash narsalarga yopishgan boiadi. Cho'Ibaqalarining ikrasi, ipsimon bo'lib, suvosti
o'simliklariga yopishgan bo'ladi. Ikra qora rangda bo'lgani uchun bahorning iliq nurlari unga
ko'proq ta'sir qiladi.
Oradan bir necha kun o'tgach, ikradan katta qurbaqalarga sira o'xshamaydigan itbaliqlar
chiqadi. Qurbaqachalar tanasining quyi qismida ikkita so'rg'ich bo'lib, ular bu so'rg'ichlar
yordamida suv o'simliklariga yopishadilar. Qurbaqachalarning uzun dumchalari yumshoq
suzg'ichlar bilan qoplangan bo'lib, u baliqning suzg'ich dumiga o'xshash harakat qiladi. Keyinroq
itbaliqlarning quyrug'i, awalo orqa quyrug'i, so'ngra oldingi quyrug'i rivojlana boshlaydi.
Shu bilan birga dumi qisqara borib, tanasining shakli o'zgaradi va itbaliq astasekin dumli
qurbaqaga aylanadi. Bu qurbaqa suvda yoki suvning atrofida har qanday xavfdan yashirinib
turadi. Keyinchalik uning dumi batamom yo'qoladi. Shuningdek, choi baqalari va qurbaqachalar
yer yuzi hayotiga moslashib ketadilar.
Bolalar bog'chasining jonli burchagiga ko'lmak suvlardan baqalarning ikralarini olib
kelish va ularning o'sishini bolalar bilan birgalikda kuzatib borish mumkin. Buning uchun
akvariumdagi harorat 20—25°C bo'lishi kerak. Tarbiyachi kundalik
kuzatish ishlarini olib
borarkan, (itbaliqlar) qurbaqachalarning qaysi kuni shakllanganligini qayd qiladi. Bolalar bu kabi
hodisalarni zo'r qiziqish bilan kuzatadilar.
Aprel oyida, havo yaxshi isiganida tipratikanlar uyqudan uyg'onadilar.
Toshkent atrofida va Toshkent viloyatida «quloqli tipratikan»lar uchraydi. Bu tipratikan
Yevropa tipratikanidan kichikroq bo'lib, ignalari ham kaltaroqdir. Uning quloqlari katta (boshining
yarmidan ham uzunroqdir), shuning uchun ham u quloqli tipratikan deb ataladi. Tipratikanlar
havzalarda, tog'li o'lkalarda va bog'larda yashaydi.
Ular qorong'i tushganidan tonggacha dalalar, bogiar, soyabon daraxtlar tagida daydib
yuradilar va hasharotlar, kaltakesaklar, ilonlar va sichqonlarni, chigirtkalar, cho'l sichqonlarini
gohogoho o'simliklarni (yer ostidan makkajo'xori, bug'doy donlarini) topib yeydilar. Tipratikanlar
suzishni biladilar, Yevropa tipratikaniga nisbatan kamroq o'raladilar. Ular ko'p
vaqt terrariumlarda
yashaydilar. Tipratikanlar beixtiyor, tezda ko'nikadilar. Bolalar ularni qo'llariga olishlari mumkin.
Ular hatto bolalar chaqirsalar ham boradilar. Bolalar terrariumga barglar solishganda, tipratikan bu
barglarga yumalab, ularni o'z ignalariga sanchib olib yuraveradi. Uning bu harakatlari bolalarda
katta qiziqish uyg'otadi.
Tipratikanlar berilgan narsalarni tanlamay yeyaveradilar. Bolalar ba'zan o'zlaridan qolgan
ovqatlarni ham berishlari mumkin.
Tipratikanlar sichqonlarni, suvaraklarni qirib tashlaydilar. Shuning uchun ham ko'pincha
odamlar mushuk o'rniga tipratikan saqlaydilar.
Aprel oyida ko'pgina yovvoyi hayvonlar, jumladan, aprelning o'rtalarida cho'l bo'risi
bolalaydi, uning bolalari ko'r holda tug'ilib, oradan 12—13 kun o'tgach, ko'zlari ochiladi. Bo'ri
bolalari 5—6 hafta onasining sutini emadi.
Bo'rilar urchish davrida ko'proq o'z uyalaridan boshqa joylarga ketmaydilar.
Tuya cho'l va sahroda yashaydigan ajoyib hayvonlardan biridir. Sahrodagi tuya shimolda
yashaydigan bug'u singari mehnat qiluvchi hayvonlardan hisoblanadi. Bizda tuya uy
hayvonlaridek bo'lib, kishilarga ko'chib yurishda, og'ir yuklarni tashishda va xo'jalikda ham katta
foyda keltiradi. Ona tuya oqsil moddalarga boy bo'lgan va moyli quyuq sut beradi.
Tuyadan jun va par olinadi. Jundan dag'al kiyimlar, ko'rpalar, qop va arqonlar tayyorlanadi.
Pardan bosh kiyimlar, shuningdek, qimmatbaho movutlar ishlab chiqariladi. Tuyaning go'shti
ovqatga ham ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: