Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


«Qizil kitob» haqida tushuncha



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/78
tarix21.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65724
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
qo\'\'lllanmaaa

3.«Qizil kitob» haqida tushuncha 
Vatanimizda yer va yer usti boyliklari, suv, o'rmonlar, o'simlik va hayvonot dunyosini 
muhofaza qilish to'g'risida juda ko'p muhim davlat qarorlari qabul qilingan. Ana shunday muhim 
hujjatlardan biri O'zbekiston «Qizil kitobi» hisoblanadi. 
«Qizil kitob» ayrim viloyatlar, mamlakatlar yoki butun dunyo bo'yicha kelajakda xavf ostida 
turgan o'simlik va hayvonlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lgan rasmiy hujjatdir. 1948 yili BMTning 
YUNESKO tashabbusi bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tuzildi. 
Ushbu tashkilot tomonidan rnaxsus komissiya tuzilib, unga yer yuzida yo'qolib borayotgan noyob 
o'simlik va hayvon turlarini aniqlash hamda ulami saqlash, tiklash dasturini ishlab chiqish 
topshirildi. 1948—1954 yillarda komissiya yo'qolish xavfi ostidagi hayvonlar ro'yxatini tuzib 
chiqdi. Buning uchun maxsus mezonlar ishlab chiqilib u yoki bu turni ro'yxatga olishda ushbu 
mezonlar asos bo'ldi va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan ma'qullanib, 


muhofazaga olish uchun o'simlik va hayvon turlarini ayrim turkumlarga ajratgan holda «Qizil 
kitob» yaratishga asos bo'ldi. 1966 yili stol ustida foydalaniladigan yilnoma sifatida rangli 
birinchi xalqaro «Qizil kitob» nashr qilindi. 
1978—1979 yillarda O'zbekiston Respublikasi hukumatining davlat qarorlari asosida va 
Fanlar Akademiyasining ilmiy kengashi tomonidan O'zbekiston «Qizil kitobi» ta'sis etildi. 1983 
yili nashr qilingan «Qizil kitob»ning birinchi tomida 22 turdagi sutemizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 
tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar bor. 
«Qizil kitob» da hayvonlar soni va uning o'zgarish sabablari, ayrim turlarining ahvoli hamda 
ularni ko'payishiga, muhofaza g'ilish bo'yicha belgilangan hamda mo'ljallangan tadbirlarga alohida 
e'tibor berilgan. Shuningdek, biotexnik tadbirlar — qo'riqlanadigan zonalar va qo'riqxonalar barpo 
etish, brakonyerlarga qarshi kurashish, kishilarning ekologik bilimini oshirish taklif etilgan. 
Respublikamiz «Qizil kitobi»ni har 5 yilda yangilab turish ko'zda tutilgan. «Qizil kitob»dagi 
hayvonot dunyosining nazorati O'zbekiston Fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti 
zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi kunda O'zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan ayrim turdagi 
sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlar alohida nazoratga olingan. Olimlar 
ularni chuqurroq o'rganishlari natijasida «Qizil kitob»ning ikkinchi nashriga «qoshiq burun» va 
«qorabosh qulog'i»ni kiritish tavsiya etilgan. O'zbekiston «Qizil kitobi»da faqat umurtqali hayvonlar 
haqida ma'lumotlar keltirilgan. Qayta chop etilgan «Qizil kitob»ga umurtqasiz jonivor vakillari ham 
kiritilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. 
O'zbekiston «Qizil kitobi»ning ikkinchi tomiga davlat muhofazasiga olingan 163 turdagi 
yovvoyi o'simliklar kiritilgan va muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan 
klassifikatsiyaga binoan 4 ta turkumga bo'lingan: 
1. Yo'qolgan turlar; 
2. Noyob (malum kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez 
yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar); 
3. Yo'qolib borayotgan turlar; 
4. Kamayib borayotgan turlar. 
«Qizil kitob»ning yangi nashrida muhofazaga olingan o'simliklarning 300 ga yaqin turlari, ularning 
qaysi oilaga mansubligi, qisqacha ta'rifi, tarqalishi haqida malumotlar keltirilgan, sxematik 
kartada o'sish joyi ifodalangan. Tabiiy sharoitda ko'payish yo'llari va nihoyat, muhofaza qilish 
choratadbirlari haqida ma'lumotlar bayon etilgan. Shunday qilib, «Qizil kitob»ning mohiyati 
shundaki, tabobat va hayvonot olamining noyob, yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turlar haqida 
ma'lumot beruvchi hujjatdir. Uning maqsadi jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarining 
tegishli muammolarini yechish va turlar genofondini saqlab qolishga ko'maklashishdan iborat. 
«Qizil kitob» Vatanimizning o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasidagi eng 
muhim xayrli ishlaridan biri boiib hisoblanadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin