Bolalarning rivojlantirishiga muxitning taʼsiri



Yüklə 166 Kb.
səhifə12/14
tarix10.05.2022
ölçüsü166 Kb.
#57305
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bolalarning rivojlantirishiga muxitning taʼsiri

Pedagogik jihatlari. Didaktik o‘yinlarning pedagogik jihatlaridan biri - ularni ta’limiyligidir. Tarbiyalanuvchi o‘yin davomida bir vaqtning o‘zida ham o‘yinda ishtirok etadi, ham ma’lum bir darajada ta’lim oladi. Ayrim o‘yinlarda bilimlarini mashqlarda namoyish qiladilar va ularni chuqurlashtiradilar. Masalan, shakllarni ustma-ust qo‘yish o‘yinida, birinchidan, o‘yin vazifasi bo‘yicha bola shakllarni ustma-ust qo‘yish natijasida qanday shakl hosil bo‘lishini topsa, ikkinchidan, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha - shakllar sonini sanab berishni, shakllar qanday ko‘rinishda ekanligini va ularning nomlarini aytishni, ranglarni ajratib berishni bajaradi (ta’limiy jihati). Bundan tashqari, tarbiyalanuvchi “Sichqoncha”dan foydalanib, ishlab o‘z kompyuter savodxonligini oshiradi.

Demak, kompyuterli didaktik o‘yinlar ta’lim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam qiladi. Kompyuterli ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlardan foydalanib o‘tkaziladigan texnologik jarayonlar quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (sxema):



Sxemadan ko‘rinib turibdiki, tarbiyachi dastavval o‘yin obyekti (turi va yo‘nalishi)ni tanlaydi, so‘ngra o‘yin qoidalarini, shartlarini va vazifalarini aniqlaydi. Navbatdagi ish o‘yinning mazmunini va qanday maqsadda amalga oshirilishi, ta’limiy va rivojlantiruvchi jihatlari belgilanadi. Shundan keyin, o‘yin o‘tkazilib, natijalar tahlil etiladi va o‘yin g‘oliblari aniqlanadi. Kompyuterli o‘yinlar va mashqlar asosan tarbiyachining nazorati ostida o‘tkaziladi.

Demak, kompyuter va uning xotirasidagi ta’limiy o‘yinlar birgalikda, multimedia texnologiyasining (kompyuterli ta’lim) o‘yinlar bo‘yicha asosiy didaktik vositasi hisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi o‘yinlardan tashqari qo‘shimcha didaktik o‘yinlar tayyorlash mumkin. Buning uchun, maxsus dasturlardan (Power Point va Macromedia Flash) foydalaniladi.

Kompyuterli ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlarning afzalliklari va pedagogik jihatlaridan biri-ular tarbiyalanuvchilar tomonidan yil davomida va istalgan paytdao‘ynalishi mumkin. Bolalar kompyuterdan foydalanishni o‘rganib olganlaridan so‘ng, bunday o‘yinlardan mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin. O‘yin davomiyligi 15 daqiqa.




Yüklə 166 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin