Bolalarning nutq madniyatini o'sishida oilaning o’rni mundarija: Kirish


-Bob Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning о‘rni



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə13/20
tarix02.01.2022
ölçüsü138,5 Kb.
#42275
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
BOLALARNING NUTQ MADNIYATINI O'SISHIDA OILANING O’RNI

2-Bob Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning о‘rni

    1. Bolalar nutq madaniyatinihg о‘sishida oilaning о‘rni.

Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan 2016 yil – «Sog’lom ona va bola yili» deb nomlanishidan maqsad sog’lom nasl, sog’lom muhit, sog’lom oila, sog’lom bola kelajagini ta’minlash, ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarining hamkorligi hamda bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini yaxshilashdir.

O‘zbek oilasining o‘ziga xos, betakrorligi - nutq etiket qoidalarignutq etiket qoidalarignutq etiket qoidalarignutq etiket qoidalarigka intilish kabilarning barhayotligidadir.

Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga, bilim olishiga asosiy zamin yaratuvchi maskon oiladir. Bolalarda insoniylik, avvalambor, oilada, ota-onalardan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-ona bolaga boshidan ta’lim-tarbiyani, nutq madaniyatini, odamiylik hislatlarini qunt bilan singdirib borsalar, yetuk, barkamol, sog’lom, mustaqil fikrlovchi, eng asosiysi, odobli shaxs bo‘lib yetishadilar.

Inson hayotda bilim olishga intilishni, Vatanni sevishni, ardoqlashni, kattalarni hurmat qilishni, muomala madaniyatini ota-onadan o‘rganadi. Oila birinchi navbatda ta’lim-tarbiya maskani hisoblanadi. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy-madaniy tarbiya berishning yo‘llari va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida bolalarning nutqi, muomalasi alohida o‘rin tutadi. Farzand ota-onaning baxti va boyligi hisoblanadi, ota-onalarning bolalarni sevishi, o‘z navbatida bolalarning ota-onalaridan o‘rgangan, eshitgan muomalalari, so‘zlashish madaniyati bolalarning ota-onalarini astoydil hurmat qilishi oila ko‘rki bo‘lib hisoblangan.

Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim metodlaridan biri hisoblangan. Ota-onalarning o‘zaro bir-birlari bilan suhbatlashishi, ovozlarining past-balandligi, sizlab gaplashishlari, bir-birlarini tinglashlari, yurish-turishlari, munosabatlarining ta’siri ostida o‘sib-ulg’ayishlari shular jumlasidandir.

Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim metodlaridan biri hisoblanadi. Bolalarni yuksak axloqli va odobli qilib tarbiyalash qadim zamonlardanoq, barcha xalqlarning orzusi, istagi bo‘lib kelgan. Ota-ona o‘z bolalarida mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, o‘zidan kichiklarga shafqatli bo‘lish va g’amxo‘rlik qilish, yovuzlikka nafrat kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishga harakat qilganlar.

Ba’zi oilalarda ota-onalarning o‘zaro kilishmovchiliklari sababli bolalar hayotda juda qiynaladilar. Bunday oilalarda bo‘lib turadigan janjal-to‘palonlar, xaqoratli so‘zlar oilada o‘sib kilayotgan farzandlarga katta ta’sir etadi. Bolalarda ota-onasiga bo‘lgan hurmat yo‘qoladi. Bola yurish turish va o‘zaro munosabat qoidalari, yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati, kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada oladilar, odob hamda ma’naviy hayot oilada uyg’onadi. Shuning uchun ota-onaning jamiyat oldidagi eng katta va birinchi vazifasi farzandlarning qobiliyatlari va qiziqishlariga e’tibor bergan holda ularga to‘g’ri ta’lim-tarbiya berishlaridir.


Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin