boʻlganda qoʻllanadi. Rektifikatsion
kolonnada koʻp toʻsikdar boʻlib, unda
suyuq aralashma bugʻlari
kondensatlanadi
va pastdan chiqayotgan
bugʻning yangi qismi koʻp marta
uchrashadi. Kolonna qarshi oqim
prinsipida ishlaydi. Yuqoriga
koʻtarilayotgan bugʻ uchuvchi komponent
bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bugʻ
qaynash temperaturasi past boʻlgan
komponent
bilan boyib, uning qaynash
temperaturasi pasayib boradi. Suyuqlik
esa qaynash temperaturasi yuqori
boʻlgan
komponentlar bilan boyib, uning
kaynash temperaturasi
yuqorilashaveradi. Bu jarayon to
muvozanat holat bunyod boʻlguncha
davom etadi, lekin kolonnadan
sovitkichlar sistemasi orqali bugʻ
fazasi
kondensatlab ajratib olinishi bilan
muvozanat yana buziladi va bu jarayon to
toza komponentlar yoki kerakli
komponentlar fraksiyasi toʻliq
ajratib
olingunicha uzluksiz davom etaveradi.
Rektifikatsiya suyuq hamda suyultirilgan
gaz aralashmalarini ajratish uchun
qoʻllanadi. Rektifikatsiya jarayonining
temperatura oraligʻi (diapazoni)
nihoyatda keng: 1000° (toza
Zn
, Pb, Cd
kabi metallarni ajratishda) va 0° (havo,
vodorod
izotoplari kabi gazlarni
ajratishda). Rektifikatsiya jarayonining
ishchi bosimi oʻnlab atmosferadan
(etanpropilen aralashmasi uchun), to bir
necha mm simob ustuni (yuqori yogʻ
kislotalari rektifikatsiyasi) atrofida
boʻladi. Davriy va uzluksiz rektifikatsiya
mavjud. Davriy rektifikatsiyada
barcha
suyuqlik kolonna kubiga bir vaqtda
solinadi. Rektifikatsiya jarayonida distillat
ajratib turilsa, suyuklik tarkibida past
trada qaynaydigan
komponent kamayib
boradi. Uzluksiz rektifikatsiyada
sistemaga doimiy tarzda haydaluvchi
suyuqlik qoʻshib boriladi. Rektifikatsiya
kolonnalarining samaraligi, ularning
uzunligi,
diametri, suyuklik bilan bugʻ
orasidagi kontakt vaqti bilan aniqlanadi.
Manbalar