6) o'simlik va hayvonlarning bolalar muassasasi binosidagi hayot faoliyati, o'sishi va
rivojlanishida binoning doimiy haroratini, karbonat angidrit gazining konsentratsiyasini,
quruqligini, shovqinsuronning mavjudligini hisobga olish lozim.
Hayvon va o'simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchi navbatda, ularning
biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlariga e'tibor berish lozim. Masalan, ba'zi xona o'simliklari
(chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyosh nurini ko'proq bo'lishini talab qiladi, shuning uchun
ularni eng yorug' joyga qo'yish lozim, ba'zilari esa (masalan, uzambarg gunafshasi) tik tushib
turuvchi quyosh nuriga bardosh bera olmaydi. Shu bilan birga jonli tabiat burchagi ko'zni
quvontirishi, bezashi lozim. Bunda, obyektlarni shunday joylashtirish kerakki, bolalar ularning
yoniga bemalol kela olishlari, kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari mumkin bo'lsin.
Tabiat burchagida yashovchilarni doimiy va vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin.
Doimiy yashovchilarga xona gullari, qafasdagi qushlar, akvariumdagi baliqlar, katta guruhlarda esa
hayvonlar kiradi. Vaqtincha yashovchilarga qisqa muddatga olib kiriladigan mahalliy o'lka o'simligi,
hayvonlar, dastlabki bahorgi gullar, kuzda qiyg'os gullaydigan gulxonadagi dekorativ o'simliklar,
xonadagi manzarali o'simliklar, hasharotlar va shu kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: