Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/78
tarix21.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65724
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
qo\'\'lllanmaaa

2.4.Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar. Iyun oyida suv havzalaridagi itbaliqlar yosh 
qurbaqacha va choi baqalariga aylanadilar. Qurbaqalar suv havzalarining o'zida yashayveradilar, 
cho'l baqalari esa qirg'oqqa chiqadilar, ekin maydonlari va bog'larga joylashadilar. 
May — iyun oylarining oxirlarida sahro kaltakesaklari (3—6 tadan) tuxum qo'ya 
boshlaydilar. Iyun oyining oxirida sariq kaltakesak 8—10 tagacha tuxum qo'yadi. 
Yovvoyi hayvonlarning ham bolalari, jumladan, bo'ri bolalari ulg'aya boshlaydi. Yuqorida 
ko'rsatib o'tilganidek, bo'ri bolalari 5—6 hafta ona suti bilan ovqatlanadi. Oltinchi haftadan 
boshlab astasekin go'sht yeyishga o'rganadi. Bo'ri bolalari katta hayvonlar singari ko'p suv 
ichadigan bo'ladilar. Shunday voqealar ham uchraganki, buloq suvining qurib qolishi natijasida 
ko'pgina bo'ri bolalari nobud bo'lgan. Yozning ikkinchi yarmida bo'rilar mol va yowoyi 
tuyoqlilar: jayronlar, arxar (yowoyi qo'y)larga teztez hujum qilib turadilar. 
Iyun oyida tuyalar ham tug'adi. Yosh bo'taloq odatda nimjon bo'ladi. Mahalliy aholi uni o'z 
utovlarida saqlaydi, kigizlarga o'rab, quyoshdan panalaydi. Bo'taloq bir oz o'sgandan keyin, uni 


soyasalqin yerga bogiab juda ehtiyot qilib boqadilar. Faqat tunlari uni bo'shatib, onasining yonida 
qoldiradilar. Ona tuyalar o'z bolalariga juda g'amxo'r va mehribon bo'ladilar, hatto bolalarini 
emizish uchun ataylab yaylovlardan kelib turadilar. 
Iyun — iyul oylarida ona echkemar qoyalarning yoriqlariga 1 — 2 tadan bir necha marta 
tuxum qo'yadi. Iyul oyining oxirida yosh kaltakesaklar tuxumdan chiqadilar, shuningdek, sahro 
yosh ilonquyruqlari ham paydo bo'ladi. Yaylovlarda dumbali va qorako'l qo'ylarni boqish davom 
etadi. Dumbali qo'ylarda moy to'planadi. 
Avgust oyida yosh toshbaqalar paydo bo'ladi. Ular ko'rinishda juda kichkina bo'lib, bo'ylari 
3057 mm ga etadi. Toshbaqalar juda sekin o'sadilar. Tuxumdan chiqqach, ular qum orasiga kirib 
ketib u yerda kelgusi bahorgacha uxlaydilar. 
Avgust oyida tipratikanlar 5—7 tadan bolatug'adilar. Ular tug'ilganda ko'zlari ko'r, tanasi 
maydachuyda qisqa ninachalar bilan qoplangan bo'ladi. Tipratikanchalar ulg'ayishi bilan 
ularning ninachalari o'sa boradi, qattiqlashadi va to'q qo'ng'ir tus oladi. Tipratikanlar ko'pgina 
yovvoyi qushlar va hayvonlar (ukkilar, tulkilar) uchun yemish bo'ladilar. 
Yozda sahrolarda qo'shoyoqlarni ko'rish mumkin. Ular odatda qorong'i tushishi bilangina 
uyalaridan chiqadilar. Ba'zan kunduzlari ular qum oralariga kirib oladilar. Qo'shoyoqlar har turli 
ovqatlar: sahro lolalarining ildizlari, g'ozyoyi, g'allasimon o't urug'lari bilan ovqatlanadilar. 
Shuningdek, ular qo'ng'iz, qurt, chumoli va kaltakesaklarni bajonu dil yeydilar. Ular, agar 
yonatroflarida polizlar bo'lsa, tarvuz, qovoq, qovunlarni yorib urug'larini yeydilar. Ba'zan 
bodringlarni, karam, no'xat va sabzi barglarni yeydilar. 
Qo'shoyoqlarning ko'pgina dushmanlari bor: tulki, bo'ri, it, bo'g'ma ilon, boyqushlar 
shunday hayvonlarjumlasidandir. Xavf tug'ilib qolgan taqdirda u ilon izi qoldirib sakraydi va birorta 
teshikka yashirinishga harakat qiladi. Yoz o'rtalarida qo'shoyoq 3—6 ta bola tug'adi, bolalari uzoq 
vaqtgacha onasining yonida bo'ladi. 
Avgust oyining oxirida bo'ri bolalari o'sib yetiladi. Ular ko'pincha qorong'i tushgach va 
tun paytlarida uy hayvonlarini ovlaydilar. Ba'zi hollarda uy hayvonlariga kunduz kunlari ham 
hujum qiladilar, lekin aholi yashaydigan punktlardan olisda boigan joylardagina shunday 
qilishlari mumkin. Choi bo'risi chorvachilikka zarar keltiradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin