Bolalarning nutq madniyatini o'sishida oilaning o’rni mundarija: Kirish


Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh (1-3 yosh)



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə19/20
tarix02.01.2022
ölçüsü138,5 Kb.
#42275
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
BOLALARNING NUTQ MADNIYATINI O'SISHIDA OILANING O’RNI

Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh (1-3 yosh). Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojlanishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi. O‘z yaqinlari bo‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birinchi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g’amxo‘rlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirishi lozim bo‘lgan boshqa kattalar (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan narsalar, o‘yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi.

Bu yoshdagi bolada kattalar bilan emotsional va amaliy aloqalar o‘rnatish qobiliyati rivojlanadi, bu unga yangi hayotiy shart-sharoitlarga moslashishga: so‘zlar, iltimoslarni baholovchi fikrlarni va boshqa kishilarning emotsional munosabatlarini to‘g’ri qabul qilishga yordam beradi.

Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning «bola – katta yoshli odam» munosabatlar tizimidagi emotsional aloqalariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi.

Bola hayotining uchinchi yilida kichkintoylar bir-birlariga faol taqlid qila boshlaydilar, o‘zlarini ko‘rsatishga intiladilar va shu bilan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi.

Ilk yoshdagi bolalarda bolalar jamiyati endigina shakllana boshlaydi. Ular bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani holda asosan yolg’iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. Bolalar tashabbusi bilan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari – diadalar (ikkitadan bo‘lib o‘ynash) barqaror emas.

Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin buyoqlarga bo‘yalgan bo‘lib, u yaxshi bola bo‘lish, kattalarning talablariga javob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga intilish bilan bog’liqdir.

Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan umumiy baholarni beradi: «yaxshi», «katta» va boshq.

Uch yoshga kelib «men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z ismi orqali («men Yulduzxonman», «men Kamronbekman») o‘zining qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g’il bola, qiz bola), ma’qullash, tan olishlariga («men yaxshiman») va mustaqillikka ehtiyojini («men o‘zim») o‘z ichiga oladi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihatdan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissiyotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yaxshi ko‘rishini va uning uchun qayg’urishini, uning tashvishlariga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga undaydi. Bolaning ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg’ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi.

Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning ahloqiy negizi bolaning emotsional sohasi orqali shakllanadi.

Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, katta yoshli odam bolaning yordami, g’amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg’ularini samimiy ravishda namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalarni ifodalash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.

Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga erishilgan muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imkonini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sezdirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi.

Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabatlariga ta’sir qiladi va bu hol guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin.

Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yaxshi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor.

Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, she’rlardan olingan holatlarni o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.

Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.

Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:


  • vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi;

  • kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;

  • tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega;

  • eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi;

  • o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi.

Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik – «MEN» tizimining paydo bo‘lganligidir, u o‘z navbatida bolada o‘zi harakat qilishga ehtiyojni, irodali xulq-atvor elementlarinii vujudga keltiradi. «MEN» tizimining shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog’liq kattalar talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg’ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.



Xulosa:

Xulosa qilib aytganda Oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog’liq. Shuning uchun ham oilada tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g’risidagi axloqiy tasavvurlarini tarkib toptirish va shu xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak.

Oilada farzandlar nutq madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘z samarasini berishi shubhasizdir.

Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir – chunki bolaning onasi o‘rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u o‘rganib qolgan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun organizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi, tozalik ko‘nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechinmalar (yig’loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o‘zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatiladi. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar 3-6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin.




Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin