Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/78
tarix21.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65724
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
qo\'\'lllanmaaa


§
L
'i'uhlarda qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi. 
1.1.Mashg'ulotga tayyorlanish. Mashg'ulotning samaraliligj tarbiyachining tayyorgarlik 
darajasiga bog'liqdir. Tarbiyachi mashg'ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo'yicha 
tabiatshunoslik bilimlarini to'ldirishi, so'ng mashg'ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi 
lozim. 
Bunda tarbiyachi «Uchinchi mingyillikning bolasi» dastur vazifalariga, bolaning qobiliyat 
darajasiga hamda tevarakatrofdagi tabiiy muhitga tayanadi. Mazkur mashg'ulot mazmunini 
tanlashda uning ish tizimidagi o'rni (mashg'ulotda boshlang'ich bilimlarni shakllantirishjarayoni 
sodir bo'lyaptimi, yoki ular boyitilib bir tizimga solinyaptimi, bilimlarni qo'llash mashq 
qilinyaptimi va shu kabilar)ni aniqlash lozim. Bu o'rinda tarbiyachi darsning maqsadi va 
mazmuniga qarab turli metodlarni qo'llaydi. 
Tarbiyachi qanaqa metod va uslublar tanlamasin ulardan kompleks, birbirini to'ldirgan 
holda foydalanishi, bu asosiy maqsad — o'rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar 
tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to'g'ri 
shakllanishiga xizmat qilishi kerak. 
Mashg'ulotda hal etiladigan tarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, g'amxo'rona, 
estetik munosabatlarni shakllantirishga yo'llanadi. 


Mashg'ulotga tayyorlanish hamda uni o'tkazishda uning tuzilishini to'g'ri aniqlash 
muhimdir. Metodni tanlash ta'limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obyektning xususiyatlari hamda 
bolalarning yoshiga bog'liqdir. Masalan, yovvoyi hayvonlar haqidagi bilimni shakllantirishni 
yaxshisi diafilm, kinofilmlar ko'rsatish orqali, tabiat burchagidagi hayvonlar va o'simliklar bilan 
tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma'qul. Kichik yoshdagi bolalar 
mashg'ulotlarida kuzatish, o'yin metodlaridan foydalaniladi. Og'zaki metoddan, asosan, 
maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda foydalaniladi. 
Tanlangan metod dastur vazifasining to'liq bajarilishini va bolalarning faol aqliy 
faoliyatini ta'minlashi lozim. 
Mashg'ulotlarda qo'llaniladigan o'qitish metodlarining xilmaxilligi tarbiyachidan puxta 
sharoit yaratishni talab qiladi: hayvonlar, xonaki o'simliklar, rasmlarni ko'rish uchun bolalar yarim 
doira qilib o'tqaziladi. Bu bolalarning mashg'ulotda faol ishtirol etishlariga imkon beradi. Agar 
mashg'ulotda tarqatma material lardan foydalanilsa, ya'ni har bir bolaning qo'lida kuzatish obyekl 
bo'lsa, bolalarning o'z stollari atrofida o'tirganlari ma'qul. Ba'zai guruh xonasida mehnat 
malakalarini tarbiyalashga bag'ishlangai mashg'ulotlar o'tkaziladi. Bunday holatda bolalarni 
to'rtburcha shaklida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Shunda bolala tarbiyachi ko'rsatadigan 
ish usullarini yaxshiroq ko'rishga eg; bo'ladilar. 
Tarbiyachi mashg'ulot o'tkazishdan oldin bir qancha ko'r gazmali qurollar, yani jonli va 
jonsiz tabiat jismlari (gerbariylai yil fasllari, tabiat manzaralari tasvirlangan kalendarlar, toshlar 
foydali hasharotlar, o'simliklar va ularning qismlari, mayda hayvoi va boshqalar)ni tayyorlab qo'yadi. 
Chunki ko'rgazmali quro bolalarga o'rganilayotgan narsani bir necha sezgi a'zolari bilai qabul 
qilib olish imkoniyatini beradi, ya'ni ular narsani ko'ribgin qolmasdan, uning xususiyatini (masalan, 
tirnab ko'rish, bolg'ach bilan urib ko'rish orqali narsaning mo'rtligini, egish bilai qayishqoqligini, 
egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin