Sayroqi qushlarning tuxumlaridan madorsiz jish bolalar — qushchalar chiqadilar. Ularni
onalari boqadilar. Bu paytda uyasidan tushib ketgan qaldirg'och va chumchuq bolalarini teztez
ko'rish mumkin. Ularni uyalariga solib qo'yish kerak. Qush bolalarini tabiat burchaklariga olib
kelib bo'lmaydi. Ular juda serovqat bo'ladilar.
Qo'ng'izlar, pashshalar, asalarilar teztez guldangulga qo'nib turadilar. Ular gullardan
nektar va chang yig'adilar.
Kapalaklar ham gullarga qo'nadilar. Barglarning quyi qismlarida hasharotlarning ignalari izini
ko'rish mumkin, ular barglarning sharbatidan so'rib oladilar.
Salqin tunlarda gullarda mayda hasharotlarni uchratish mumkin. Ular tunda gullar ichida
isinadilar. Ba'zi vaqtda esa, gullar ichiga tuxum qo'yadilar. Jumladan, chinnigullarning
gulkosalarida tungi kapalaklarning tuxumlari topilgan.
Suzg'ich ona qo'ng'iz ham o'simliklarga tuxum qo'yadi. U ikki oy mobaynida mingtacha
tuxum qo'yadi. Keyinchalik tuxumdan lichinkalar chiqadi. Suzg'ich qo'ng'izning lichinkalari
ikkiuch oy yashaydi, ana shu davr mobaynida ikki marta tullaydi. Yozning o'rtalarida lichinkalar
qo'g'irchoqlarga aylanadi. Suzuvchi qo'ng'izlarning barcha qo'ng'izlardagi singari qo'g'irchog'i
bo'ladi. Lekin qo'ng'iz lichinkasi suvdan chiqib, quruqlikda qo'g'irchoqqa aylanadi.
Ana shu vaqtda suv qo'ng'iz oqayotgan suvdagi barglarga tuxum qo'yadi.U o'rgimchak
iplariga o'ralgan holda hammasi bo'lib 50—60 ta tuxum qo'yadi. Oradan ikkiuch hafta o'tgach,
tuxumlardan lichinkalar yorib chiqadilar. Suvsevar qo'ng'izning lichinkasi semiz va beo'xshov
bo'ladi. U yomon suzadi. Oradan ikki oy o'tgach, qirg'oqqa sudralib chiqadi, o'ziga «beshik»
yasaydi, ikki haftadan keyin esa, qo'ng'izga aylanadi. U quvvatga kirib olgach, «beshigi»ni
qoldirib ketadi va suvda suza boshlaydi.
Suv qo'ng'izini bahorda yoki yoz oxirida tutib olish va tabiat burchagida tekshiruv olib
borish mumkin. Ular o't bosib ketgan hovuzlarda juda ko'p bo'ladi.
Iyul oyida qushlar tullay boshlaydi. Ayniqsa, g'ozlar va o'rdaklarda tullash qizg'in tus
oladi. Ularning barcha yo'g'on qanotidagi katta patlarto'kilib, uchish qobiliyatini yo'qotadi. Iyul
oyining oxirlarida qushlarning sayrashlari kamaya boshlaydi. Qush bolalari esa mustaqil hayot
kechira boshlaydi.
Bu vaqtda ko'pgina kapalak va chigirtkalar paydo bo'ladi. Chigirtkalar himoya ranglari
(ko'k ranglari) bilan deyarli ko'zga tashlanmaydilar. Ularni ko'pincha ko'k o't, shoxshabba va
daraxtlarning ustida ko'rish mumkin. Ular orqa oyoqlarining yordami bilan kattakatta sakrashlari,
shuningdek, o'zlarining pirillashlari bilan bolalarning diqqatini jalb etadilar. Ularning ikki juft
qanoti va uzun mo'ylovi bo'ladi.
Toshkentda kechki paytlarda uylarning devorlarida kaltakesaklarni uchratish mumkin. Ular
qushlarning sayrashlari kabi chirillab, o'z yoniga kapalak, chivin va mayda chivinlarning uchib
kelishlarini poylab yotadilar. Avgust oyida, ko'kqarg'a, jarqaldirg'och, ko'rkunaklar singari ba'zi
bir qushlar uchib keta boshlaydi. Laylaklar Toshkentdan sentyabr oyida, Butun O'rta Osiyodan esa
oktyabr oylarida uchib ketadilar.
Avgust oyida hali kapalak, ninachi va qo'ng'izlar bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: