2.2.Bugungi kunda savod o’rgatish jarayonini to’g’ri tashkil etish. Savod o'rgatishni to'g'ri tashkil etish uchun bolalaming unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o'rganish talab etiladi. Oldin bolalami maxsus o'rganish avgust oyida, hatto undan oldin — bahordan boshlangan. Bunda 1-sinfga keladigan o'quvchining oilasiga yoki bolalar bog'chasiga borilgan, suhbat o'tkazilgan, bolalaming umumiy bilim saviyasi aniqlangan.Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o'rgatishga maxsus tayyorlanyaptilar. Ular uchun bir-ikki, ba’zi joylarda uch-to'rt oylik tayyorlov sinflari tashkil qilingan. Tayyorlov mashg'ulotlarda bolalar tovush-harf bilan tanishtirilyapti, elementer tarzda yozuvga ham o'rgatilyapti. Metodistlar tayyorlov sinflar uchun aniq talablar,metodik tavsiyalar ishlab chiqishmoqda. Tayyorlov sinflarning ta’lim mazmuni va tashkil etish muddati bir xil bo'lmasa-da, lekin bu davrda bolalaming nutqiy tayyorgarfigini o'rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:
1. 0‘qish ko‘nikmasini aniqlash. a) so'zni sidirg'a o'qiydi;
b) bo'g'inlab o'qiydi;
d) harflab o'qiydi (noto'g'ri o'qish);
e) anchagina harflarni biladi, lekin o'qishni bilmaydi;
f) ayrim harflarni taniydi.
2. Yozuv ko‘nikmasi. a) hamma harfni yozishni biladi, so'z yozadi (bosma yoki yozma);
d) yozishni umuman bilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi. a) so‘zni bo'g'inlarga bo’ladi;
b) so'z yoki bo'g'inidagi tovushni ajratadi;
d) hamma tovushni to‘g‘ri talaffuz qiladi;
e) ayrim tovushlami noto'g'ri talafTiiz qiladi (qaysi tovushlar ckani
hisobga olinadi);
f) nutqining baland yoki pastligi, diksiyasiga e’tibor qaratiladi.
4. Og'zaki bog'lanishli nutqi. She’mi yoddan o‘qish. a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1—2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
d) birorta she’rni yoddan o'qishni bilmaydi.