I bob yuzasidan xulosa:
Bitiruv malakaviy ishimizning I bobi “Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishining pedagogik asoslari” deb nomlanib, unda bolalar nutqini o‘stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishni ta’minlaydigan omillar ya’ni nutq o‘stirishni ta’minlaydigan omillar maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari, nutqni rivojlantirishning o‘sib boruvchi salohiyati, so‘z zahirasi keng yoritilgan.
II.БОБ. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ATROF-OLAM BILAN TANISHTIRISH MASHG‘ULOTLARINING AHAMIYATI
2.1. TEVARAK-ATROF BILAN TANISHTIRISH JARAYONIDA MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI O‘STIRISH USULLARI
Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Bolalar bog‘chasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning tug‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: — dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi; — bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish; — bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash; — dialogik nutq ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish; — hikoya qilib berish; — bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish; — bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar. Bu talablar maktabgacha ta’limning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi. Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqda tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya qilish, o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqeahodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi.Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zakinutkda doyr, malaka va ko‘nikmalari mavjud bulganligini disobga olib, ularda boglanishli nutqi shakllantirishda, avvalo, tevarakatrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniklab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi.Atrof-muhitni o‘rganish va anglash (5-6 yosh) Ona Vatan va atrof-olam. Bolaning mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva va Toshkent shaharlari haqida qisqacha ma’lumot berish. Bolaga “Konstitutsiya saboqlari” va “Tejamkorlik saboqlari” dasturlari asosida tushunchalar berishda davom etish. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kun; davlatimiz ramzlari; gerb, bayroq va madhiya bilan tanishtirish. Madhiyani yodlatish va ijro etishni o‘rgatish. O‘zbekistonda davlat tili – o‘zbek tili ekanligini, O‘zbekiston
Katta guruh (5-6 yosh) Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi, O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent haqida tushunchalar berish. Bolaga o‘zi yashayotgan shahar, qishloq, mahalla, ko‘cha haqida ma’lumot berish. Ularning nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarni anglatish. Uy manzilini to‘liq aytishga o‘rgatish.Bola qalbida o‘z Vataniga, xalqiga nisbatan muhabbat va hurmat tuyg‘ularini tarkib toptirish, milliy g‘ururni tarbiyalash, o‘zbek xalqiga xos mehr-oqibat, mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik fazilatlarini singdirish. O‘zbekiston hududidagi tarixiy obidalar, qadimiy yodgorliklar, zamonaviy inshootlar haqida tushuncha berish. Buyuk siymolar. Bolani tariximiz va buyuk Sharq allomalari hayoti va ijodi bilan tanishtirishni davom ettirish. Alisher Navoiyning buyuk shoir, mutafakkir olim, davlat arbobi, dono inson bo‘lganligi haqida ma’lumot berish. Uning bolalar yoshiga mos odob-ahloq, tarbiyaga oid, ota-onalarga, Vatanga muhabbat hissini uyg‘otuvchi asarlari bilan tanishtirish. Buyuk insonlar: Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek haqida ilk tushunchalar berish. Bayramlar. Bolaning umumxalq bayramlari 1-sentabr – Mustaqillik kuni, 1oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 1-yanvar – Yangi yil bayrami, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21-mart – Navro‘z bayrami haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Shakl va mazmun jihatdan xilma-xil bo‘lgan bayramlar va sayllarni muntazam ravishda tashkil qilib turish. Masalan, qushlar, gullar bayrami, qovun sayli va b. Mashhur sarkardalar. Bolaning millat tarixiga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish va rivojlantirish. Zahiriddin Muhammad Boburning podshoh, shoir va buyuk sarkarda bo‘lganligi haqida tushuncha berish. Amir Temur mashhur sarkarda, yirik davlat arbobi bo‘lganligi haqida ma’lumot berish. O‘zbekiston harbiy qo‘shinlari va ularning vazifasi, 14-yanvar harbiylarning kasb bayrami ekanligi haqida tasavvur hosil qilish. Vatanga muhabbat va uni ko‘z qorachig‘idek saqlash hissini tarbiyalash. Xalq amaliy san’ati.Bolada o‘z xalqiga nisbatan muhabbat va iftixor tuyg‘usini tarbiyalash. O‘zbek xalq amaliy san’atiga oid asarlar, milliy hunarmandchilik namunalari hamda me’morchilik yodgorliklari bilan tanishtirish. Ularga naqqoshlik, zardo‘zlik, kulolchilik kasblari haqida ma’lumot berish.Kattalar mehnati.Bolaning kattalar mehnati haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish. O‘zbek xalqi qadim-qadim zamonlardan beri dehqonchilik (paxta, bug‘doy, arpa, sholi, makkajo‘xori va b.) va chorvachilik bilan shug‘ullanishi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. Chorvachilikka oid kasblar (cho‘pon, otboqar, sut sog‘uvchilar) haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Kishilarning bog‘, poliz va dalalardagi mehnatlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Masalan, dehqon kuz faslidan yer haydab, kelgusi yil hosilini ekish uchun tayyorlashi, o‘g‘itlashning ahamiyati, erta bahordan yerga urug‘ ekish, uni parvarishlash, vaqtida sug‘orish va h.k. Bolani paxtakorlarning mehnati bilan tanishtirish, uning yerga ishlov berib, chigit ekishi, hosilni yig‘ib-terib olguncha g‘o‘zani asrab-avaylab o‘stirishi, vaqtida sug‘orib, ishlov berish bilan birga, bu ishlarda ob-havo injiqliklarini yengishi kerakligi haqida tushuncha berish. Pilla, pillakorlar, pillaning ipakli gazlama holiga kelgungacha bo‘lgan mehnati bilan tanishtirish. Ipak qurti tut bargi bilan oziqlanishi va pilla o‘rashi, undan ipaklar yechilib o‘ralishi va ipakdan turli gazlamalar – atlas, adraslar to‘qilishi haqida suhbatlar o‘tkazish. O‘zbek paxtasi va pillasi jahon bozorida o‘z o‘rniga egaligi haqida qisqacha so‘zlab berish, bola qalbida muvaffaqiyatlarimizdan faxrlanish, iftixor tuyg‘usini shakllantirish. Xalq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblangan qurilish haqida tushuncha berish. Bola e’tiborini o‘lkamizda bo‘layotgan katta o‘zgarishlarga, qad ko‘tarayotgan mahobatli binolar, zamonaviy uylar, keng yo‘llar, mustahkam ko‘priklar qurilib, ishga tushirilayotganiga qaratish. Quruvchilarning mehnat natijalari, quruvchilik kasbining ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazish.Bozor, do‘kon, sotuvchi, xaridor haqida, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi muomala madaniyati haqida tushuncha berish. Bozor va do‘konlarning turlari (oziqovqat, kiyim-kechak, xo‘jalik mollari) haqida tasavvurlarini mustahkamlash. Bolaning shifokorlar mehnati haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Kattalar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ilk mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatish maqsadida, tevarak-atrofda, uyda, guruh xonasida doimiy tartibni, ozodalikni saqlashga, atrofdagilar uchun foydali bo‘lishga intilishga; navbatchilik vazifasini mustaqil va sidqidildan bajarishga; stolni ovqatlanishga tayyorlash; ovqatdan so‘ng idish-tovoqlarni yig‘ishtirish, stollarni artish; tarbiyachi tomonidan mashg‘ulotlar uchun tayyorlangan material va qo‘llanmalarni stol ustiga terib qo‘yish; ijodiy o‘yin burchagini tartibga keltirish, o‘ynalgan o‘yinchoqlarni yig‘ib joyiga qo‘yish, o‘yinchoq shkafni tartibga keltirish; guruh va yuvinish xonalaridagi shkaflarni, deraza tokchasidagi changni, o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni artishga odatlantirish. Kitoblarni, o‘yinchoqlarni tuzatish ishlarida bolaning faol qatnashishiga erishish.O‘yin maydonchasi va yo‘lkalardagi barglarni terishga, tozalashga odatlantirish. Qum idishdagi qumni kovlab yumshatishga o‘rgatish. Bolada mehnat madaniyatini, xona ichidagi, maydonchadagi tozalik va tartibdan mamnun bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish. Kasb – hunarga o‘rgatuvchi “Do‘kon”, “Dehqon bobo”, “Pochta”, “Chevar”, “Haydovchi”, “O‘qituvchi”, “Hamshira”, “Bozor-bozor”, “Oshpaz” “Bog‘bonbog‘bon”, “Kim chaqqon?”, “Nimaning o‘rni o‘zgardi?” kabi o‘yinlarni o‘ynash. Transport va aloqa vositalari. Bolaga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishni davom ettirish. Svetofor belgilari va ularga amal qilish haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Transport vositalarini harakat muhitiga (yer, osmon, suv) ko‘ra farqlashga o‘rgatish. Aloqa xodimlarining xizmati bilan tanishtirish, aholining aloqa vositasi: pochta, telefon, telegraf, internet ekanligi, ularning vazifalari xat, maktub, tabriknoma, ro‘znoma, telegramma, faks, sms, elektron xatlar va turli axborotlarni yetkazib berish ekanligi to‘g‘risida tushuncha berish. Pochta xodimlarining mehnati bir-biriga bog‘liqligi haqida, bu xizmatlarni yengillashtirish uchun transport vositalaridan, telefon xizmatidan foydalanishlari haqidagi tushunchalarini takomillashtirish. “Kim bo‘lsam ekan?”, “Haydovchi nimalarni bilishi kerak?”, “Yo‘l qoidasi umr foydasi” kabi mavzularda suhbatlar tashkil qilish. Buyumlar.Buyumlarning o‘ziga xos belgilari va ulardan foydalanish xususiyatiga ko‘ra guruhlarga ajratish. Temir, yog‘och va matodan ishlangan buyumlar, ulardan to‘g‘ri foydalanish haqida tushunchalar hosil qilish. Buyumlarning yasalishi va ishlatilishi haqida suhbatlar tashkil etish. Bunda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun “Bolajon" dasturda bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ≪Mustaqillik kuni≫ (1991 yil 1 sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yer-osti va usti boyliklari, tohlari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu-bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek halqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston halq ho‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar so‘z boyligini kengaytirishda respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning uxshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va to‘g‘iga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini kuzatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik.Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish.
2. Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash.
3. Nutqni rivojlantirish jarayoni.
4. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik.
5. Nutqni rivojlantirish mazmuni.
6. Nutqni rivojlantirish shakllari.
7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi.
8. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni — nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta guruhlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllanganligini aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘xatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda olib boriladi.1-topshiriq bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. “Zumrad va Qimmat”, “Bo‘g‘irsoq”, “Ikki echki”, “Ur,to‘qmoq”, “Echki bolalari”, “Toshbaqa bilan chayon” kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi. Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi; — hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz); — matn mazmunining to‘liqigi; — matnni bayon qilishda izchillik; — ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi; — nutqning ravonligi. Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqda quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin; - bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustakil hikoya qila olmaydi; - matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi; - ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi; “ bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi; - nutqda ifodalilik yetishmaydi: - bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi; ” o‘zicha ba’zi so‘zlarni qaytib, ma’nosiz hikoya qiladi; - kattalar yordami vositasida hikoya qiladi; - hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi; - mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. Bolalarga «Mehmonda”, “Uycha”, “Maktabga yo‘l” mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi, hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqanadi. Mazkur maktabgacha ta’lim muassasalarda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi; - tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi; - matn mazmunini tuliq ifodalay olishi; - matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi; - ifoda vositalaridan foydalana olishi; - nutqning ravonligi, tezligi; - jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi; - nutq madaniyatiga rioya etishi. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar.
1. Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi xisoblanadi.
2. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir.
3. Shu bilan birga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai xoli yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizimda ish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun borcha yoshidagi katta bolalarda nutqni o‘stirish dasturini takomillashtirish va uni bir butun, yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tevarak- atrof bilan tanishtirish asosida nutqini rivojlantirish mavzu rejasiga quyidagilar kiritiladi.
I. Tevarak-atrof va ona-Vatan:
1. ≪O‘zbekiston — mening Vatanim≫.
2. Samarqand, Buxoro, Toshkent, ko‘xna Urganch, Xiva, Ko‘qon - qadimiy shaharlar.
3. 1 sentabr - O‘zbekistonning mustaqillik kuni.
4. Sh.Mirziyayev - O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti.
5. Toshkent metropoliteni.
6. Mustaqillik maydoni.
7. Toshkent teatrlari.
8. Mening shahrim, maxallam (ko‘cham, uyim).
9. Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona.
10. Oilamiz shajarasi.
11. Bizniig oila.
12. Ona tilim -- jonu dilim.
13. Til bilgan — el biladi.
14. Jonajon ulka tabiati (dayvonot dunyosi, tabiiy boyligi).
15. Hamdo‘stlik mamlakatlari.
II. Buyuk siymolar:
1. Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur -bizning bobolarimiz.
2. Jaloliddin Manguberdi — buyuk vatanparvar.
3. ≪Alpomish≫ dostoni - milliy g‘ururimiz.
4. Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Forobiy va Abu Ali Ibn Sinolar - buyuk mutafakkirlar.
5. Alisher Navoiy — buyuk adib.
6. O‘lkamizda dong taratgan sportchilar, adiblar, san’atkorlar.
III. Bayramlar va marosimlar, sayllar, urf-odatlar:
1. Yangi yil bayrami.
2. Navro‘z bayrami.
3. Xotira va qadrlash kuni.
4. Mustaqillik bayrami.
5. Onalar bayrami.
6. Vatan posbonlari bayrami.
7. Askar yigit — mening akam.
8. Konstitutsiya kuni.
9. Sayllar: qovun sayli, hosil bayrami, gul sayli p.b.
IV. O‘zbek xalqi ijodi:
1. O‘zbek xalqining hunarmandchilik san’ati.
2. Xalq me’morchilik san’ati.
3. Xalq qo‘shiqlari, laparlari, alla, ertak, maqol va topishmoqlar, tez aytishlar.
4. Tasviriy san’at asarlari.
V. Kattalar mehnati;
1. Sanoat korxonalari (zavod, fabrika, mebel fabrikasi, chinni ishlab chiqarish korxonasi, nonvoyxona v.b.) ga sayohat.
2. Kasblar haqida ma’lumot (tikuvchi, kosib, nonvoy, oshpaz, buyoqchi, suvoqchi, haydovchi, ip yigiruvchi, tukuvchi va d.k.
3. Dehqonchilik, bog‘dorchilik sohalari haqida ma’lumot.
4. Cho‘shon-cho‘liqlar, sut sotuvchilar mehnati haqida tushuncha hosil qilish.
5. Pillakorlik mehnati.
6. Qurilish obyektlariga sayohat.
7. Qurilishda ishlatiladigan asbob-uskunalar
8. Maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari.
9. Madaniyat xodimlari.
10. Yo‘l harakati qoidalari.
11.Aloqa vositalari (pochta, telefon, telegraf) xizmati.
VI. Bolalar o‘yinlari;
1. Ot uyin, do‘ppi o‘yin, hammompish, tosh o‘yin, chillak o‘yin, varrak o‘yin, loysuvoq o‘yin.
2. Chitti gul, oq terakmi - ko‘k terak, teddik – sandiq ochildi, boychechagim boylandi, hakkalakam-dukkalakam.
3. Qorxat, Qorqiz, Qorbobo o‘yinlari.
Yuqoridagi mavzularning har biri bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini boyitish bilan birga, borlanishli nutqi ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, Toshkent shahri bo‘ylab sayohat natijasida bolalarning lug‘at boyligiga birdaniga bir necha mavzu bo‘yicha so‘zlar, birikmalar ko‘shildi. Masalan, Amir Temur maydoni, Amir Temur haykali, Amir Temur - buyuk sarkarda, Toshkent mexmonxonalari, ≪O‘zbekiston≫ mehmonxonasi, O‘zbekiston tarixi muzeyi, san’at saroyi, Xamza nomidagi akademik drama teatri, rus drama teatri, O‘zbekiston milliy banki, san’at muzeyi, markaziy univermag, Chorsu bozori, Navoiy ko‘chasi, hayvonot bori kabilar shular jumlasidandir. Bular 5-6-yoshli bolalarning kundalik turmushida hali ishtatilmasa-da, ularning xotirasi kuchli bulgani bois so‘z va birikmalarni yaxshi o‘zlashtirib oldilar. Bolalarning nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug‘at boyligini faollashtirish muhim va zarurdir. Qishloq bolalari ko‘proq o‘ynaydigan o‘yinlar bolalarning sanoqlarni o‘rganishiga, nafas yo‘llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug‘at boyligini oshirib, faollashtiradi. Bunda ayniqsa qo‘shiq-o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi: Bir-ikki, o‘n olti, O‘n olti deb kim aytdi? O‘n olti deb men aytdim, Ishonmasang sanab ko‘r . . . (O‘yindagi bolalar sanaladi). Yoki; Xakkalakam-dukkalakam, Chori amal, beri amal, Qayda edi, tog‘da edi Tog‘man, zuvman . . . (Chillakda zuvillanadi). Ayni paytda qo‘shiq-o‘qinlar, topishmoq-o‘yinlar, sanoq o‘yinlar bolalarning bilimini oshiradi, aqlini charxlaydi, hozirjavob, zukko etib tarbiyalaydi. “Chitti gul-0, chitti gul”, “Oq terakmi - ko‘k terak”, “Tepdim-sandiq ochildi” ertak-o‘yinlari ham xuddi shunday ahamiyatga ega o‘yinlardan sanaladi. Chitti tul-o, chitti gul, Xay-yu, chitti gul.Chitti gulga gul bosay, Xay-yu, chitti gul. Dukur-dukur ot keldi, Chiqib qarang kim keldi? Aravada un keldi, Childirmada pul keldi. Xay-yu, chitti gul, Xay-yu, chitti gul. Yoki qish faslida, oftob chiqqanda bolalar sevib kuylaydigan ≪Oftob chiqdi olamga≫ qo‘shig‘ini olaylik: Oftob chikdi olamga, Yugurib bordim xolamga, — Xola, xola kulcha ber. Xolam dedi: — Chupchak ter. Cho‘pchak terdim bir kuloq, Kulcha yopdi bir uchoq. Yoz fasli bilan bog‘liq ≪Laylak keldi, yoz bo‘ldi...≫ qo‘shig‘i ham bolalarning sevimli qo‘shiqlarida hisoblanadi: Laylak keldi, yoz bo‘ldi, Kanoti qog‘oz bo‘ldi. Laylak boradi toqqa, Quloqlarida halqa. Xalqasi tushib qoldi, O‘tirdi yig‘lamoqqa. . . ≪Chitti gul≫, ≪Dukur-dukur ot keldi≫, ≪Aravada un≫, ≪Childirmada pul≫, ≪Oftob chiqdi olamga≫, ≪Cho‘pchak ter≫, ≪Kulcha yopdi bir o‘choq≫, ≪Laylak keldi, yoz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi≫ mazmuni gullar, qushlar, narsalarning nomi, ularning asl va ko‘chma ma’nolari, badiiy ta’sir vositalari, bir tomondan bolalarning tez yodlash qobiliyatini oshirib, yangi- yangi so‘zlarning ma’nosini bilib olishlariga yordam bersa, ikkinchi tomondan, lug‘at boyligini faollashtiradi, nutqini ravon qiladi, ona tilining boyligiga, uning serqirra jilolariga qiziqitiradi. Bolalikda o‘yin jarayonida yod olingan bu qo‘shiqlar har bir insonning qalbida umr bo‘yi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, tavsiya etilgan mavzular bolalar nutqning grammatik tuzilishini shakllantirishda ham yordam beradi.Bolalar nutqning grammatik qurilishini shakllantirish esa nutqni rivojlantirishda eng muhim talablardan sanaladi.Ona tilining grammatik tuzilishini tushunish -bu kamolga yetayotgan yosh avlodning intellektual shakllanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar nutq jarayonida so‘zlarni to‘g‘ri tuzish, uyushiq bo‘lakli, sodda yoyiq va yiriq gaplarni tug‘ri qo‘llash malakasini egallay boradilar. Ular tevarak-atrofni kuzatish jarayonida, masalan, ovqatlanish paytida idishlarni avaylab asrash tug‘risida ma’lumotga ega bo‘ladilar, guruh xonasidagi buyumlar, ularning shakli, rangi, gullar va guldonlar, qo‘g‘irchoklar, o‘yinchoqlar bilan muomalada jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishga harakat qiladilar. Bizga ma’lumki, juda ko‘p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib guruh bolalari yonidan o‘tib qoladi. Bolalardan biri havas bilan qaraydi va o‘z hayratini quyidagicha yfodalaydi: — ≪Vuy, ana u bola eshakda uchayapti≫. Murabbiy tuzatadi: - eshakda uchilmaydi, eshakka miniladi. So‘ng bolalardan so‘raydi; - yana nimaga miniladi? - velosipedga miniladi; - poyezdga miniladi; - otga miniladi; - samolyotga miniladi. Boshqa bir bola tuzatadi: - poyezdga chiqiladi, samolyotda uchiladi. Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o‘tishlari mumkin. Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda ishlatiladigan g‘isht, ganch, qum, ohak va boshqa qurilish materiallari, quruvchilik kasbi —ganchkorlik, g‘isht teruvchi, suvoqchi; binolarning balandligi, go‘zalligi va hokazolar haqida jumlalar tuzadilar.Gulzorlar, bog‘larga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, poyezdlar, gullar, favvoralar haqirda suhbatlar uyushtirishi mumkin. Suhbatlarda predmetlarning rangi, tusi, soni, katta-kichikligi, turi, o‘xshash va farqli tomonlari haqida ham mashq qilib boriladi. ≪Nima shirin?≫, ≪nima uchadi?≫, ≪tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping≫, ≪men boshlayman, siz davom ettiring≫ kabi mashqlar ham grammatik jihatdan jumlalarni to‘g‘ri tuzishga yo‘llaydi. Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-u, x-x, k-r tovushlarini tug‘ri talaffuz kila olmaydilar. Nutq jarayonida ketappan - ketayapman, Xojaxon Shohjahon, Yustam - Rustam, qalga - qarg‘a kabi talaffuz etishda yo‘l ko‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni to‘g‘ri talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar uzidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, meyorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur.Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muxrlanib qoladi. Samimiy muomala meyori, hatto muomalada ko‘z qarashlari, boshqalar oldida o‘zini tuta bilish -muomala madaniyatining oddiy talablaridir. So‘zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda eng muhim talablardan sanaladi. So‘zlashuv nutqni bolaning lug‘at boyligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda bola o‘ziga murojaat qilganlarida suhbatdoshini eshita olish, tushunish, savollarga to‘g‘ri javob bera olish bilan birga, so‘zlashuv madaniyatini egallay borishi ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jarayonida ko‘prok, yo‘naltiruvchi savollar beriladi. Masalan, tabiatga sayohat paytida: — Xozir yilning qaysi fasli? — Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? — Bahorda qanday kushlar uchib keladi? kabi savollarning berilishi bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga yordam beradi. ≪Ovchilar va quyonlar≫, ≪Oqsoq va bo‘rilar≫, ≪Nimaning pati?≫ kabi o‘yinlardagi savoljavoblar ham bolalarning dialogik nutqini rivojlantiradi. Tarbiyachi bolalarga ≪nimaning pati?≫ deb savol beradi. Bolalar javob beradilar: — o‘rdakniki; — qarg‘aniki; — burgutniki. Qushning nomini takror aytgan bola biror shartni bajaradi: o‘yinga tushadi, she’r aytadi yoki qo‘shiq kuylaydi. Bolalarning nutqini rivojlantirishda monologik nutq (hikoya qilib berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda yuqorida sanab o‘tilgan bog‘lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bo‘ladi. Bolalarning monologik nutqining shakllanishi ularni maktabga tayyorlashning asosiy shartlaridan biridir. Zero, nutq bolalar tafakkurini va unga borliq bulgan zehnni o‘tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham tarkib toptiradi. Bolalarda hikoya qilish ko‘nikmasi uning lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo‘yicha ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshiriqlar ham berilishi mumkin. Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik ijodiy faollik rivojlantiriladi. “Bizning oila”, “Bahor fasli”, “Yoz — o‘tar soz”, “Qaldirg‘ochlar uchib keldi”, “Qo‘g‘irchoq teatrida”, “Qish”, “Qor”, “Qorboboning sovrasi”, “Kushlar bizning do‘stimiz”, “Mening to‘tilarim”, “Xayvonot bog‘ida”, “Ertaklar mamlakatida”, “Sirkda”, “Qo‘g‘irchoqlarim— ovunchoqlarim”, “Uch ayiq”, “Quyonlar”, “Qovoqpolvon” va boshqa mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi.Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzish, tovushlarni, qo‘shimchalarni to‘g‘ri talaffuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to‘g‘ri foydalana olishiga yordam berib boriladi. Kattalarning mehnat jarayonini kuzatish, tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, daryo, cho‘l, dalalarga sayohatlar asosida hikoyalar tuzishni tavsiya etish ham bolalarning borlanishli nutqini rivojlantirishda eng qulay usullar sanaladi. “Bolajon” dasturiga binoan muayyan mavzular buyicha mustaqil jumlalar tuzish, ona tiliga xos tovush, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga erishish, rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik hajmli badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish talab etiladi. Lekin kuzatishlar bu talablarning tuliq bajarilmayotganini ko‘rsatadi. Vaholanki, bolalarning nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning imkoniyatlari kattadir.Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyotning eng yorqin namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi, balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi. Dasturda qo‘shimcha adabiyotlar xam tavsiya etilgan bo‘lib, bular asosiy adabiyotlar vositasida o‘tiladigan mavzularni to‘ldirishga va mashg‘ulotlarni yanada boyitishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |