Alifbo davri. Bu davr 31-dekabrgacha davom etib, unda o'quvchilaralifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi.Undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m, I kabi), keyin esa sirg'aluvchi va boshqa u n doshlar: ikki tovushni ifodalaydigan j , harf birikmalari (ng, sh, ch),tovush bildirmaydigan tutuq belgisi ( ’) bilan tanishtiriladi.O'quvchilaming tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o'qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo'g'inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlash, bo'g'indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo'g'in tuzish va o'qish,bo'g'in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.Bu davrda bo'g'inlab o'qish asosi shakllantiriladi: ikki harfli ochiq (na, ni, nut kabi) , ikki harfli yopiq (in, ol kabi,), uch harfli yopiq bo'g'inlarni (mon, lim, ti! kabi,) o'qishga o'rgatiladi. Alifbo davrini o'rganiladigan tovush-harfning va o'quv materialining murakkablik darajasiga ko'ra 3 bosqichga ajratish mumkin:1) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg'aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bi-lan tuzilishidagi so'zlar o'rganiladigan bosqich;2) artikulatsiyasi qiyin bo'lgan r, k, v ,/k ab i undoshlar va yo’l-bars,do ‘st, rasm kabi tuzilishdagi so'zlar o'rganiladigan bosqich;3) o'rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j , tutuq belgisi ( ’) va jo'ja, jurnal, jirafa, tong, so'ng,bodring, choynak, shudring va shu kabi so'zlarni o'qishga o'rgatiladigan bosqich.Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga,ularning so'z m a ’nosini farqlashdagi holatini aniqlashga oid mashqlar o'tkaziladi (ziyrak — siyrak, dil — til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan undoshlar ng (tong, rang, keng), lab-tish undoshi v,qorishiq undosh ch, jarangli portlovchi j G°‘ja) va jarangli sirg'aluvchi— j (jurnal) kabilarni o'rganishda tovush artikulatsiyasiga oid ishlar qiyinlashadi.Asosiy davming oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so'zlar: ko'rib (ko'rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib(ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi(borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unlisi bor so'zlar: bilan (blan),sira (sra); talaffuzda tushib qoladigan undoshli so'zlar: baland (balan),do ‘st (do's), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax)kabilarni yozilgandek o'qish imloni o'rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so'ng orfoepik o'qitiladi.Yuqoridagi kabi so'zlarni o'qish bilan bo'g'inlab o'qish malakasi takomillashadi: o'quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so'zlarniham to 'g 'ri o'qishga o'rganadilar.Alifbo davrining oxirida o'quvchilar quyidagi bilim va ko'nikmalargaega bo'lishlari zarur:
a) hamma tovushlami tanishi va har qanday holatda to 'g 'ri talaffuz qilishi;
b) so'zning bo'g'in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so'zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so'z va bo'g'inga ajrata olishi;
d) kesma harf va bo'g'inlardan so'z tuza olishi va o'qishi;
e) 2-3-4 bo'g'inli so'zlarni yaxlit, adabiy-orfocpik talaffuz bilan o'qishi;
f) gaplarni ohangiga rioya qilib o'qishi; g) o'zi o'qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o'qishi;
h) o'qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;
i) o'qigan matnga sarlavha topa olishi;
j) to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qish malakalariga ega bo'lishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi — kichik va bosh yozma harflarni to'g'ri shakllantirish, harflarni to'g'ri ulash, alifbeda o'qigan bo'g'in, so'z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo'g 'in , so'z,gap diktantlarni yozish ko'nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma,ko'ruv rasm diktant kabi ta ’limiy diktant turlarini yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o'rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2/3 qismi yozuvga ajratilsa,20 tagacha so'z yoza olishlari talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |