eshitgan va ko’rganlariga munosabat bildira olishi, turli xil imo-ishoralarga hissiy javob
qaytarishi (kulishi, gugulashi), tovushga, ashulaga, atrofdagi tovushlarga quloq solishi, tanish
bo’lgan kattalarning nutkiga xissiy javob berishi, raqs ohangi taralganidaxursand bo’lib
jonlanishi, onasini ko’rganda, uning tovushini eshitganida suyunib ketishi, alohida tovushlarni
galaffuz qila olishi ( ba, pa, ma, ga) lozim.
Bola onasining muloyim munosabatiga quloq solishi, ilk tovushlarni chiqara olishi,
tovush chiqayotgan tomonga qarashi, unga egilib gapirayotgan kattalarga nigohini qaratishi,
ovoz orqali munosabat bildirishi, (gugullashi), musiqa tovushlariga qiziqishi lozim.
Bola harakatdagi predmetlarni quzatishi va nigohlarini harakatlanayotgan predmetlarga
qaratishi. o’zini o’rab turgan atrofidagi predmetlarni tomosha kila olishi kerak
6 — 12 oygacha bo’lgan bolalarning rivojlanishi
Bu yoshdagi bolalarda asosiy xarakatlar shakllangan bo’ladi. Bola tizza va kaftlarini
yerga tirab tura olishi, yotgan holatdan tura olishi, o’tirgan joyida yota olishi, ko’maksiz o’tira
olishi, tayangan holda predmetlardan xatlab o’tishi, mustaqil birinchi qadamini bosishi lozim.
Bola ikki ko’li bilan predmetlarni harakatlantira oladi, kutichani ochib predmetni oladi.
shiqildoqni shaqillatadi. koptokni yumalatad.i. bitta predmet bilan turlicha harakat qiladi: bosadi,
irg’itadi, dumalatadi, bir-birining ichiga soladi, o’yinchoqni tomosha qiladi, u qo’lidan bu
qo’liga o’tkazadi, tovush chiqaradigan rezina o’yinchoqlarni ezgilaydi.
Bolalar kattalar bilan muloqotga kirishadi, o’ziga yaqin kishilar bilan muloqotga
kirishishda tashabbus ko’rsatadi (kattalarping ko’ziga karaydi, yepishadi, qo’llariga olishlarini
hohlaydi, qiyqiradi, qo’lidan tortadi, erkalanadi), tengdoshlari bilan muloqot qilishga intiladi.
Ko’zgudagi o’z aksini kurib, tabassum qiladi va o’z aksi bo’yicha barmoklarini yurgizadi,
Kattalarga tana a’zolarini (boshi, qo’li. oyog’i, burni) ko’rsatadi. Predmetlar qayerda
joylashganini ayta oladi.
Turli ohangdagi musiqani (sho’x, tez, sskin) his qiladi. Bola kuladi, chapak chaladi,
raqsga tushadi, kaggalarning imo-ishorasiga taqlid qiladi, o’zi hohlagan "redmetni olganda
lazzatlanadi, yoqtirgan predmetini tortib olinganida norozilik bildiradi.
Dostları ilə paylaş: