2.Bog`chaning har xil guruhlarida bolalarga musiqiy tarbiya berishning xususiyatlari
Bog`cha yoshidagi bolalarning ma`naviy, madaniyatli qilib tarbiyalashda musiqa tarbiyasi muhim usullardan biri bo`lib hisoblanadi. Ta`lim berish maktablarida o`tkaziladigan musiqa darslarining asosiy maqsadi go`zallik qonuniyatlari asosida etuk shaxsni shakllantirish vazifalarini amlaga oshirish uchun xizmat qilishdan iborat bo`lishi kerak. Dastur maktabgacha davlat standartida ko`rsatilgan talablar asosida tuziladi. Bolalarning estetik hislarini tarbiyalash, milliy ruh, milliy musiqani o`zida shakllantirish, musiqadan muxim bilim va Amaliy odatlarni shakllantirish dasturining asosi hisoblanadi.

Dasturda belgili pedagogik vazifalar saqlangan holda, milliy qadriyatlar, dasturlar, xalq ijodiyoti, musiqa merosini bolalarning idrok qilish qobiliyati darajasida bosqichma-bosqich o`tish nazarda tutiladi. Ertalabki badantarbiya, hәr xil shakldagi darslar, mehnat, sayr, estetika soatlari, o`yin-kulgu, bayramlarga xos asarlar aniq rejalashtirilib, o`z o`rnida qo`llanish, «Milliy tafakkur» muammosining echimiga erishishda muhim usul bo`ladi.